tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сиз бу йерда мезбон ! Узингизни кандай билябсиз ?
Барча жавоблар: 243


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Аёллар учун » Саломатлик сирлари » Asab tizimi
Asab tizimi
Mohigul77Дата: Сешанба, 09.03.2010, 19:28 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
Vibratsion kasallik. Vibratsion kasallik vibratsiya bilan uzoq vaqt ishlaydigan ishchilarda uchraydi. Kasallik asta-sekin rivojlanib boradi. Asosan, vegetativ va periferik asab tizimining nervlari vibratsiya ta’sirida ko‘proq zararlanadi. Klinik manzarasi. Bemorlar qo‘l va oyoq panjalarida og‘riq borligidan, sovuq vaqtlarda barmoqlarning oqarib qolishidan shikoyat qiladilar. Bunda qo‘l panjalar ko‘kargan, ushlab ko‘rilganda, sovuq qotish, shish borligi kuzatiladi. Qo‘l panjalarida sezuvchanlikning pasayishi, nerv ustunlari bosib ko‘rilganda, og‘riq borligi ma’lum bo‘ladi. Vegetativ asab kasalligi zararlanganda, dermografizm qizil rangda bo‘ladi, tomir urishi va qon bosimining o‘zgarib turishi, bosh og‘riq, bosh aylanish doimiy bo‘lmaydi.Davosi. Vibratsiya bilan ishlaydigan bemorlarni ish joylaridan ozod qilish. Vitaminlardan B 1, B 6, B 12; bosh aylanishga qarshi belloid, betaserk, bellataminal, bellospon; og‘riqqa qarshi dorilar analgin, baralgin, indometasin, ibuprofen; periferik asablarda qon aylanishini yaxshilash uchun nikotin kislotasi, trental tavsiya etiladi. Bemorga uqalash, shifobaxsh badantarbiya buyuriladi.
Is gazidan zaharlanish. Is gazi (uglerod I oksid)dan odamlar toshko‘mir shaxtalarida (bu yerda gaz ishlanayotgan jinslardan yoki sekin cho‘g‘la-nayotgan ko‘mir changidan chiqib turadi), ishlangan gazni tashib keluvchi haydovchilarning kabinalariga o‘tirib qolishi natijasida, qozonxonada ishlaydigan ishchilarda mo‘rilar buzilib qolsa, uy sharoitida gazlardan foydalanishni buzgan hollarda, is gazidan zaharlanib qolishlari mumkin. Is gazi qondagi gemoglabin bilan oson birikib, karboksigemoglabinni hosil qiladi. Natijada, eritrotsitlarning kislorodni biriktirib olishi qiyinlashadi. Buning ta’sirida to‘qimalarga kislorod borishi kamayadi. Markaziy asab tizimi, ayniqsa, bosh miya kislorodga o‘ta sezgir bo‘ladi. Zaharlanishda dastlab bosh og‘riq, bosh aylanish, quloq shang‘illashi, ko‘ngil aynish, yurak o‘ynashi, uyqu bosish, ko‘rishning pasayish belgilari kuzatiladi. Bundan tashqari, og‘ir zaharlanish hollari adinamiya, falajlanish, hushdan ketish, talvasa xurujlari, koma holati, nafas olishning buzilishlari va miya shishiga olib keladi. Bunday hollarda, bemor tezda o‘lib qolishi mumkin. Bemor koma holatidan chiqqandan keyin karaxt bo‘lib turadi. Ba’zan esa ruhiy qo‘zg‘alish, giperkinez, tutqanoq, spastik parezlar kuzatilishi mumkin.
Davosi. Darhol bemorni toza havoga olib chiqish va bir necha soat davomida to‘xtovsiz kislorod berib turish lozim. Bemorga askorbin kislota 5 % 20—30 ml dan, 5 % 500 ml glukoza, 2 % 50 ml novokain tomir ichiga, eufillin 2,4 % 10 ml, laziks 2,0 ml, qon zardobi, geparin 5—10000 tb bir kunda yuborish kerak. Qo‘zg‘alish vaqtida aminazin 2,5 % 2,0 ml, dimedrol 1 % 1,0 ml, pipolfen 2,5 % 2,0 ml, promedol 2 % 1,0 ml mushak orasiga qilinadi. Nafas olish qiyinlashsa, sun’iy nafas olish bilan havo yuboriladi. Uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, bosh qism haroratini past haroratda ushlab turish (gipotermiya) yaxshi natija beradi. Bemorning orqa miyasidan suyuqlik olib turish tavsiya etiladi.
