tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сайтимз хакида фикрингиз
Барча жавоблар: 344


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 03. "Oli Imron"
03. "Oli Imron"
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:31 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
OLI IMRON SURASI
Madinada nozil bo‘lgan bu sura ikki yuz oyatdan iborat bo‘lib, Qur’ondagi uzun suralardandir. Unda Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida bo‘lib o‘tgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uxud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi. «Oli Imron»da dinning asoslaridan bo‘lgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yo‘lidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar. Agar «Baqara» surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida so‘z ketgan bo‘lsa, “Oli Imron”da ahli kitoblardan bo‘lgan nasroniylar to‘g‘risida so‘z boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb e’tiqod qilishlari xato ekanligi ochiqravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qur’on va Muhammad alayhis-salomning payg‘ambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi ayti-lib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilipadi. Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa ko‘pdan-ko‘p ahkomlariga asos bo‘lgan oyatlar x,am bor. Bu surada Maryamning otasi bo‘lmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun «Oli imron» — «Imronning xonadoni» deb nomlangan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman):

1. Alif, Lom, Mim.

2. Alloh (yagona) hech bir tangri yo‘q. Faqat Uning o‘zi bor. U tirik va abadiy turguvchidir.

3-4. Sizga (ey Muhammad), o‘zidan avval tushgan kitoblarni tasdiqlovchi bo‘lgan bu Kitobni (Qur’onni) haq bilan nozil qiddi. Ilgari odamlarni haq yo‘lga hidoyat qilish uchun Tavrot va Injilni tushirgan edi. (Endi esa) haq bilan nohaqni ajratguvchi (Qur’onni) nozil qildi. Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar uchun shubhasiz qattiq azob bordir. Alloh qudrat egasi va intiqom sohibidir.

5. Albatta Allohga na yerdagi va na ko‘kdagi biron narsa maxfiy emasdir.

6. U sizlarga (onalaringizning) qorinlarida bo‘lgan paytingizda O’zi xohlagan suratni berganzotdir.Hechbirtangriyo‘q,faqatUningo‘zibor.U qudratli, hikmatlidir.

7. U Sizga Kitob nozil qilgan zotdirki, u(Kitobdan) shu Kitobning asli mohiyati bo‘lgan muhkam-aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (qiyomat, jannat, do‘zax va hokazolar haqidagi) mutashobih — tushunish qiyin bo‘lgan oyatlar ham (o‘rin olgandir). Endi dillarida haq yo‘ldan og‘ish bo‘lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o‘z havoyi nafslariga muvofiq ta’vil-tafsir qilish uchun Uning mutashobih oyatlariga ergashadilar.— Holbuki, unday oyatlarning ta’vilini yolg‘iz Allohgina bilur.— Ilmda sobitqadam bo‘lgan bunday kishilar esa: «U Kitobga iymon keltirganmiz. Hamma oyatlari Parvardigorimiz huzuridandir»,— deydilar. Va faqat ahli donishlargina pand-nasihat olurlar.

8. «Parvardigoro, bizni hidoyat qilganingdan keyin endi dillarimizni haq yo‘ldan og‘dirma va bizga O’z huzuringdan rahmat ato et! Albatta Sengina barcha yaxshiliklarni ato etguvchisan!»

9. «Parvardigoro, albatta Sen odamlarni hech shak-shubhasiz keladigan bir KUNga to‘plaguvchisan. Albatta Alloh va’dasiga xilof qilmagay!»

10. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarning na mollari va na bolalari ularni Alloh azobidan qutqara olmaydi. Ular do‘zaxning o‘tinlaridir.

11. Ularning holi xuddi Fir’avn odamlarining va ulardan avval o‘tgan kofirlarning holi kabidirki, bizning oyatlarimizni yolg‘on deyishgach, Alloh ularni gunoxlari (kufrlari) bilan ushlab azoblagan. Alloh azobi qattiq zotdir.

12. (Ey Muhammad), kufr yo‘lini tutgan kimsalarga ayting: «Shak-shubhasiz (bu dunyoda) mag‘lub bo‘lasizlar va (oxiratda) jahannamda to‘planajaksiz. Naqadar yomon joy u!»

13. (Ey yahudiylar), sizlar uchun biri Alloh yo‘lida jang qilgan, ikkinchisi kofir bo‘lgan ikki guruh orasidagi to‘qnashuvda ibratli hodisa bo‘lgan edi. Ular (musulmonlar) o‘z ko‘zlari bilan (kofirlarning) ikki barobar ko‘p ekanini ko‘rib turar edilar. Alloh esa O’zi istagan kishilarni g‘olib qilish bilan qo‘llabquvvatlaydi. Albatta bu voqeada fikr egalari uchun ibrat bordir.

I z o h. Musulmonlar Badr jangida o‘zlaridan bir necha marta ko‘p bo‘lgan Quraysh kofirlarining ustidan g‘alaba qozonishgach, Madinaga qaytganlaridan keyin payg‘ambar alayhis-salom yaxudiylarni to‘plab: «Ey yaxudiylar, sizlar mening haq payg‘ambar ekanimni Tavrotdan o‘qib bilgansizlar. Bas, shunday bo‘lgach, boshingizga qurayshliklarning kuni tushmasdan avval menga qarshi turishni bas qilinglar!» — dedilar. Shunda ular: «Sen urush ilmidan bexabar bo‘lgan bir guruh johil kurayshlikni yengganing bilan g‘ururlanma! Bizning zo‘rligimizni biz bilan urushganda bilasan», deb javob qilishganda, yuqoridagi oyatlar nozil bo‘ldi.

14. Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat) baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga ko‘ngil qo‘yish chiroyli qilindi. Holbuki, bu narsalar hayoti dunyoning (o‘tkinchi) narsalaridir. Allohning huzurida esa eng go‘zal qaytadigan joy — jannat bordir. (Ya’ni o‘tkinchi narsalarga ko‘ngil bermay, haqiqiy go‘zallikni sevmoq lozim).

15-16-17. Ayting (ey Muhammad): «Sizlarga bulardan yaxshiroq narsa haqida xabar beraymi? Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy qoladigan, taglaridan daryolar oqib turguvchi bog‘lar, pokiza juftlar va Allohning rizoligi bor. Alloh «Parvardigoro, bizlar senga iymon keltirganmiz, bas, gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» — deydigan sabr-qanoatli, iymonlariga sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan va saharlarda Allohdan mag‘firat tilaydigan bandalarini ko‘rib turguvchidir.

18. Alloh, farishtalar va ilm ahllari — adolat bilan hukm qilguvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir.

19. Albatta Alloh nazdida maqbul bo‘ladigan din faqat Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (islom va Muhammadning haq payg‘ambarligi haqida) hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib-tortishdilar. Kim Allohning oyatlarini inkor qilsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir.

20. Agar Siz bilan (din haqida) tortishsalar: «Men va menga tobe’ bo‘lgan kishilar o‘zimizni Allohga topshirdik. Unga bo‘yinsundik», deb ayting! So‘ng ahli kitoblar va (kitob berilmagan) omiy-butparastlardan: «Islomga kirdingizmi?» — deb so‘rang! Agar islomga kirsalar, muhaqqaq to‘g‘ri yo‘lni topibdilar. Endi agar yuz o‘girsalar, u holda Sizning zimmangizdagi narsa faqatgina yetkazishdir. Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir.

21. Allohning oyatlarini inkor qiladigan, payg‘ambarlarni nohaq o‘ldiradigan va odamlar orasidagi adolatga chaqiruvchi zotlarni o‘ldiradigan kimsalarga albatta alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!

22. Ularning qilgan amallari dunyoyu oxiratda behuda ketmish va ular uchun biror yordamchi yo‘qdir.

23. (Ey Muhammad), Kitobdan (Tavrotdan) nasibador bo‘lgan kimsalar oralarida hakamlik qilsin uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlarni, so‘ngra ulardan bir guruhi yuz o‘girgan hollarida burilib ketganlarini ko‘rmadingizmi?

