tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Енг фаол админ ёрдамчи ким ?
Барча жавоблар: 112


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 15. "Hijr"
15. "Hijr"
Mohigul77Дата: Душанба, 15.03.2010, 18:50 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
O’N TO’RTINCHI JUZ’
HIJR SURASI
Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, to‘qson to‘qqiz oyatdan tashkil topgandir. Bu suraning mehvari — o‘qi turli asrlardagi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi. Bu surada burjlarga bo‘lingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin, ma’dan-xazinalarni o‘z bag‘riga olib o‘rnashgan tog‘lar, yomg‘irli bulutlarga «homilador» bo‘lgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. So‘ngra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi «qora loy»dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga bo‘yinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan bo‘lgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning payg‘ambarlari — Ibrohim, Lut, Shu’ayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari so‘ylanadi. Bulardan Solih payg‘ambarning qavmlari — Samud qabilasi Hijr (Madina va Shom o‘rtasidagi vodiy)dan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig «Hijr» deb nomlanishining boisi shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyatlar) Kitobning – ravshan Qur’onning oyatlaridir.

2. Hali (qiyomat kuni) kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar.

3. (Ey Muhammad,) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar, orzuhavaslariga mashg‘ul bo‘laversinlar. Bas, yaqinda (bu qilmishlarining oqibati nima bo‘lishini) bilib olurlar.

4. Biz biron shaharni (ya’ni, uning aholisini) halok qilgan emasmiz, magar uning uchun aniq muddat bo‘lgandir (ya’ni, o‘sha muddati – ajali bitgandan so‘nggina halok qilganmiz.

5. Biron avlod o‘z ajalidan ilgari keta olmaydi. Shuningdek (undan), ortda ham qola olmaydi.

6-7. Ular (ya’ni, Makka kofirlari Muhammad alayhis-salomni masxara qilishib): «Ey (o‘ziga) eslatma — Kur’on nozil kilingan (deb da’vo qilayotgan) kishi, darhaqiqat, sen, majnunsan. Agar («Men Allohning payg‘ambariman», degan da’voingda) rostgo‘ylardan bo‘lsang, bizga (so‘zlaringni tasdiqlaydigan) farishtalarni keltirgin-chi», dedilar.

8. Biz esa farishtalarni faqatgina (kofirlar zimmasiga) haq (bo‘lgan azob) bilan tushirurmiz va bu holda ularga (kofirlarga) qarab turilmas (ya’ni, ular darhol haloq qilinurlar).

9. Albatta bu eslatmani (ya’ni Qur’onni) Biz O’zimiz nozil qildik va shubhasiz, O’zimiz uni saqlaguvchimiz.

I z o h . Ushbu oyati karima asrlar osha Qur’onning ilohiy Kitob ekanini qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Uzoq o‘tmishni qo‘yib turaylik, mana shu bizning asrimizning o‘zida bu aziz kitobni yo‘q qilish uchun qanchadan-qancha xurujlar bo‘lmadi. Uni o‘tga yoqdilar, daryolarga oqizdilar, qabrlarga ko‘mdilar. Bugina emas! Yana Qur’onni yod olgan yoki hayotini shu ilohiy kitobga amal qilib o‘tkazmoqni istagan millionlab ulug‘ zotlarni qirib yo‘qotib yubordilar. Keyin-chi? Keyin boshqa millionlar qo‘llarida, tillarida va dillarida biror harfi ham zahalanmagan shu aziz kitob bilan paydo bo‘ldilar! «Shubhasiz O’zimiz uni saqlaguvchimiz», degan ilohiy so‘zlar o‘z tasdig‘ini topdi. Islom ta’limotiga ko‘ra Qur’on ilohiy kitoblarning so‘nggisidir. Binobarin, mana shu oyatda uni to qiyomat yo‘qotmay, buzmay saqlashni Tangri taolo O’z zimmasiga olgandir. Shu bois, boshqa — ilgarigi ummatlarga nozil qilingan ilohiy kitoblarga o‘zgarishlar kiritilib, buzilgani holda (masalan, Injilning yetmishdan ortiq tarjimalari bor, lekin asl nusxasi hech qaerda mavjud emas). Qur’on mana, o‘n to‘rt asrdan buyon payg‘ambar alayhis-salomga qanday nozil qilingan bo‘lsa, (yo‘q qilishga urinishlar, balo-ofatlardan asralib) xuddi o‘shanday saqlanib kelmoqda.