Metil spirtidan zaharlanish. Odam metil spirtidan to‘satdan zaharlanib qoladi. Etil spirti o‘rniga bilmasdan metil spirti ichib qo‘yganda, zaharlanish hollari yuz beradi. Odam ichgandan bir necha soat o‘tib, bosh va qorinda og‘riq boshlanib, ko‘ngil aynib, qusadi, ko‘zlar oldida jimirlash, qorong‘ilashish paydo bo‘ladi. 2—3 kun o‘tgandan so‘ng, ko‘rish xiralashib keyin mutlaqo ko‘rmay qo‘yadi. Oyoqlarda og‘riq kuchayib boradi, bemorning og‘iz atrofi qurib qoladi, kuchli chanqash natijasida badan terisi va shilliq pardalar quruqlashib, ko‘karib turadi. Ko‘z qorachiqlari kengaygan, yorug‘-likka javob reaksiyasi sustlashgan, tomir urishi tezlashgan va keyinchalik sekinlashadi, maromi buziladi. Qon bosimi avval ko‘tarilib, keyin pasayadi. Es-hush buzilgan bo‘lib, ruhiy qo‘zg‘alishlar, tutqanoq xurujlari, ensa mushagi tarangligi, qo‘l-oyoqdagi mushaklar tonusining oshishi, kollaps va koma holatlari namoyon bo‘ladi. Ko‘zning mutlaqo ko‘rmay qolishi ko‘z tubida ko‘ruv asabining diskida qon qo‘yilish, shish va bundan keyin ko‘ruv nervini atrofiyaga uchrashi natijasida yuz beradi.
Davosi. Oshqozonni zond orqali tozalab yuvish, siydik haydovchi dorilarni kuchaytirish, bemorni gemodializ qilish tavsiya etiladi. Bemorga 100 ml 30 % etil spirti ichiriladi. Keyin 4—5 marta 2 soatdan oralatib, 50 ml spirtdan ichirib turiladi. Koma holatida etil spirt 5 % 1 ml/kg og‘irlikda tomir ichiga sekinlik bilan yuboriladi. Bundan tashqari, prednizolon, vitamin B 1 5 % 5,0 ml, askorbin kislotasi 5 % 20 ml tomir ichiga, 20 % 200,0 glukoza bilan va 20,0 2 % novokain qo‘shib, tomchilatib, tomir ichiga yuboriladi. ATF 1 % 2—3 ml mushak orasiga takrorlab turiladi.
Fosfororganik birikmalardan zaharlanish. Bu birikmalar xlorofos, karbofos, tiofoslardan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va turmushda keng ishlatiladi. Xavfsizlik qoidalari buzilganda, baxtsiz hodisalar tufayli bu birikmalardan odamlar zaharlanib qoladilar. Bu birikmalar organizmga oshqozon-ichak yo‘llari, nafas yo‘llari va teri orqali kiradi. Natijada, markaziy va periferik asab tizimi sinapslaridagi xolinesteraza faolligini pasaytirib qo‘yadi. Bunda nerv impulslarining o‘tishi buziladi. Markaziy asab tizimi bo‘limlarida qo‘zg‘alish holatlari paydo bo‘ladi. Zaharlanish holatlari 3 bosqichda kuzatiladi: 1. Ruhiy qo‘zg‘alish, mioz (ko‘z qora-chig‘ining torayishi), hansirash, ko‘p terlash, qon bosimining ko‘tarilishi kuzatiladi. 2. Ayrim joylardagi mushaklarda fibrillar qaltirash, giperkinez, nafas olishning buzilishi va koma holati namoyon bo‘ladi. 3. Nafas markazi susayib qoladi, nafas mushaklari bilan qo‘l-oyoqdagi mushaklarning falajlanishi ro‘y beradi, qon bosimi pasayadi, yurak urishi buziladi.