I z o h. Rivoyat qilishlaricha, yahudiylar o‘zlaridan bo‘lgan ikki zinokorni payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga keltirib, hukm qilishlarini so‘rashganda u zot toshbo‘ron qilishga buyurganlar. Ular esa: «Bizning dinimizda zinokorni yuziga qora chaplab, ko‘cha aylantiriladi», deb turib oladilar. Shunda Tavrot kitobini keltirib ko‘rishsa, unda ham toshbo‘ron qilish buyurilgan bo‘lib chiqadi va jinoyatchilar qilmishlariga yarasha jazo oladilar. Bu hukmdan norozi bo‘lgan yaxudiylar yuz o‘girib chiqib ketganlarida yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.

24. Bunga (ya’ni adolatli hukmdan yuz o‘girishlariga) sabab ularning: «Bizga faqat sanoqli kunlardagana do‘zax o‘ti tegadi», deyishlaridir. Uzlari to‘qigan bu yolg‘onlari ularni dinlaridan adashtirib qo‘ydi.

I z o h. Yahudiylar: «Biz faqat ajdodlarimiz buzoqqa sig‘ingan qirq kun muddatdagina do‘zaxda bo‘lamiz, keyin esa albatta jannatga kiramiz», deb da’vo qiladilar.

25. Endi ularni hech shak-shubhasiz keladigan KUNga to‘plaganimizda va har bir jon mazlum bo‘lmagan holda qilgan amallari uchun to‘la jazo-mukofot berilganda qanday bo‘larkin?!

26. Ayting: «Ey mulku davlat egasi bo‘lgan Allohim, sen istagan kishingga mulk ato qilursan va istagan kishingdan bu mulkni tortib olursan, istagan kishingni aziz qilursan va istagan kishingni xor qilursan. Bor yaxshilik yolg‘iz Sening qo‘lingdadir. Albatta Sen barcha narsaga qodirsan.

27. Kechani kunduzga kiritursan va kunduzni kechaga kiritursan, o‘likdan tirikni chiqarursan va tirikdan o‘likni chiqarursan hamda istagan kishingga behisob rizq berursan».

I z o h . Bu oyatda kecha-kunduzning uzayib-qisqarib turishi va o‘lik danak, tuxum, nutfa (maniy, shahvat suvi) kabi narsalardan daraxt, parranda, inson kabi jonli mavjudotning paydo bo‘lishi yoki aksincha tirik jonzotdan tuxum, nutfa kabi jonsiz narsalar chiqishi — bularning barchasi yolg‘iz Allohning amri bilan bo‘lishi ifodalangan.

28. (Modomiki, barcha ish – butun mulk Allohning qo‘lida ekan, demak) Mo‘minlar mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmasinlar! Kim shunday qilsa, bas, Allohga hech narsada emas (ya’ni Allohga begonadir). Magar ulardan ehtiyot bo‘lib tursalaringiz (yuzaki muomala qilsangiz joizdir), Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur. Va faqat Allohga qaytajaksiz.

29. Ayting (ey Muhammad): «Dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh bilur. Va (shuningdek, U zot) osmonlar va yerdagi bor narsani bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir».

30. Har bir jon o‘z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radigan, yomon amallarining esa olis-olislarda kolib ketishini istaydigan KUNni (eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur. Alloh bandalariga mehribondir.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:32 | Сообщение # 2
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
31. Ayting (ey Muhammad): «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunoxlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir».

32. Ayting: «Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz!» Agar yuz o‘girsalar, bas, albatta Alloh (bunday) dinsizlarni sevmas.

33-34. Albatta Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron sulolalarini butun olam ustida (payg‘ambarlik uchun) tanlab oldi. Ularning birovlari birovlariga zurriyot (edilar). Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

35. (Ey Muhammad) Imronning xotini: «Parvardigorim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo ishlaridan) ozod etib, Senga nazr qildim. Bas, (bu nazrimni O’z dargohingda) qabul ayla! Albatta Sen eshitguvchi, bilguvchisan», deganini eslang!

36. Ko‘zi yorigach esa bunday dedi: «Parvardigor, men qiz tug‘dim». Holbuki, Alloh uning nima tuqqanini bilguvchiroqdir va har qanday o‘g‘il bu qiz kabi (bu qizning o‘rnini bosguvchi) emasdir.—«Va men unga Maryam deb ism qo‘ydim. Men bu qizga va uning zurriyotiga dargohingdan quvilgan shaytonning yomonligidan panoh berishingni Sendan iltijo qilaman».

37. Bas, Parvardigori uni (Maryamni) xush qabul aylab, chiroyli parvarish etdi va unga Zakariyoni kafil qildi. Har qachon Zakariyo (Maryamning) oldiga hujraga kirganida uning huzurida bir rizq-nasiba ko‘rdi. U: «Ey Maryam, bu narsalar senga qayoqdan keldi?» — deb so‘raganida (Maryam) javob qildi: «Bular Alloh huzuridandir. Albatta Alloh O’zi istagan kishilarga behisob rizq berur».

I z o h . Maryamning onasi ibodatxonaga olib borib bergach, uni tarbiyalash Zakariyo payg‘ambarning chekiga tushadi. U qachon Maryamning xonasiga kirsa, u yerda qishda yoz meva-chevalari, yozda qishda bo‘ladigan noz-ne’matlarni ko‘radi. Shunda ularning o‘rtasida yuqoridagi oyatda zikr qilingan savol-javoblar bo‘lib o‘tadi.

38. O’shanda Zakariyo Parvardigoriga duo qilib dedi: «Parvardigorim, menga ham o‘z huzuringdan bir pokiza farzand ato et! Albatta Sen duo-iltijolarimni eshitguvchisan».

39. So‘ng mehrobda namoz o‘qib turgan vaqtida unga farishtalar nido qildilar: «(Ey Zakariyo), Alloh senga Allohning so‘zini tasdiq etadigan, (o‘z qavmiga) xoja bo‘ladigan, (shahvatlardan o‘zini) tiyadigan va solih payg‘ambarlardan bo‘ladigan Yahyo ismli farzand xushxabarini berur».

40. «Parvardigorim, menga keksalik yetgan, xotinim tug‘mas bo‘lsa, mendan qanday farzand bo‘lsin?» — dedi (Zakariyo). (Alloh) aytdi: «Shunday, Alloh istagan ishini qilur».

41. Parvardigor, men uchun (kampirim homilali bo‘lganiga) biron belgi — alomat qilsang», dedi u. Alloh aytdi: «Senga belgi shuki, uch kun odamlarga faqat imo-ishora bilangina gapira olasan. Parvardigoringni mudom yod qil va tunu kun U zotni poklab ibodat qil!»

I z o h. Darhaqiqat, uch kungacha Zakariyoning tili Allohning zikridan o‘zga so‘zga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imo-ishora bilan muomala qildi. Mazkur oyatlarda keksayib, farzand ko‘rishdan umidlari, uzilgan kishilarga Tangri o‘z izni-irodasi bilan farzand ato etgani bayon qilingan bo‘lsa, quyidagi oyatlarda yanada ajibroq qissa — Iysoning otasiz dunyoga kelishi haqida hikoya qilinadi. Bu qissadan hissa shuki, Iyso hech qanday xudo emas, balki Allohning amri bilan bibi Maryamdan tug‘ilgan odam farzandidir.

42—43. Farishtalar Maryamga: «Yo Maryam, albatta Alloh seni (ayollar orasidan) tanlab oldi va (barcha gunoxlardan) pokladi hamda seni butun olamlarning ayollaridan afzal qildi. Yo Maryam, Parvardigoringta itoat qil va ruku’ (Allohga ibodat) qilguvchilar bilan birga sajda va ruku’ (ya’ni ibodat qil!») — deganlarini eslang!

