tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Ким биз билан ?
Барча жавоблар: 192


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 13. "Ra'd"
13. "Ra'd"
Mohigul77Дата: Душанба, 15.03.2010, 18:49 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
RA'D SURASI
Bu sura qirq uch oyatdan iborat bo‘lib, Madinada nozil bo‘lgan. Bu sura boshlab, Alloh taoloning borligi va birligiga iymon keltirish masalasini o‘rtaga tashlab, so‘ng qayta tirilish va hayoti dunyoda qilib o‘tilgan har bir yomon-yaxshi amal uchun qiyomat kunida jazo-mukofot bo‘lishi haqida xabar qiladigan oyatlar bilan davom etadi. Unda haqiqat bilan botil to‘g‘risida ikki ibratli masal keltiriladi. Birinchisi, jilg‘alarni to‘ldirib oqib kelayotgan yomg‘ir suvi haqiqatga, suv ustidagi ko‘pik esa botilga tashbeh qilinsa, ikkinchisida, har qanday yerosti ma’danlari ham eritilganida ulardan sof qimmatbaho ma’dan bilan birga ularga aralashib qolgan oddiy toshlar ham chiqishi aytilib, sof ma’dan haqiqatga, chiqindilar esa botilga o‘xshatiladi. Mana shunga o‘xshash ibratli misollarni o‘ziga jo qilgan bu surada yana momaqaldiroq haqida zikr qilinib, hatto u ham Alloh taologa tasbeh aytib, u zotni poklab turishi bayon qilinadiki, bu suraning «Ra’d-momaqaldiroq» deb nomlanishining sababi shudir. Bizning nazarimizda, bu ulug‘ sura to‘lasicha ham bir dahshatli momaqaldiroqqa o‘xshaydi. U momaqaldiroq mo‘minlarni yomg‘irga — Allohning rahmatiga umidvor qilsa, kofirlarni chaqmoq urishidan — Allohning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquvga soladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Mim, Ro. Ushbu (oyatlar) Kitob (Qur’on) oyatlaridir. (Ey Muhammad), sizga nozil qilingan bu narsa (ya’ni Qur’on ayni) haqiqatdir, lekin odamlarning ko‘plari iymon keltirmaydilar.

2. Alloh osmonlarni sizlar ko‘rgudek ustunlarsiz ko‘tarib qo‘ygan, so‘ngra o‘z arshini egallab, quyosh va oyni O’z amriga bo‘ysundirgan zotdir. Ularning har biri muayyan muddatgacha (ya’ni qiyomat qoyim bo‘lgunicha) sayr qilaverar. (Alloh) barcha ishning tadbirini qilur va sizlar (qiyomat kunida unga) Parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lishga iymon keltirishingiz uchun O’z oyatlarini mufassal bayon qilur.

3. U Yerni yoyiq qilib yaratib, unda tog‘lar va daryolar paydo qilgan zotdir. U Yerdagi har mevani ikkitadan — juft-juft (ya’ni erkak-urg‘ochi) qilib yaratdi. U kechani kunduz ustiga yoyar (ya’ni, kecha-kunduz ham bir-birlarining juftlaridir). Albatta, bu (misollar)da tafakkur qiladigan qavm uchun oyatibratlar bordir.

I z o h. Darhaqiqat, tafakkur qilib ko‘rilsa, bu olamda hamma narsa juft-juft qilib yaratilgani ma’lum bo‘ladi: quyoshning jufti oy, yerning jufti osmon, kunning jufti tun, dunyoning jufti oxirat... Agar mana shu mantiq haq bo‘lsa, oxirat borligi ham barhaqdir. Yolg‘izlik faqat Alloh taologa yarashur.

