Bug'doy uni - 400 g, suv - 150 g, kartoshka - 600 g, dumba -100 g, piyoz - 200 g, tuz, murch va zira ta'bga ko'ra
Unga suv, tuz solib xamir qoriladi va 1,5-2,0 mm qalinlikda yoyiladi, eritilgan yog' surib o'rama shaklida o'raladi va tindiriladi. 30-40 g li bo'laklarga bo'lib jo'valanadi. Qiyma: mayda kub shaklida to'g'ralgan kartoshka va dumba, yumshatilgan margarin, mayda to'g'ralgan piyoz, tuz, murch qo'shib aralashtiriladi.