44. (Ey Muhammad), g‘ayb (noma’lum) xabarlaridan bo‘lgan bu xabarni Sizga Biz vahiy qilmoqdamiz. Holbuki, Siz ulardan qaysilari Maryamga kafil bo‘lishini bilishlik uchun qalamlarini (qur’a qilib) tashlaganlarida ularning oldida emasdingiz va talashib-tortishganlarida ham ularning oldida emasdingiz.

45-46-47. Eslang (ey Muhammad), farishtalar: «Yo Maryam, albatta Alloh senga O’zining So‘zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni Maryam bo‘lib, dunyoyu oxiratda obro‘li va (Allohning) yaqinlaridan bo‘lur hamda odamlarga go‘daklik paytida ham voyaga yetgan chog‘idagidek gapirur. Va solih bandalardan bo‘lur», deganlarida, Maryam: «Parvardigorim, menga odamzod tegmagan bo‘lsa, qayoqdan menda farzand bo‘lsin?» - dedi. Alloh aytdi: «Shunday, Alloh O’zi xoxlagan narsasini (O’zi xoxlagan suratda) yaratadi. Qachon biron ishni iroda qilsa, unga: «Bo‘l!» — deydi. Bas, u ish bo‘ladi».

I z o h . Allohning so‘zi – Iyso binni Maryamdir. Chunki u zot Qur’onning xabariga ko‘ra Tangrining: «Bo‘l!» — degan so‘zi — farmoni bilan Maryamdan otasiz tavallud topganlar.

48-49. Va unga (Iysoga) yozish va hikmat ilmini, Tavrot va Injilni ta’lim beradi hamda uni bani Isroil qavmiga payg‘ambar qiladi. (Iyso bani Isroilga deydi): «Men (o‘zimning haq payg‘ambar ekanligim haqida) sizlarga Parvardigoringizdan oyat-dalil keltirdim: Men sizlarga loydan qush timsolini yasab unga puflasam, u Allohning izni-irodasi bilan haqiqiy qush bo‘ladi. Va yana ko‘r, pes kasallarini tuzata olaman va Allohning izni bilan o‘liklarni tiriltiraman hamda sizlarga yeydigan va uylaringizda saqlaydigan narsalaringizni aytib berishga qodirman. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, albatta bu ishlarda sizlar uchun aniq oyat-dalillar bordir».

I z o h . Payg‘ambarlar tarixidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, har bir payg‘ambar o‘zining zamonida rivojlanib, taraqqiy qilgan sohada zamondoshlaridan ustun va peshqadam bo‘ladi. Masalan, Muhammad alayhis-salom zamonlarida arab olamida adabiyot nihoyat darajada rivojlangan bo‘lib, adiblar orasida tez-tez musobaqalar o‘tkazilib turar va g‘oliblarning asarlarini Ka’ba devorlariga osib qo‘yishar edi. Kunlardan bir kuni sahobalardan biri Qur’ondagi eng kichik sura bo‘lgan «Kavsar» surasi yozilgan varaqni g‘olib asarlar yoniga ilib qo‘yadi, Shunda mo‘‘jiza yuz beradi: bu surani o‘qigan shoirlar bir ovozdan: «Bu basharning so‘zi emas!» — deb guvohlik beradilar. Iso alayhissalomning davrida esa tabobat ilmi shunday taraqqiy qilgan ediki, dunyoda bironta davosiz dard yo‘q, deb hisoblanar edi. Shunda Iso alayhis-salom keldilaru hech bir tabibning qo‘lidan kelmaydigan ishni qildilar — o‘likni tiriltirdilar! Shuning uchun ham Qur’onda u zotning nomlariga “al-Masih” — silovchi laqabi qo‘shildi. Ya’ni, u kishining qo‘llari tekkan — silagan o‘likka jon kirar edi. Bunday mo‘‘jizalar, tabiiyki, odamlar o‘z payg‘ambarlariga iymon keltirishlariga sabab bo‘lar edi.

50. «(Men) sizlarga o‘zimdan oldingi Tavrotning (haq ekanligini) tasdiqlovchi bo‘lgan holda, sizlar uchun harom qilingan ayrim narsalarni halol qilish uchun (keldim). Va sizlarga Parchardigoringizdan oyat-dalil keltirdim. Bas, Allohdan qo‘rqingiz va menga itoat qilingiz!

51. Albatta Alloh Parvardigorim va Parvardigoringizdir. Bas, Unga bandalik qilingiz! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir!»

52-53. Qachonki Iso ular tomondan kufrni ko‘rgach: «Allohning diniga da’vat qilishimda kim myonga yordamchi bo‘lur?» — dedi. Havoriylar aytdilar: «Biz Allohning (diniga) yordam berguvchilarmiz. Allohga iymon keltirdik. (Ey Iyso), guvoh bo‘lginki, biz Allohga bo‘yinsunguvchilarmiz. Parvardigoro, nozil qilgan narsangga ishondik, payg‘ambaringga ergashdik. Bas, bizni (O’zingning birligingga, payg‘ambaringning haqligiga) guvohlik beruvchilar qatoriga yozgin!»

54. (Yahuydilar) makr qildilar. Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makkorroqdir».

I z o h. Ular Iso alayhis-salomni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. Alloh esa unga biror zarar yetkazmay O’z huzuriga – samoga ko‘tardi. Allohning «makri» — tadbiri ustunroq bo‘lib chiqdi.

55. (Ey Muhammad), Alloh aytgan bu so‘zlarni eslang: «Yo Iso, albatta Men seni vafot qildirguvchi va O’z huzurimga ko‘targuvchiman. Va kofirlar yomonligidan xalos qilguvchiman hamda to qiyomat kunigacha senga ergashgan zotlarni kofirlardan yuqori qo‘yurman. So‘ngra Menga qaytajaksiz. Bas, o‘zim sizlar talashib-tortishgan narsalar haqida oralaringizda hakamlik qilurman.

56. Bas, kofir bo‘lgan kimsalarga dunyo va oxiratda qattiq azob-la azob berurman. Va ular uchun hech qanday yordamchi bo‘lmas.

57. (Alloh) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga esa ajrlarini komil suratda berur. Alloh zulm qilguvchilarni sevmaydi. (Binobarin O’zi ham hech kimga zulm qilmay, har kimga qilgan ishiga loyiq jazo beradi)».

58. (Ey Muhammad), Sizga tilovat qilayotganimiz bu qissa Allohning oyatlari va hikmatli eslatmalaridandir.

59. Albatta Isoning (otasiz tug‘ilishining) misoli Alloh nazdida xuddi Odamning misoli kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so‘ngra «Bo‘l», dedi. Bas, u (jonli odam) bo‘ldi.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:32 | Сообщение # 3
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
I z o h. Rivoyat qilishlaricha, bir guruh nasroniylar payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga kelib: «Nega sen bizning payg‘ambarimiz Isoni: «Odam, Allohning bandasi», deb haqorat qilasan! Agar u xudo bo‘lmaganida otasiz tug‘ilarmidi?» — deyishdi. Shunda Odamning na ota, na onasiz dunyoga kelishi uni bandalik qilishdan to‘smagani yanglig‘, Iysoning otasiz tug‘ilishi ham uning banda bo‘lishiga mone’ bo‘lmaydi, degan mazmunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ldi.

60. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan haq so‘zdir. Bas, shubha qilguvchilardan bo‘lmang!

61. Endi Sizga kelgan mana shu haq ma’lumotdan keyin (nasroniylardan) kimda-kim Siz bilan talashib-tortishmoqchi bo‘lsa, (unday kimsalarga) ayting: «Kelinglar, o‘g‘illarimizni va o‘g‘illaringizni, ayollarimiz va ayollaringizni, o‘zlarimizni va o‘zlaringizni chorlab-yig‘aylik, so‘ngra Allohga tazarru’ bilan iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Alloh la’nat qilishini so‘raylik».