10. (Ey Muhammad), aniqki, Biz sizdan ilgari o‘tgan, avvalgi (turli-tuman) toifalarga ham (payg‘ambarlar) yuborganmiz.

11. Ular ham o‘zlariga kelgan har bir payg‘ambarni masxara qilib kulgan edilar.

12. Shuningdek, uni (ya’ni, payg‘ambarlar ustidan kulish illatini) barcha jinoyatchi — osiylarning dillariga solib qo‘yurmiz.

13. Ular unga (Qur’onga) iymon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning sunnatlari — ibratlari o‘tgandir (ya’ni, avvalgi kofirlik bilan o‘tgan kimsalarning oqibatlari nima bo‘lgani ma’lumdir).

14-15. Agar Biz ularga osmondan bir darvoza ochib qo‘ysag-u, undan (osmonga) ko‘tarila boshlasalar ham, albatta ular: «Shak-shubhasiz, bizlarning ko‘zlarimiz bog‘lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan kishilardirmiz», degan bo‘lur edilar.

I z o h . Bu oyatlarda uqtiriliishcha, ko‘ngil ko‘zi ko‘r kimsalar ularga samoning siru sinoatlarini, undagi maloikalarni ko‘rish nasib etganida ham, baribir, Yaratganga iymon keltirish o‘rniga: «Bizlarning ko‘zimizni bog‘lab qo‘yishdi, o‘zimizni sehrlab qo‘yishdi», deyishdan nariga o‘tmas ekanlar.

16. Ma’lumki, Biz osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo‘ydik.

17. Va uni (osmonni) barcha mal’un-shayton, jinlardan muhofaza qildik.

18. Magar (u jinlardan) birontasi (osmondagi maloikalarning biron so‘zini) o‘g‘rincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (ya’ni, halok etar).

I z o h . Diniy ta’limotga ko‘ra, zamin insonlarning makoni, osmon esa maloikalarning oshyonidir. Bu farishtalar «Allohning askarlari» sanalib, Tangri taolo O’zining yerdagi bandalari xususidagi barcha hukm-farmonlarini ado qilishni ana o‘sha farishtalar zimmasiga yuklagandir. Endi olamda uchinchi bir toifa — jinlar toifasi ham borki, ulardan ayrimlari osmondagi farishtalarning o‘zaro gap-so‘zlarini o‘g‘rincha eshitib olishib, yerdagi folbinlarga yetkazmoqchi bo‘ladilar. Mazkur oyatlarda uqtirilishicha, osmondagi uchar yulduzlar ana o‘shanday shayton-jinlarga otilgan o‘qlardir.

19. Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda tog‘larni o‘rnatib qo‘ydik hamda unda (har yerning o‘ziga) moslangan turli-tuman narsalarni (o‘simlik, mevalarni) undirib-o‘stirdik.

20. Va unda (ya’ni, yerda) sizlar uchun ham sizlar rizqlantira olmaydigan (balki faqat Biz rizq beradigan sizlarning qo‘l ostingizdagi) kishilar uchun ham tirikchilik — rizqu nasibalarni yaratib qo‘ydik.

21. (Sizlarning rizqu ro‘zingiz bo‘lmish) har bir narsaning asli - manbai Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni aniq o‘lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz.