4. Bu yerda bir-biriga qo‘shni bo‘lgan bo‘lak-bo‘lak (ya’ni biri unumdor bo‘lsa, biri sho‘r) yerlar, uzumzor bog‘lar, ekinzorlar va shoxlab ketgan-shoxlamagan xurmolar bo‘lib, (ularning hammasi ham) bir suv bilan sug‘orilur. (Lekin) Biz ularning ayrimlaridan ayrimlarini ta’mliroq-eyishliroq qilib qo‘yurmiz, Albatta, bunda ham aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

5. (Ey Muhammad), agar (biron narsadan) ajablansangiz, u holda ularning (kofirlarning): «Tuproq bo‘lib ketgach, bizlar yana yangitdan yaratilamizmi?» degan gaplari ajablanarlidir. Ular Parvardigorlariga kofir bo‘lgan kimsalardir. (Qiyomat kunida) ularning bo‘yinlarida kishanlar bo‘lur. Ular do‘zax egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolurlar.

6. Ular sizdan yaxshilik – Allohning rahmatidan avval yomonlik — Allohning azobi kelishini talab qiladilar. Ulardan ilgari ham bunday misollar (Allohning azobiga duchor bo‘lganlar) o‘tgandir. Albatta, Parvardigoringiz odamlar o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘lgan hollarida ham mag‘firat egasidir. Albatta, Parvardigoringiz azobi qattiq zotdir.

I z o h. Bu oyat — Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomni masxaralab: «Agar haq payg‘ambar bo‘lsang, Tangringga bir duo qil, bizga azob yuborsin» deganlarida nozil bo‘lgandir. Unda odamlar har qancha zulmu nohaqlikka berilsalar ham, Parvardigor ularni mag‘firat qilib, ya’ni azobga giriftor qilmay turishi mumkinligi, lekin azoblaganida, azobi qattiq bo‘lishi haqida va bu mushriklarga o‘xshaganlar ilgari ham o‘tganligi va qilmishlariga yarasha jazo olganligi to‘g‘risida bayon qilinadi.

7. Kofir bo‘lgan kimsalar: «Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biron oyat-mo‘‘jiza nozil qilinsa edi», deydilar. Siz faqat (kofirlarni Allohning azobidan) ogohlantirguvchidirsiz. Har bir qavm uchun (Alloh yo‘liga) yetaklovchi — hidoyat qilguvchi bordir.

8. Faqat Allohgina har bir ayolning ko‘tarib yurgan homilasini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-norasomi, chiroylimi-xunukmi ekanini) ham, bachadonlar (muddatidan ilgari) tashlaydigan bolani ham, (to‘qqiz oydan) ortiqroq turib qoladigan bolani ham bilur. U Zot dargohida har bir narsa o‘lchovlidir.

9. U g‘aybu shahodatni (ya’ni maxfiy va oshkora barcha narsani) bilguvchi buyuk va yuksak zotdir.

10. Sizlarning orangizdagi o‘z gapini yashirgan kishi ham, uni oshkora qilgan kishi ham, kecha qorong‘usida yashirinuvchi ham, kunduzi ochiq-oshkora yuruvchi ham (U zot uchun) barobardir.

11. Uning (ya’ni har insonning) oldida ham, ortida xam ta’qib qilguvchi (farishtalar) bo‘lib, ular Allohning amri bilan uni saqlab-muhofaza qilib tururlar. Aniqki, to biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas. Qachon Alloh biron qavmga yomonlik — balo yuborishni iroda qilsa, bas, uni qaytarib bo‘lmas. Va ular uchun Undan o‘zga hokim yo‘qdir.

I z o h. Bu oyatda islomiy aqidadagi asosiy ruknlardan biri o‘z aksini topgandir: «To biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas». Ya’ni, biron qavmning ahvoli yomon tomonga o‘zgarar ekan, bunga sabab ustlaridagi zolim hokimgina emas, balki ularning o‘zlari haq yo‘lidan ozganlari hamdir. Binobarin, hayotlari yaxshilik tomonga o‘zgarishini istaydigan bo‘lsalar, avvalo o‘zlarini o‘nglab, iymon-e’tiqod yo‘lini tutmoqlari lozimdir. Payg‘ambar alayhis-salomning ushbu hadislari yuqoridagi oyatga hamohangdir: «O’zlaringiz qanday bo‘lsangiz, ustingizga ham shunday hokim kelur».