I z o h . Mazkur oyatda Muhammad payg‘ambarga Isoni xudo deb biluvchi kimsalar agar Qur’on oyatlariga ishonmasalar, yolg‘onchilarga Allohning la’natini so‘rab, qasam ichishlikka taklif qilish buyurildi. Roviylarning aytishlaricha, bironta nasroniy kelib, qasam ichishga jur’at etmagan ekan.

62. Albatta bu haq-rost qissadir. (Ya’ni Iso hech qanday xudo emas, balki Allohning boshqa hamma payg‘ambari kabi oddiy odam zotidandir). Va hech qanday tangri yo‘q, faqat Allohning o‘zi bor. Va albatta Allohning o‘zigina qudrat va hikmat egasidir.

63. Endi ham (haqiqatdan) yuz o‘girsalar bas, albatta Alloh buzg‘unchilarni bilguvchidir.

64. Ayting (ey Muhammad): «Ey ahli kitob (ya’ni yahudiy va nasroniylar), bizga ham, sizga ham bab-barobar bo‘lgan bir so‘zga kelingiz — yolg‘iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va birbirovlarimizni Allohdan o‘zga xudo qilib olmaylik».

I z o h . Islom e’tiqodiga ko‘ra butun olamni yaratgan Tangri taolo barcha insonlar baxtli yashasinlar deb O’z tomonidan hayot uchun dasturilamal bo‘lgan qonun-qoidalar, ya’ni dinni yuborgan. Kimda-kim bu qonun-qoidalarni tan olmasdan o‘z-o‘zicha yangi qonun chiqarmoqchi bo‘lsa, u xudolikni da’vo qilgan hisoblanadi va uning izidan ergashganlar esa uni xudo deb bilgan bo‘ladilar. Agar ular (yani ahli kitoblar) ushbu da’vatdan yuz o‘girsalar, unda sizlar (ey mo‘minlar): «Guvoh bo‘linglar, biz musulmonlar — yagona Allohga itoat qilguvchilarmiz», deb aytingiz!

65. Ey ahli kitob, nima uchun Ibrohim xususida (u bizning dinimizda bo‘lgan, deb) talashasizlar! Axir Tavrot ham, Injil ham undan keyin nozil bo‘lgani aniqku?! Aql yurgizmaysizlarmi?!

66. Hoy (yahudiy va nasroniylar) sizlar biladigan narsalaringiz (Muso va Iyso payg‘ambarlar) haqida-ku talashdingiz. Endi nima uchun bilmaydigan narsangiz (Ibrohimning qaysi dinda bo‘lganligi) xususida talashmoqdasiz? Alloh bilur, sizlar bilmassiz.

67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham emas, balki haq yo‘ldan toymagan holida (Allohga) itoat qilguvchi kishi bo‘lgan. U mushriklardan ham bo‘lmagan.

68. Odamlarning Ibrohimga yaqinrog‘i uning yo‘liga ergashgan zotlar, mana bu payg‘ambar (Muhammad alayhis-salom) va iymon keltirgan kishilardir. Alloh mo‘minlarning do‘stidir.

69. Ahli kitobdan bir toifasi sizlarni (haq diningizdan) adashtirmoqni xohlaydi. Lekin ular o‘zlari sezmagan hollarida faqat o‘zlarinigina adashtiradilar, xolos.

70. Ey ahli kitob, nima uchun o‘zlaringiz guvoh bo‘lib turib, Allohning (Tavrotdagi Muhammadning haq payg‘ambar ekanligi haqidagi) oyatlarini inkor qilasiz?!

71. Ey ahli kitob,. nima uchun o‘zingiz bilgan holingizda haqni botilga aralashtirasiz va haqni berkitasiz?!

72-73-74. Ahli kitobdan bir toifasi bir-birlariga shunday deyishdi: «Mo‘minlarga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) kunning boshida iymon keltirib, kunning oxirida uni inkor qilinglar. Shoyad (ular ham iymonlaridan) qaytsalar. Toki birorta odamga sizlarga berilgan bilim berilmasligi yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashmasligi uchun faqat o‘z diningizga bo‘yinsungan kishilarning gaplarinigina tasdiq etib ishoninglar!» Ayting (ey Muhammad): «Albatta haq yo‘l Allohning yulidir». Ayting: «Albatta fazlu karam Allohning qo‘lida, uni O’zi istagan kishilarga berur. Alloh fazli keng, bilguvchi Zotdirki, rahmatini (ya’ni payg‘ambarlikni) O’zi istagan kishiga xos qilib beradi. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir».

75. Ahli kitob orasida shunday kishilar borki, unga behisob molni omonat qo‘ysangiz, xiyonat qilmay sizga qaytaradi. Ularning orasidy yana shundaylari ham borki, unga bir dinorni ishonib bersangiz, to ustida turib olmaguningizcha sizga qaytib bermaydi. Buning boisi – ularning «omiy-kitobsiz kimsalar uchun bizning ustimizga hech qanday yo‘l yo‘q», deyishlaridir. (Ya’ni, ayrim yahudiylar o‘zlaridan boshqalarni past tabaqa hisoblab: «Biz Allohning suygan bandalarimiz, demak, boshqa millatlarning mollari biz uchun halol», der edilar.) Ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlarni so‘zlaydilar.

76. Yo‘q! (Ularning da’volari botildir.) Balki kim ahdiga vafo qilsa va taqvodor bo‘lsa (ana o‘sha kishi Allohning suygan bandasidir). Zero, Alloh taqvo qilguvchi kishilarni sevadi.

77. Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.

78. Ulardan (yahudiylardan) yana bir guruhi borki, sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo‘lmagan narsani Kitobdan deb o‘ylashingiz uchun Tavrot kitobini tillarini burab (buzib-o‘zgartirib) o‘qiydilar va Allohning huzuridan kelmagan (o‘zlarining so‘zlarini) «Allohning huzuridan kelgan», deydilar. Ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlaydilar.

79. Biror odam uchun Alloh unga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganidan so‘ng, odamlarga: «Allohga emas, menga ibodat qilinglar», deyishi joiz emas, balki ularga: «Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qibo‘ rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar» (demog‘i lozimdir).

I z o h . Bu oyat ba’zi bir nasroniylarning: «Iso alayhis-salom bizni o‘ziga sajda qilishga buyurgan», degan botil da’volariga raddiya tarzida nozil bo‘lgan.

80. U (payg‘ambar) sizlarni farishtalar va boshqa payg‘ambarlarni xudo qilib olishingizga buyurishi ham joiz emas. Axir u sizlarni musulmon – Allohga bo‘yinsunguvchi bo‘lganingizdan keyin kufr – dinsizlikka qaytishga buyuradimi?! Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg‘ambarlardan: «Men sizlarga qanday Kitob va Hikmat bermayin, keyin sizlarning payg‘ambarligingizni tasdiq etuvchi bir payg‘ambar (ya’ni Muhammad alayhissalom) kelgach, albatta unga iymon keltirursiz va yordam berursiz», deb ahdpaymon olgach, ularga: «Mana shu ahd-paymonimni iqror bo‘lib qabul qidtsingizlarmi?» dedi. U payg‘ambarlar: «Iqrormiz», deb javob qilishgach, Alloh aytdi: «Guvoh bo‘lingiz! Men ham sizlar bilan guvoh bo‘lguvchilardanman».

82. Bas, kim shundan keyin ham (ahd-paymondan) yuz o‘girsa, ana o‘shanday kimsalar fosiq - buzuqilardir.

83. Allohning dinidan o‘zga din istaydilarmi?! Axir osmonlaru yerdagi barcha jonzot istasa-istamasa Unga bo‘yinsunib turibdi-ku! O’shalar (ya’ni Allohning diniga itoat qilishni xohlamayotganlar) ham faqat Uning o‘ziga qaytariladilarku!