Davosi. Zaharlangan odamning oshqozonini bir necha marta qayta yuvish, tuz surgi ichiriladi. Birinchi bosqichda atropin 0,1 % 2—3 ml og‘iz quriguncha, teri ostiga kuniga bir necha marta har 30 daqiqada takrorlab turiladi. Aminazin 2,5 % 2,0 ml mushak orasiga, magneziy sulfat 25 % 10,0 ml. Ikkinchi bosqichda 40 % 20,0 ml glukozani 0,1 % 3,0 ml atropin bilan og‘izda quruqlik sezgisi paydo bo‘lguncha, sekinlik bilan tomir ichiga yuboriladi. Qon bosimi ko‘tarilganda, geksoniy 2,5 % 1,0 ml mushak orasiga, magneziy sulfat 25 % 10,0 ml, 4 % 1 l natriy bikarbonat tomir ichiga, xolinesteraza reaktivatori diproksim 15 % 1 ml teri ostiga takrorlab turish kerak. Uchinchi bosqichda o‘pkaga sun’iy yo‘l bilan havo berish kerak. 0,1 % 20,0 ml atropin eritmasidan tomir ichiga tomchilatib yuborish va diproksim 15 % 1,0 ml teri ostiga takrorlab turish kerak, gidrokortizon 300 mg, antibiotiklar qo‘llaniladi. Zaharlanishdan keyingi 3—7-kunlarda xolinesteraz faolligi past va yurak o‘tkazuvchanligi buzilgan bo‘lsa, bemor qonini almashtirish tavsiya etiladi.
Antifrizdan zaharlanish. Bemor antifrizni hidlaganda, yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatlari zararlanishi va yengil mastlik holatiga olib keladi. Odam bilmasdan ichib qo‘yganda, 30—60 daqiqadan keyin o‘tkir zaharlanish belgilari boshlanadi. 1—2 soatdan keyin esa bemor koma holatiga tushadi. Bunda sianozning ko‘payishi va koma holatining chuqurlashuvi teri ostiga qon ketishiga olib keladi. Bemorda qusish, ixtiyorsiz siyib yuborish, og‘ir hollarda, 1—2 kundan keyin o‘limga olib keladi. O‘rtacha zaharlanish hollarida bemorda 5—10 kundan keyin buyrak faoliyatini buzilishi, siydikdan oqsil, silindr ko‘p chiqib uremiya holatiga olib keladi.
Davosi. Birinchi kundan boshlab gemodializ, tomir ichiga glukoza, natriy gidrokarbonat, 5 % 100—200 ml etil spirti quyish yaxshi natija beradi.
Benzindan zaharlanish. Organizmga yuqori nafas yo‘llari, teri va shilliq qavatlar hamda oshqozon ichak yo‘llari orqali kiradi va zaharlanish belgilari yuzaga keladi.
Klinik manzarasi. Bemorda ruhiy qo‘zg‘alishlar, eyforiya, yurakning tez urishi, ko‘ngil aynish, qusish belgilari kuzatiladi. Uzoq vaqt hidlaganda, hushdan ketish, pay reflekslarining oshishi, tonik va klonik qaltirash hamda spastik parezlarga olib keladi. 2—3 kundan keyin esa ichki a’zolarda zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi. Bular jigar sohasidagi og‘riq, teri va shilliq qavatlarning sarg‘ayishi hamda siydikda urobilinning paydo bo‘lishi bilan kechadi. Benzindan surunkali zaharlanganda, astenonevrotik alomatlar: holsizlik, tez charchab qolish, qovoq va qo‘llarda titrash, bosh og‘riq, pay reflekslarining oshishi, vegetativ va emotsional buzilishlar, mastlik holatlari yuzaga keladi. Surunkali zaharlanish ham asoratsiz o‘tadi, lekin sog‘ayish davri bir necha oygacha cho‘ziladi.
Davosi. O‘tkir zaharlanish hollarida tinch joyga yotqizib, toza havo va kislorod berish zarur. Tomir ichiga 40 % 30 ml glukoza bilan 0,06 % 1,0 ml korglukon yoki 0,05 % 0,5 ml strofantin eritmasidan yuborish zarur. Og‘ir holatlarda sun’iy nafas berish lozim.


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Аёллар учун » Саломатлик сирлари » Asab tizimi
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010