12. (Ey odamlar, Alloh) sizlarga (momaqaldiroqdan) qo‘rqqan va (yomg‘ir yog‘ishidan) umidvor bo‘lgan holingizda chaqmoqni ko‘rgizadigan va vazmin bulutlarni paydo qiladigan zotdir.

13. Momaqaldiroq ham U zotga (Allohga) hamdu sano bilan tasbeh aytur. Farishtalar ham U zotdan qo‘rqqanlari sababli (tasbeh ayturlar). U zot chaqmoqlar yuborib, ular bilan O’zi xohlagan kimsalarni — u kimsalar Alloh xususida talashib-tortishib turgan hollarida, urar. U (ushlagan vaqtida) qattiq ushlovchi zotdir.

14. Haqiqiy duo-iltijo faqat Unga qilinur. Undan o‘zga (mushriklar) duo-iltijo qilayotgan butlar u mushriklarning bironta duosini mustajob qilmas. Illo ular bir kimsaga o‘xshaydilarki, u kimsa kaftlarini suvga yozib, u suv og‘ziga yetishini kutib turar. Holbuki, u (suv) uning og‘ziga yetguvchi emasdir. (Ya’ni, xuddi suv jonsiz narsa bo‘lgani tufayli tashna kishining holidan bexabar bo‘lishi, binobarin, uning og‘ziga borib yetmagani kabi u mushriklar duo-iltijo qiladigan butlari ham jonsiz narsa bo‘lganlari sababli ularning duolarini eshitmas - mustajob qilmas.) Bunday kofirlarning duolari mutlaqo befoyda – xatodir.

15. Osmonlar va yerdagi barcha jonzot va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech faqat Allohgagina sajda qiladilar — bo‘ysunadilar.

I z o h. Islom ta’limotiga ko‘ra, koinotdagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi, ya’ni Alloh uning zimmasiga qo‘ygan vazifani ado etish bilan U zotga itoat qiladi. Zotan Yaratganga itoatsizlik halokat demakdir. Masalan, ko‘kdagi quyosh o‘zining sayrini bir daqiqa to‘xtatsa, dengizlar bug‘lanib-qurib, quruqliklar yonib ketgan bo‘lur edi. Shuningdek, xoh mo‘min xoh kofir bo‘lgan inson badanidagi biron a’zo o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtasa, o‘sha insonning butun hayoti izdan chiqadi. Demak, hayot intizomi buzilmasligi uchun yeru osmondagi hamma narsa yolg‘iz Yaratuvchiga bo‘yinsunishi shart ekan. Faqat yuqoridagi oyatda uqtirilishicha, mo‘min o‘z ixtiyori bilan itoat qilsa, kofir majburan bo‘yinsunar ekan. Bu oyat sajda oyatidir.

16. (Ey Muhammad) ayting (qavmingizdan so‘rang: «Osmonlar va Yerning Parvardigori kim?» «Alloh», deb javob qiling (chunki ular bundan boshqa javob topa olmaydilar. Ulardan): «Bas, O’sha (Allohni qo‘yib, (o‘zgalar emas, hatto o‘zlariga ham foyda-ziyon yetkazishga qodir bo‘lmaydigan butlarni ushlab oldingizmi?» deb so‘rang. Yana aytingki, «Ko‘r (gumroh) bilan ko‘ruvchi (haq yo‘lga hidoyat topgan kishi) barobar bo‘lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo‘lurmi?» Yo ular Alloh yaratgani kabi yarata oladigan butlarni U zotga sherik qilishib olib, so‘ngra ularga yaratilgan narsalarni (Alloh yaratganmi yoki sig‘inayotgan butlari yaratganmi) noma’lum bo‘lib qoldimi? Ayting: «Alloh barcha narsani yaratguvchidir va U tanho g‘olibdir».