84. (Ey Muhammad), Allohga, bizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va Ibrohim, Ismoil, Ishok, Ya’qub va uning urug‘-avlodlariga nozil qilingan narsalarga va Muso, Iso hamda barcha payg‘ambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsalarga iymon keltirdik. U payg‘ambarlardan birortasini ajratib qo‘ymaymiz. Va biz Uning o‘zigagina bo‘yinsunguvchilarmiz», deb ayting.

85. Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir.

86. Iymon keltirib, payg‘ambarning haq payg‘ambar ekanligiga guvoh bo‘lishganidan keyin va ularga dalil-oyatlar kelganidan keyin kofir bo‘lgan kimsalarni Alloh qanday hidoyat qilsin?! Alloh zulm qilguvchi qavmni hidoyat qilmaydi.

87-88. Ularning jazosi — ustlariga tushajak Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’natidir. Ular azoblari yengillatilmagan holda do‘zaxda abadiy qolguvchilardir va ularga (bu azob biron lahza) kechiktirilmaydi.

89. Magar shundan (ya’ni kufrlaridan) keyin tavba qilib, o‘zlarini o‘nglasalar (Alloh gunohlarini mag‘firat qilur). Chunki Alloh mag‘firat qilguvchi, mehribondir.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:33 | Сообщение # 4
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
90. Albatta iymon keltirganlaridan keyin kofir bo‘lgan, so‘ngra kufrlari yanada ziyoda bo‘lgan kimsalarning qilgan tavbalari hargiz qabul qilinmaydi. Ana o‘shalar haq yo‘ldan toyilguvchilardir.

91. Albatta kofir bo‘lgan va kofir holda o‘lgan kimsalar, agar ulardan birontasi yer yuzi to‘la oltinni to‘lov qilib bersa ham hargiz qabul qilinmas. Unday kimsalar uchun alamli azob bordir. Va ular uchun hech qanday yordamchi bo‘lmas.

TO’RTINCHI JUZ’

92. Suygan narsalaringizdats infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta Alloh uni bilur.

93. Tavrot tushirilishidan ilgari Isroil (Ya’qub) o‘ziga harom qilgan narsa (tuyaning go‘shti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar bani Isroil qavmiga halol edi. (Ey, Muhammad), «Agar rosto‘y bo‘lsangizlar Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringlar», deb ayting.

I z o h . Ma’lumki, yahudiylar zulm va tajovuzkorlik yo‘lini tutganlaridan keyin Tangri taolo ularga bir necha xil noz-ne’matlarni harom qildi. Lekin ular buni tan olmay, «Mazkur narsalar asli Ibrohim zamonida ham harom edi», der edilar. Shuning uchun musulmonlarga: «O’zinglar Ibrohimning dinidamiz deysizlar-u, u harom qilgan tuya go‘shtini iste’mol qilasizlar», deb ta’na qilishganda yuqoridagi oyat iozil bo‘ldi. Aytishlaricha, shundan keyin birorta yahudiy Tavrotni olib kelib, undan Ibrohim payg‘ambarga tuya go‘shti harom qilingani haqidagi oyatni topib bera olmagan.

94. Bas, kim mana shundan keyin ham Allohga bo‘hton qilsa, ana o‘shalar zulm qilguvchilardir.

95. (Ey Muhammad), «Allohning so‘zi rostdir. Bas, haq yo‘ldan toymagan va mushriklardan bo‘lmagin Ibrohimning diniga ergashinglar!» — deb ayting!

96-97. Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (myayogi) bo‘lgan Ka’badurki, unda maqomi Ibrohim (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhis-salom oyoqlari ostida bo‘lgan xarsang tosh, u toshdan hanuzgacha Ibrohim payg‘ambarning oyoq izlari ketmagan) va unga kirgan odam har qanday xavf-xatardan omon bo‘lishi (kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir.

98. (Ey Muhammad), ayting: «Ey ahli kitob, nima uchun Allohning oyatlarini inkor qilmoqdasiz? Axir Alloh qilayotgan amallaringizga guvoh-ku!»

99. Ayting: «Ey axli kitob, nima uchun iymon keltirgan kishilarni Allohning yo‘lidan to‘sasizlar va o‘zingiz guvoh bo‘lgan holingizda undan (ya’ni Alohning yo‘lidan) qiyiq axtarasizlar? Axir Alloh qilayotgan amallaringizdan g‘ofil emasku! »

100. Ey mo‘minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga bo‘yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:33 | Сообщение # 5
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
101. Allohning oyatlari sizlarga tilovat qilinayotgan, Uning payg‘ambari orangizda bo‘lgan bir paytda qanday qilib dindan qaytasiz?! Kim Allohga bog‘lansa (ya’ni Uning dinini mahkam ushlasa) bas, muhaqqaqki, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilinibdi.
102. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!

103. Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va bo‘linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga dushman bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo‘ydi-yu, sizlar Uning ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do‘zax chohining yoqasida turgan edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo‘lni topishingiz uchun Alloh sizlarga o‘z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.

104. Oralaringizdan yaxshilikka (islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir.

105. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘ azob bordir.

106. (Qiyomat) kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari qora bo‘lur. Endi yuzlari qora bo‘lgan kimsalarga: «Iymon keltirgandan keyin yana dindan chiqdingizmi? Bas, kofir bo‘lganingiz kasofatiga mana bu azobni totib ko‘ringiz», deyilur.

107. Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

108. Bular Allohning oyatlaridir. Sizga ularni xaq-rost tilovat qilmoqdamiz. Alloh barcha olamlarga (ya’ni xech kimga) zulm qilishni istamas.

109. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilajak.

110. (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitob ham iymon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir.

111. Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi.

112. Agar Allohning va odamlarning (ya’ni musulmonlarning) axdi panohida bo‘lmasalar, albatta ularga qaerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechoraxollik yozib qo‘yildi. Bunga sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni noxaq o‘ldirishlaridir. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir.

113. (Ahli kitobning hammasi xam) barobar emas. Axli kitob orasida sajda qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi kishilar ham bor.

114. (O’sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar.

115. Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya’ni zoe bo‘lmaydi). Alloh taqvodorlarni bilguvchidir.

116. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan bo‘ladigan (azobdan) qutqara olmaydi. Ana o‘shalar jahannam egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

117. Ular bu dunyoda (xo‘jako‘rsinga) qilgan infoq-ehsonlarining misoli xuddi dinsizlik bilan o‘zlariga zulm qilgan qavmning ekiniga tegib, uni halok qilgan sovuq shamolga o‘xshaydi. Ularga Alloh zulm qilmadi. Balki ular o‘zlariga zulm qildilar.

I z o h . Ya’ni xuddi egalari kofir bo‘lganlari kasofati bilan ekinlarni sovuq urib ketganidek, riyo bilan qilingan yaxshilikdan ham hech qanday foyda yo‘qdir. Har qanday yaxshilik Alloh yo‘lida, xolis niyat bilan qilinsagina undan ajr, savob kutish mumkin.

118. Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik.

119. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u (ular sizlarning kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik», deyishadi. Uzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon ko‘rganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muxammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan o‘lib ketinglar!» — deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.