22. Biz shamollarni (bulutlarga) homilador bo‘lgan hollarida yubordik, osmondan suv (yomg‘ir) yog‘dirib, sizlarni u bilan sug‘ordik. Sizlar uni to‘plab olguvchi emassiz (balki Biz daryo va ko‘llar yaratib, u suvni sizlar uchun to‘plab berurmiz).

23. Albatta, Biz o‘zimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va o‘lim berurmiz. Biz vorisdirmiz (ya’ni, barcha o‘tgandan keyin yolg‘iz O’zimiz qolurmiz).

24. Aniqki, Biz sizlardan ilgari o‘tgan (barcha) zotlarni bildik. Aniqki, Biz keyin kelguvchi zotlarni xam bildik.

25. (Ey Muhammad), albatta Parvardigoringizning O’zi (qiyomat kuni) ularni (ya’ni, avvalu oxir o‘tgan insonlarni) to‘plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.

26. Ma’lumki, Biz insonni (Odamning asli) qora botqoqdan bo‘lib (odam) surati berilgach, quritilgan loydan yaratganmiz.

I z o h. Darvoqe, hozirgi ilm-fan inson badanida yer tarkibida bo‘lgan barcha jismlar mavjud ekanini isbotlagan.

27. Jinni (ya’ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari otash-olovdan yaratgan edik.

28-29. (Ey Muhammad), eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men (asli) qora botqoqdan bo‘lib (odam surati berilgach) quritilgan loydan Inson yaratguvchiman. Bas, qachon uni tiklab, ichiga O’z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» deganida;

30. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda kildilar.

31. Magar Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo‘lishdan bosh tortdi.

32. (Shunda Alloh) dedi: «Ey Iblis, nechun sen sajda qilguvchilar bilan birga emassan?»

33. U aytdi: «Men (asli) qora botqoqdan bo‘lib, (odam surati berilgach) quritilgan loydan Sen yaratgan Odamga sajda qilguvchi emasman).

34. (Alloh) dedi: «Bas, undan (ya’ni, jannatdan) chiq! Endi sen, shakshubhasiz, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal’unsan.

35. Va albatta to jazo (qiyomat) kunigacha senga (barchaning) la’nati bo‘lur».

36. (Iblis iltijo qilib) dedi: «Parvardigorim, u holda menga ular qayta tiriladigan kungacha (o‘lmasdan yashash uchun) muhlat bergin».

37-38. (Alloh) dedi: «Bas, sen ma’lum vaqtda (etib keladigan) Kungacha (qiyomatgacha) muhlat berilganlardansan».

39. (Iblis) aytdi: «Parvardigorim, qasamki, endi meni yo‘ldan ozdirganing sababli albatta ularga (Odam bolalariga) yerdagi (barcha gunoh ishlarni) chiroyli ko‘rsatib qo‘yurman va albatta ularning hammalarini yo‘ldan ozdirurman.

40. Magar ularning orasidagi pokiza bandalaringgina (haq yo‘ldan ozmay qolurlar)».

41-42. (Alloh) dedi: «Mening zimmamdagi To‘g‘ri yo‘l budir: aniqki, Mening bandalarim ustida sen uchun hech qanday saltanat — hukmronlik yo‘qdir, magar senga ergashgan gumroh kimsalarnigina (bu To‘g‘ri yo‘ldan ozdira olursan)».

43. U kimsalarning barchalari uchun va’da qilingan joy, shak-shubhasiz, jahannamdir.

44. Uning yetti darvozasi bo‘lib, har bir darvozadan ularning bir to‘dasi kirur.

45. Taqvodor — parhezkor zotlar esa albatta bog‘lar va chashmalar ustidadirlar.

46. (U zotlarga: «Jannatlar)ga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar», (deyilur).

47. Biz (jannatlardagi) so‘rilarda do‘st-birodar bo‘lib, bir-birlariga ro‘baro‘ o‘tirgan zotlarning dillaridagi har qanday gina-kuduratlarni chiqarib tashladik.