17. (Alloh) osmondan, suv (yomg‘ir) yog‘dirganida jilg‘alar to‘lib-toshib oqib, bu sel o‘z ustida ko‘piklarni ham ko‘tarib kelur. (Odamlar) zeb-ziynat yoki asbob-uskuna yasash uchun o‘tda eritadigan narsa-ma’danlardan ham shunga o‘xshash ko‘pik (chiqindi paydo) bo‘lur. Alloh haq bilan botilni mana shunday (misol bilan) bayon qilur. Endi u ko‘pik-chiqindi o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketur. Odamlarga foydali bo‘lgan narsa esa Yer yuzida qolur. Alloh misollarni mana shunday bayon qilur.

18. Parvardigorlariga itoat etgan zotlar uchun go‘zal mukofot – jannat bordir. U zotga itoat qilmagan kimsalar esa agar yerdagi bor molu-davlat (yana) ikki barobar (ko‘payib) ularning o‘zlariniki bo‘lsa, albatta uni (Allohning azobidan qutulish uchun) fido qilgan bo‘lur edilar. Ular uchun eng yomon hisob-kitob ( Ularning joylari jahannamdir. Naqadar yomon joy u!

19. Muhammad), axir sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa aniq haqiqat ekanini biladigan — iymon keltiradigan kishi (ko‘ngil ko‘zi) ko‘r kimsaga o‘xshaydimi?

20. (Bu oyatlardan) faqat Allohga bergan ahdlariga vafo qiladigan va miysoq – va’dalarini buzmaydigan aql egalarigina eslatma olurlar.

21. Ular Alloh bog‘lanishga buyurgan narsalarni (ya’ni, qarindosh-urug‘lar bilan aloqani) bog‘laydilar. Parvardigorlaridan qo‘rqadilar, hisob-kitobga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, (doim chiroyli amallar qilishga intiladilar).

22-23. Parvardigorlarining Yuzini ko‘zlab (mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib namozlarini to‘kis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qilgan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan zotlar — ana o‘shalar uchun oxirat diyori bordirki, (u diyor) abadiy turiladigan jannatlar bo‘lib, ular u joylarga, ota-bobolari, jufti halollari va zurriyotlaridan iborat bo‘lgan solih bandalar bilan birga kirurlar. So‘ng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib (derlar):

24. «(Alloh yulida mexnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib o‘tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi!»

25. Allohga bergan ahd-paymonlarini mustahkam bo‘lganidan keyin buzadigan, Alloh bog‘lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohning) la’nati bo‘lur va ular uchun eng yomon diyor — jahannam bordir.

26. Alloh, O’zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur (va O’zi xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. (Mushriklar) mana shu hayoti dunyo bilan shodxurram bo‘ldilar, holbuki bu hayoti dunyo oxirat oldida faqat bir arzimas matodir.

27. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar: «Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biron oyat-mo‘‘jiza nozil qilinsa edi», dedilar. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Albatta, Alloh O’zi xohlagan kimsalarni gumroh qilur va (Allohga) ijobat-tavba qilgan kishilarni O’z (diniga) hidoyat qilur».

28. Ular iymon keltirgan qalblari Allohni zikr qilish — eslash bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur.

29. Iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat — jannat bordir.

30. (Ey Muhammad) shunday qilib, Biz sizni (ko‘pdan-ko‘p) avlodlardan keyin kelgan bir avlodga - ular Mehribon (Alloh) ni inkor qilib turgan hollarida - Biz sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg‘ambar qilib yubordik. Ayting: «U (Mehribon Alloh) mening Parvardigorimdir. Hech qanday iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. Uning O’ziga tavakkul qildim - suyandim va Uning O’ziga tavba-tazarru qilurman».