120. Agar sizlarga biron yaxshilik tegsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sabr-toqat qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizlarga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchidir.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:33 | Сообщение # 6
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
121. (Ey Muhammad), ahli oilangiz xuzuridan chiqib, mo‘minlarni urushadigan joylariga taxt qilib qo‘ygan paytingizni eslang! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

I z o h . Mana shu oyatdan boshlab g‘azotlar haqida so‘z ketadi. Yuqoridagi oyatlarda kofir, munofiqlar bilan so‘z maydonida jangu jadal borgan bo‘lsa, endi bu jangu jadal urush maydoniga ko‘chadi. Bu oyatlarda Uxud urushi haqida batafsil so‘z yuritilib, ba’zi o‘rinlarda Allohning mo‘minlarga qilgan marhamatini yodga solish uchun Badr jangi ham eslab o‘tiladi. Yuqoridagi oyat Uxud urushi haqidagi qissaning boshlanishidir.

122. O’sha payt sizlarning orangizdan ikki guruh umidsizlikka tusha boshladi. Holbuki, Alloh ularga yor edi. Bas, mo‘minlar yolg‘iz Allohgagina suyansinlar!

I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom Uxud jangiga ming kishilik lashkar bilan chiqdilar. Dushman qarorgohiga yaqinlashganlarida (ularning sanog‘i uch mingta edi) musulmonlar orasiga kirib olgan Abdulloh ibn Ubay otli munofiq uch yuz nafar askar bilan jang maydonidan qochib keta boshladi. Buni ko‘rgan Banu Salama va Banu Xorisa qabilasidan bo‘lgan musulmonlar ham qaytmoqchi bo‘ldilar, lekin Tangrining inoyati bilan bu qasdlaridan voz kechdilar.

123. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo‘lsangiz-da, sizlarni g‘olib qildi-ku. Bas, Allohdan qo‘rqingiz! Shunda shoyad (uning ne’matlariga) shukr qilgaysiz.

124. Mo‘minlarga:«Parvardigoringiz sizlarga uch ming ko‘kdan tushirilgan farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?» degan paytingizni eslang!

125. Yo‘q (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar va ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur.

126. Bu (madadni) Alloh faqat sizlarga xushxabar bo‘lsin, deb va dillaringiz taskin topishligi uchun qildi. Aslida g‘alaba faqat qudrat va hikmat egasi bo‘lgan Alloh huzuridan kelur.

127. Kofirlarning bir qismini halok qilish yoki mag‘lub qilib, noumid holda qaytarish uchun (Alloh sizlarni g‘olib qildi).

I z o h . Badr jangida nomdor pahlavonlardan yetmish kishi o‘ldirilib, yetmishtasi asir olindi va musulmonlar g‘alaba bilan qaytdilar.

128. (Ey Muhammad), Siz uchun bu ishda (ya’ni bandalarga najot berish yoki ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (yani inon-ixtiyor) yo‘qdir. (Allohning o‘zi) yo ularning tavbalarini qabul qilar yoki zolimliklari sababli azoblar.

I z o h . Bu oyat Uxud jangida payg‘ambar alayhis-salomning tishlari sinib, yuzlari yorilganida u zot, «o‘z payg‘ambarlarining yuzini qonga bo‘yagan qavm qanday najot topsin?» deya umidsizlikka tushganlarida nozil bo‘lgan.

129. Osmonlar va yerdagi bor narsa Allohnikidir. O’zi istagan kishining gunohlarini mag‘firat qilur. Uzi istagan kimsani azoblar. Alloh mag‘firatli, mehribondir.

130. Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz.

131. Va kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqingiz!

132. Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz. Shoyad Allohning rahmatiga musharraf bo‘lsangiz.

133. Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lguvchi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan (eni osmonlar va yer barobarida bo‘lgan) jannatga shoshilingiz!

134. (U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) afvetadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi.

135. (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan. — Har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, — bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir.

136. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!

137. Sizlardan ilgari ham ko‘p yo‘llar – tajribalar o‘tgandir. Bas, yerda aylanib yurib, Allohning dinini yolgon deganlarning oqibatlari qanday bo‘lganini bir ko‘ringlar.

138. Bu (Qur’on) odamlar uchun to‘g‘ri yo‘lni bayon qilguvchi va taqvo egalari uchun hidoyat va pand-nasihatdir.

139. Kufrga qarshi kurashda (sustlashmangiz) va (Uxud jangidagi mag‘lubiyat sababli) g‘amgin bo‘lmangiz! Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar.

140. Agar (bugun — Uxudda) sizlarga jarohat yetgan bo‘lsa, (Badr jangida) u qavmga ham xuddi shunday jarohat yetgan. (Toki ibrat bo‘lsin deb) va Alloh haqiqiy iymon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni saralab olishi uchun bu kunlarni (ya’ni g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi.

141. Va toki Alloh iymon keltirgan zotlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok kilish uchun (bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi).



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:34 | Сообщение # 7
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
142. (Ey mo‘minlar), yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim haq yo‘lda kurashgan-u, kim sabr-toqat qilganini mutlaqo bilmay turib jannatga kiramiz, deb o‘yladingizmi?!

143. O’limga ro‘baru bo‘lishingizdan ilgari uni orzu qilar edingiz. Mana endi (ya’ni Uxudda) uni ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz.

144. Muhammad faqat bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u (ya’ni Muhammad alayhis-salom) vafot qilsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas, (balki faqat o‘ziga zarar qiladi, xolos). Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi.

145. Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda o‘ladi.

I z o h. Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: qo‘rqoqlik umrni uzaytirmaydi, shijoat esa uni qisqartirmaydi. Har qanday tadbir-ehtiyotkorlik Tangrining qazo va qadarini o‘zgartirmaydi. Bas, nima sababdan haq yo‘lidagi kurashdan qochmoqchi bo‘lasiz? Kim dunyo savobini istasa (ya’ni faqat o‘lja istab jangga kirsa) unga o‘sha istagan narsasini berurmiz. Kim oxirat savobini istasa, unga-da, istagan narsasini berurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz.

146. Qanchadan-qancha payg‘ambarlar o‘tganki, ular bilan birgalikda ko‘pdanko‘ p xudojo‘ylar jang qilganlar. Hamda Alloh yo‘lida o‘zlariga yetgan mashaqqatlar sababli sustkashlik — zaiflik qilmaganlar va (dushmanlariga) bo‘yin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi.

147. Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro, gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni (jang maydonida) sobit qil va bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!»

148. Bas, Alloh ularga ham bu dunyo savobini (g‘alaba va mol-davlatni) va ham oxiratdagi go‘zal ajrni (jannatni) ato qildi. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi.

149. Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasizlar.

150. Yo‘q, (ular sizlarning do‘stingiz emas, balki) Alloh xojangizdir. Va U zot eng yaxshi yordamchidir.

151. (Tangri ekanligiga) hech qanday hujjat-dalil kelmagan narsani (ya’ni jonsiz butlarni) Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning dillariga qo‘rquv solajakmiz. Ularning borar joylari jahannamdir, zulm qilguvchilarning joylari naqadar yomon joy!

152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.

I z o h. Rivoyat qilishlaricha, Uxud jangi boshlanishidan oldin payg‘ambar alayhis-salom ellikta merganni tog‘ ustiga qo‘yib ularga o‘rinlaridan jilmay musulmonlarni mudofaa qilib turishni tayinladilar. Urush boshlanishi bilanoq musulmonlarning qo‘li baland kela boshlab, g‘alaba ko‘zlariga ko‘rinib qoldi. Shunda u merganlardan ayrimlari o‘ljasi qolib ketmaslik uchun, ayrimlari g‘olib bo‘ldik, deb o‘ylab payg‘ambar buyurgan o‘rinlaridan tog‘dan tushib ketishlari bilan shu tog‘ning orqasidagi pistirmada turgan dushman askarlari orqa tarafdan to‘satdan hujum qildilar va kutilmagan hujumdan tahlikaga tushib qolgan musulmonlar ustidan g‘alaba qildilar. Musulmonlarning payg‘ambar farmonlarini bajarmaganlari ularni aniq bo‘lib qolgan g‘alabadan mahrum qildi. Oyatning so‘ngida Alloh ularning bu gunohini afv etganini bayon qildi va ularni Tangriniig fazlu marhamatidan noumid bo‘lmaslikka buyurdi.

153. (Ey mo‘minlar), hech kimga boqmay (jang maydonidan) chiqib ketgan paytingizni eslang! Holbuki payg‘ambar ortingizda sizlarni chorlamoqda edi. Bas (g‘alaba, o‘ljalar yanglig‘) sizlardan ketgan narsalarga va (mag‘lubiyat, qurbonlar kabi) sizlarga yetgan narsalarga xafa — g‘amgin bo‘lmasliklaringiz uchun Alloh sizlarga g‘am ustiga g‘am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

154. So‘ngra bu g‘amning ketidan sizlarga bir orom uyqusini tushirdiki, u sizlardan bo‘lgan bir toifa kishilarni (ya’ni haqiqiy mo‘minlarni) qamrab oldi. Boshqa bir toifa (ya’ni munofiqlar) esa Alloh haqida noto‘g‘ri, dinsizlarcha badgumon qilib, o‘z jonlarining g‘amiga tushib qoldilar. Ular: «Endi biz uchun hech qanday g‘alaba bo‘lmaydi», deyishadi. Ayting (ey Muhammad): «Butun ish Allohning (qo‘lida)!» Ular sizga oshkor qilmaydigan narsani (munofiqliklarini) yashiradilar. Aytadilarki, «Agar ixtiyorimiz o‘zimizda bo‘lganida edi, bu yerlarda o‘lib ketmagan bo‘lar edik». Ayting (ey Muhammad): «Agar uylaringizning ichiga berkinib olganingizda ham o‘ldirilishi Alloh tomonidan hukm qilingan kishilar shubhasiz halokat joyiga kelgan bo‘lar edilar». (Alloh bu mag‘lubiyatni) ko‘ngillaringizdagi narsani (iymon yoki nifoqni) imtihon qilish va dillaringizdagi narsa (iymon)ni poklash uchun qildi. Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.

155. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarning ichingizdan bo‘lgan (urush maydonidan) qochgan kishilarni faqat shaytonning o‘zi qilgan ayrim gunohlari sababli yo‘ldan ozdirdi. Endi Alloh ularning gunohlarini afv etdi. Albatta Alloh mag‘firatli, haliym zotdir.

156. Ey mo‘minlar, kufr yo‘lini tutgan va boshqa yerlarga safar qilib yoki g‘azotga chiqib ketgan do‘stlari haqida: «Agar biz bilan birga qolganlarida o‘lmagan va o‘ldirilmagan bo‘lar edilar», deydigan kimsalarga o‘xshamangiz! (Bu gaplarini) Alloh ularning dillaridagi hasrat qilib qo‘yadi. Axir tiriltiradigan ham, o‘ldiradigan ham Alloh-ku?! Alloh qilayotgan amalaringizni ko‘rguvchidir.

157. Qasamki, agar Alloh yo‘lida o‘ldirilsangizlar yoki o‘lsangizlar, albatta Alloh tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firat va rahmat ular (ya’ni munofiq, kofirlar) to‘plagan dunyodan yaxshiroqdir.

158. Qasamki, agar o‘lsangiz ham, o‘ldirilsangiz ham, albatta Alloh xuzuriga to‘planajaksiz.

159. (Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq dil bulganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar. Bas, ularni afv eting, ular uchun Allohdan mag‘firat so‘rang va ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning — tavakkal qiling! Albatta Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi.

160. Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!

161. Hech bir payg‘ambar uchun (urushdan tushgan o‘ljalarga) xiyonat qilish joiz emas. Kim xiyonat qilsa, qiyomat kunida (Allohning huzuriga) qilgan xiyonati bilan birga kelur. So‘ngra har bir jon mazlum bo‘lmagan holida qilgan amaliga komil jazo olgay.

162. Allohning rizoligini istagan kishi, Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan, borar joyi jahannam bo‘lgan kimsa kabi bo‘ladimi?! Naqadar yomon oqibat bu!

163. Ular Allohning huzurida har xil daraja — manzilatlarda bo‘lurlar. Alloh ular qilayotgan amallarni ko‘rguvchidir.

164. Albatta Alloh mo‘minlarga o‘zlaridan bo‘lgan (ya’ni odam jinsidan bo‘lgan), ularga Allohning oyatlarini tilovat qiladigan, (gunoxlaridan) poklaydigan hamda ularga Kitob va Hikmatni o‘rgatadigan payg‘ambarni yuborish bilan yaxshilik qildi. Zero ular ilgari ochiq xato — zalolatda edilar.

165. (Ey mo‘minlar), agar sizlarga (Uxudda dushman tomonidan) bir musibat yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz — Bu balo qaydan keldi? — deysizmi?! (Ey Muhammad), ularga: «Bu musibat — mag‘lubiyat o‘z qilmishlaringizdan», deb ayting! Albatta Alloh hamma narsaga qodirdir.

166-167. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat Allohning izniirodasi bilan va haqiqiy mo‘minlarni bilish uchun hamda nifoq yo‘liga kirgan kimsalarni aniqlash uchun bo‘ldi. Ularga: «Kelinglar, Alloh yo‘lida jang qilinglar yoki (hech bo‘lmasa bizning sanog‘imizni ko‘paytirish bilan dushmanni) daf qilinglar», deyilsa, «Agar jang bo‘lishini aniq bilganimizda-ku sizlarning ortingizdan borgan bo‘lar edik», deyishadi. O’sha kuni ular iymondan ko‘ra kufrga yaqinroq edilar. Ular og‘izda ko‘ngillarida bo‘lmagan narsalarni gapirmoqdalar. Alloh esa ularning yashirgan sirlarini juda yaxshi bilguvchidir.

168. (Ey Muhammad), o‘sha o‘zlari o‘tirib olib do‘stlari haqida: «Agar bizning gapimizga kirib (jang qilishdan bosh tortganlarida) o‘ldirilmagan bo‘lar edilar», deydigan kimsalarga: «Agar aytgan gaplaringiz rost bo‘lsa, o‘zlaringdan o‘limni daf qilinglar-chi», deb ayting!

169-170. Alloh yo‘lidagi jangda o‘ldirilgan zotlarni hargiz o‘liklar deb o‘ylamang! Yo‘q, ular tiriklardir! U zotlar Alloh o‘z fazlu karami bilan bergan ne’matlardan xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar va hali ortlaridan yetib kelmagan birodarlariga hech qanday xavfu xatar yo‘qligi va g‘amgin bo‘lmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.

171-172. Ular Alloh tomonidan bo‘lgan ne’mat va fazlu karam haqida hamda o‘zlariga jarohat yetganidan keyin ham Alloh va rasuliga bo‘yinsungan mo‘minlarning ajri — mukofotini Alloh zoe qilmasligi haqida xushxabar beradilar. Ularning orasidagi chiroyli itoat qilgan va Allohdan qo‘rqqan zotlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.

173. Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» — dedilar.

174. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.

I z o h . Yuqoridagi oyatlarda musulmonlarning Uxud jangidan keyingi ahvoli bayon qilindi. Rivoyat qilishlaricha, mushriklar Uxudda musulmonlar ustidan g‘alaba qilib, uylariga qaytgach, yo‘lda: «Nega ularni butunlay qirib tashlamadik?» — deb nadomat qildilar. Bu gap rasulullohga yetib kelganida u zot mushriklarning diliga qo‘rquv solish va ularga o‘zlarini hali kuch-kuvvatga ega ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yish uchun musulmonlarni ularning ortidan yurishga chaqiradilar. Musulmonlar Uxud jangida ko‘p talofot va jarohatlar olganlariga qaramay, payg‘ambarning da’vatlariga «Labbay!» deb javob berdilar va ba’zi bir «shayton»larning «qurayshlik mushriklarning son-sanoqsiz lashkari bor», degan vasvasalari ham ularni qo‘rqita olmadi, balki iymonlarini ziyoda qildi, xolos. Ular payg‘ambar alayhis-salom bilan birga mushriklarning ortidan borib Hamro al-Asad degan joyda ularga yetib oldilar. Shunda Tangri taolo mushriklarning dillariga bir qo‘rquv soldi va ular musulmonlarga qarshi jang qilishga jur’at qila olmadilar va musulmonlar eson-omon Madinaga qaytib keldilar.



Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Mohigul77Дата: Пайшанба, 11.03.2010, 22:34 | Сообщение # 8
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
175. Albatta o‘sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan) shaytonning o‘zidir. U sizlarni o‘zining do‘stlaridan (kofirlardan) qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz!

176. (Ey Muhammad), kufr — dinsizlikka shoshayotgan kimsalar Sizni g‘amgin qilmasin! Albatta ular Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. (Faqat) Alloh ular uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmasligini istaydi. Ular uchun ulug‘ azob bor (xolos).

177. Albatta kufrni iymonga almashtiradigan kimsalar Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.

178. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muxlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunoxlarini ziyoda qilishlari uchungina muxlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir.

179. Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u, kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘yuvchi emas. Hali u (Uxudda munofiqlarni mo‘minlardan ajratib qo‘ygani kabi) nopokni pokdan ajratadi. Alloh sizlarni g‘ayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh payg‘ambarlaridan O’zi istagan zotlarni saylab olur (va uni g‘oyibdan xabardor) ogoh qilur. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! Agar iymon keltirib, Allohdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.

180. Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-jonsiz narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib Allohning o‘ziga qolur. Alloh qila-yotgan amallaringizdan xabardordir.

181. Albatta Alloh: «Alloh kambag‘al, bizlar boymiz», degan kimsalarning so‘zini eshitdi. Ularning aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq o‘ldirganlarini yozib qo‘yurmiz va (qiyomat kuni) ularga: «Jahannam azobini totib ko‘ringiz!» — deb ayturmiz.

182. Bu (azob) o‘zlaringiz qilgan gunohlaringiz sabablidir. Albatta Alloh bandalariga zulm qilguvchi emasdir.

183. U kimsalar: «Albatta Alloh bizga biron payg‘ambar to bir qurbonlik atab, uni (osmondan tushgan) olov yeb (ya’ni yondirib) ketmaguncha unga iymon keltirmasligimizni buyurgan», dedilar. Ayting (ey Muhammad): «Muhaqqaqki, mendan ilgari sizlarga ko‘p payg‘ambarlar ochiq hujjatlar va sizlar aytgan narsani (ya’ni qurbonliklarni) keltirganlar. Bas, agar shu gaplaringiz rost bo‘lsa, nima uchun ularni o‘ldirgan edingizlar?!»

184. (Ey Muhamamad), agar Sizni yolg‘onchi qilishgan bo‘lsa (aslo g‘amgin bo‘lmang, chunki) Sizdan ilgari ham ochiq hujjatlar, bitiklar va nurli Kitob keltirgan ko‘p payg‘ambarlar yolg‘onchi qilinganlar.

185. Har bir jon o‘limni totguvchidir. Va qiyomat kunida hech shak-shubhasiz ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa aldaguvchi matodir.

186. Albatta molu jonlaringizda imtihon qilinursizlar (ya’ni Tangri taolo mol va jonlaringizga xilma-xil ofatu balolar yuborib, sizlarning iymoningizni tekshirib ko‘rar), va albatta sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalar tomonidan va mushriklar tomonidan ko‘p aziyat-malomatlar eshitajaksizlar. Agar (ozorlariga) sabr-toqat qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar (najot topursiz). Chunki bu ish (ya’ni sabr-toqatli bo‘lib, Allohdan qo‘rqish) ishlarning maqsadga muvofig‘idir.

187. Eslang (ey Muhammad), Alloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta u Kitobni odamlarga ochiq bayon qilursizlar va yashirmaysizlar!» — deb ahdpaymon olgan edi. So‘ng ular bu ahd-paymonni ortlariga tashladilar va uni ozgina qiymatga sotdilar. Ularning bu oldi-sotdilari naqadar yomon ish bo‘ldi!

188. (Ey Muhammad), siz hargiz qilgan ishlari (ya’ni odamlarni haq yo‘ldan adashtirishlari) bilan xursand bo‘ladigan va qilmagan ishlari bilan maqtovlar eshitishni yaxshi ko‘radigan kimsalar azobdan yiroq makondalar, deb o‘ylamang! Ular uchun alamli azob bordir.

189. Osmonlar va yerdagi bor mulk Allohnikidir. Va Alloh hamma narsaga qodirdir.

190. Osmonlar va yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir.

191. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan! O’zing bizni jahannam azobidan asragil!

192. Parvardigoro, albatta Sen kimni jahannamga kiritsang, muhaqqaq uni rasvo qilursan. Va bunday zolimlar uchun hech qanday yordamchi yo‘qdir.

193. Parvardigoro, albatta biz: «Parvardigoringizga iymon keltiringiz!» — deb iymonga chorlagan jarchi (Muhammad alayhis-salomning nidolarini) eshitdigu, iymon keltirdik. Parvardigoro, bizning gunoxlarimizni mag‘firat qil, qilgan yomonliklarimizni (sahifayi a’molimizdan) o‘chirgil va bizlarni yaxshilar bilan birga o‘ldir!

194. Parvardigoro, bizlarga payg‘ambarlaring orqali va’da qilgan narsalaringni (jannat, mag‘firat, visolingdan bahramand etish kabi nematlaringni) ato qil va bizlarni qiyomat kunida rasvo qilmagil! Albatta, Sen va’dangta xilof qilmagaysan.

195. Bas, Parvardigorlari ularning duolarini ijobat qilib (dedi): «Albatta Men sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoe qilmagayman. Zero birovingiz birovingizdandirsiz. (ya’ni erkak ayoldan, ayol erkakdan dunyoga kelgan). Bas, vatanlaridan hijrat qilgan, diyorlaridan quvilgan, mening yo‘limda aziyatlar chekkan va (mening yo‘limda) jang qilib, qatl etilgan zotlarning qilgan gunohlarini o‘chirgayman va ularni Alloh huzuridan savob — mukofot qilib taglaridan daryolar oqib turadigan bog‘larga kiriturman. Va eng go‘zal savob — mukofot Allohning huzuridadir».

196. Sizni kofirlarning shaharlarda kezishlari aldab qo‘ymasin!

197. (Bu yelib-yugurish, g‘olibona kezishlar) ozgina matodir. So‘ngra joylari jahannam bo‘lgay! Naqadar yomon joy u!

198. Ammo Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar uchun Alloh huzuridan ziyofat bo‘lmish — taglaridan daryolar oqib turguvchi bog‘lar bordirki, ular bu bog‘larda abadiy qolajaklar. Yaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (ya’ni savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir.

199. Albatta ahli kitob ichida Allohga hamda sizlarga nozil qilingan va o‘zlariga nozil qilingan narsalarga iymon keltiruvchi, Allohga itoat qilib bosh eguvchi, Allohning oyatlarini ozgina qiymatga sotib yubormaydigan zotlar ham bor ekanligi aniq-ravshandir. Ana o‘shalar uchun Parvardigorlari huzurida ajru savob bordir. Albatta Alloh tez-da hisob-kitob qilguvchi zotdir.

200. Ey mo‘minlar, sabr qilingiz va sabru toqat qilishda (kofirlardan) ustun bo‘lingiz hamda doimo (kurash — jihod uchun belingiz bog‘liq holda) hozir bo‘lib turingiz! Va Allohdan qo‘rqingizkim, (shunda) shoyad najot topgaysizlar!


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 03. "Oli Imron"
Страница 1 из 11
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010