31. Agar bir Qur’on bo‘lib, uning yordami bilan tog‘lar joyidan jildirilsa, yo uning yordami bilan yer yorilib (daryolar paydo qilinsa, yoki uning yordami bilan o‘liklar tilga kiritilsa ham (kofir bo‘lgan kimsalar iymon keltirmaydilar). Yo‘q, barcha ish yolg‘iz Allohning (ilkidadir. Ya’ni, Alloh xohlasa iymon keltiradilar, agar U zot xohlamas ekan, barcha talablari bajo qilinganida ham ular iymon keltirmaydilar).

I z o h. Ushbu oyat mushriklar payg‘ambar alayhis-salomga: «Agar haqiqiy payg‘ambar bo‘lsang, tog‘larni joyidan jildirib ularning o‘rnida daryo va chashmalar paydo qilgin. O’lgan ota-bobolarimizni tiriltirgin, ular tilga kirib, sening payg‘ambarligingga guvohlik bersinlar, shunda bizlar ham senga iymon keltiramiz», deganlarida nozil bo‘lgandir. Oyat davomida keladigan quyidagi jumlalarda: «Biron mo‘‘jiza ko‘rsatilsa, mana shu mushriklar ham iymon keltirarmikanlar», deb umidvor bo‘lgan ayrim sahobalarga tanbeh berib aytiladi. Iymon keltirgan kishilar agar Alloh xohlasa, shak-shubhasiz (biron mo‘‘jiza nozil qilmasdanoq) barcha odamlarni xidoyat qilishini (bu Alloh uchun hech narsa emasligini) bilmadilarmi? (Lekin Allohning O’zigina biladigan hikmat sababli U zot hidoyat yo‘liga yurish yo yurmaslikni bandalarining ixtiyoriga tashlab qo‘ygandir). To Allohning va’dasi kelgunicha (ya’ni, Makka musulmonlar tarafidan fath qilinguncha ham) kufr yo‘lini tutgan kimsalarga o‘zlarining qilgan qiliqlari sababli mudom turli ofat-balolar yetar yoki ularning diyorlariga yaqin joylarga (kulfat) tushib (ularni bezovta, behalovat qilur). Albatta, Alloh va’dasiga xilof qilmas.

32. (Ey, Muhammad), sizdan avvalgi payg‘ambarlarning ustidan ham kulibmasxara qilinganida, Men o‘sha (payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilib) kufr yo‘lini tutgan kimsalarga (bir oz) muhlat berib, so‘ngra ularni (O’zimning azobim bilan) ushlaganman. So‘ng ularni qanday jazolaganimni (bilursiz).

33. Har bir jonning qilgan amali ustidan (kuzatib) turguvchi zot hech narsani ko‘rmaydigan, eshitmaydigan jonsiz butlarga o‘xshaydimi?» Ular (turli mahluqlarni) Allohga sherik qilib oldilar. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «U butlaringizning nomlarini (va ularning qo‘llaridan keladigan ishlarini) aytinglar-chi? Balki (Allohga) Yer yuzidagi bilmaydigan biron narsasining xabarini berarsizlar?! Yoki faqat yuzaki gap bilan (ya’ni, hech qanday ish-amal qo‘lidan kelmaydigan jonsiz narsalarni quruq so‘zlarga ishonib xudo deb sig‘inib yuribsizlarmi?») Yo‘q. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarga o‘zlarining makraldovlari chiroyli ko‘rasatildi va ular haqiqat yo‘lidan to‘sildilar. Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas.

34. Ular uchun hayoti dunyoda ham azob bo‘lur. Ammo oxirat azobi og‘irroqqattiqroqdir. Ularni Alloh (azobi) dan saqlovchi bo‘lmas.

35. Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning misoli (budir): uning ostidan daryolar oqur, mevalari va soyalari boqiydir. Bu taqvo-parhez bilan o‘tgan zotlarning oqibat-kelajagidir. Kofirlarning oqibati esa do‘zaxdir.

36. (Ey Muhammad), Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil narsa (Qur’on) sababli shodlanadilar.

I z o h. Rivoyat qilishlaricha, yahudiy va nasroniylardan bo‘lgan Abdulloh ibn Salom, Najoshiy kabi ayrim kishilar xazrati Muhammad alayhis-salomga Qur’on nozil bo‘lganidan xabar topishgach, o‘zlarining kitoblari va Tavrot va Injildagi Alloh taolo o‘zining oxirgi payg‘ambarini yuborish haqida bergan va’dasi amalga oshganidan shodlanishib, payg‘ambar alayhis-salomga iymon keltirgan ekanlar. (Yahudiy va nasroniylardan sizga qarshi bo‘lgan) to‘dalar orasida uning (Qur’onning) bir qismini inkor qiladigan kimsalar ham bordir. (Ularga) ayting: «Albatta, men yolg‘iz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik qilmaslikka ma’murman (amr etilganman). Men fakat O’sha zotga (ibodat qilishga) da’vat qilurman va yolg‘iz Uning O’ziga qayturman».

37. Shuningdek, (ya’ni, ilgari o‘tgan payg‘ambarlarimizga o‘z tillarida vahiy yuborganimiz kabi) Biz uni (Qur’onni) arabiy hukm holida nozil qildik. Qasamki, agar siz o‘zingizga kelgan bu bilimdan so‘ng ularning hoyu havaslariga ergashsangiz, siz uchun Alloh tomonidan biron do‘st ham, saqlovchi ham bo‘lmas.

38. Darhaqiqat, sizdan ilgari ham (ko‘p) payg‘ambarlar yuborganmiz va ularga juftlar va zurriyotlar berganmiz. Biron payg‘ambar uchun biron oyat-mo‘‘jiza keltirish imkoni bo‘lmagan, magar Allohning izni-irodasi bilangina (keltirganlar). Har bir vaqt uchun (munosib) kitob-hukm bordir.

39. Alloh O’zi xohlagan narsani (ya’ni hukmni) o‘chirur va (O’zi xohlagan hukmni) ustivor qilur. Asl Kitob (ya’ni barcha narsalarning bilimi) Uning dargohidadir.

40. Agar Biz sizga (kofirlarga) va’da qilgan ayrim narsalarni (ya’ni azoblarimizni) ko‘rsatsak ham yoki sizni (ularni azoblashdan ilgari) vafot qildirsak ham, albatta, sizning zimmangizda (baribir haq dinni odamlarga to‘la) yetkazish, Bizning zimmamizda esa hisob-kitob qilish bordir.

41. (Makka mushriklari) Biz ularning yerlariga kelib uni atrofidan kamaytirayotganimizni (ya’ni musulmonlar qadam-baqadam fath qilib kelayotganlarini) ko‘rmadilarmi? Alloh hukm qilur — Uning hukmini tekshiruvchi bo‘lmas. U tez hisob-kitob qilguvchidir.

42. Ulardan ilgari o‘tgan kimsalar ham (o‘zlarining payg‘ambarlariga qarshi turli) makr-hiylalar qilganlar. Ammo barcha makr-hiylalar Allohning (ilkidadir. Demak, O’sha zotdan amr bo‘lmasa, biron makr foyda - zarar yetkaza olmaydi). U zot har bir jonning qilayotgan ishini bilur. Yaqinda kofirlar oxirat diyori kimniki ekanini bilib olajaklar.

43. (Ey Muhammad, sizga) kofir bo‘lgan kimsalar: «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: «Men bilan sizlarning oramizda Alloh va Kitob — Qur’on ilmidan xabardor bo‘lgan (ya’ni, Allohning kalomini bandalarning so‘zlaridan ajrata oladigan) har bir kishi yetarli guvohdir.


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 13. "Ra'd"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010