48. U joyda ularga biron charchoq yetmas va ular u joydan chiqarilguvchi ham emaslar!

49-50. (Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening O’zimgina mag‘firatli, mehribon ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!

51. Yana ularga Ibrohimning mehmonlari haqida xabar bering!

52. O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib: «Salom», deganlarida, (Ibrohim alik olib, ularga bir semiz buzoqni pishirib keltirdi. Lekin mehmonlar taomga qo‘l cho‘zishmagach), u: «Biz sizlardan qo‘rqmoqdamiz (Kimsizlar o‘zi)?» dedi.

53. Ular dedilar: «Qo‘rqmagin (biz Alloh yuborgan elchi - farishtalarmiz). Biz senga bir bilimdon o‘g‘il (ya’ni, Ishoq) xushxabarini yetkazurmiz».

54. U dedi: «Menga keksalik yetgan paytida (farzand ko‘rishim haqida) xushxabar keltirdingizmi? Endi menga (bu yoshimda) nimaning ham xushxabarini yetkazar edingizlar?»

55. Ular aytdilar: «Biz senga rostdan ham (farzand ko‘rishing) xushxabarini keltirdik. Bas, sen noumid kimsalardan bo‘lmagin!»

56. U dedi: «Parvardigorining fazlu rahmatidan faqat gumroh kimsalargina noumid bo‘lurlar».

57. (So‘ngra, ularga qarab yana) dedi: «Ey elchilar, nima yumush bilan keldingiz?»

58. Ular dedilar: «Bizlar bir jinoyatchi qavmga (ya’ni, Lut qavmiga ularni halok qilish uchun yuborilganmiz.

59. Lekin biz Lutning oilasini to‘la-to‘kis qutqarguvchidirmiz.

60. Faqat uning xotiniga (najot yo‘qdir)». (Chunki) Biz (ya’ni, Alloh) uning (azob-uqubatda) qolguvchilardan bo‘lishini taqdir qilib qo‘yganmiz.

61-62. Endi qachonki Lut oilasiga elchilarimiz kelgach, u (Lut) dedi: «Aniqki, sizlar notanish qavmsiz».

63. Ular dedilar: «Yo‘q, (biz Allohning elchi - farishtalarimiz). Biz senga ular (ya’ni, qavming) shak-shubha qilayotgan narsani (ya’ni, Allohning azobini) keltirdik.

64. Biz senga haq azobni keltirdik. Biz, shak-shubhasiz, rostgo‘ydirmiz.

65. Endi sen kechaning bir qismi (o‘tgach), ahli oilang bilan yo‘lga tush va o‘zing ularning ortida ketgin. Sizlardan biron kishi atrofga alanglamasin va sizlarga buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar».

66. Biz unga (ya’ni, Lutga) tong paytida ana u (kofir qavm)ning dumi qirqilishi – halok bo‘lishi haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.

67. (Lutning uyiga chiroyli yigitlar kelgani haqidagi xabarni eshitib) shahar aholisi shod-xurram bo‘lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik illatiga mubtalo bo‘lgan edilar).

68. (Shunda Lut) dedi: «Axir bu (yigitlar) mening mehmonlarim-ku. Meni sharmanda qilmanglar.

69. Allohdan qo‘rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!»

70. Ular aytdilar: «Biz seni barcha olam (odamlarini himoya qilish)dan qaytarmaganmidik?!»

I z o h . Rivoyat qilishlaricha, Lut alayhis-salom doimo qishloqlariga kelgan musofirlarni ularga zo‘rlik qilmoqchi bo‘lgan kofirlarning axloqsiz xatti-harakatlaridan himoya qilur ekanlar. Shunda u kofirlar Lutga: «Agar yana begonlarni bizdan himoya qilsang, seni qishlog‘imizdan quvib chiqaramiz», deb do‘q urgan ekanlar.

71. U (Lut) dedi: «Agar (shu ishni) qilguvchi bo‘lsangizlar, ana (qishlog‘imizdagi) qizlarim (turishibdi, o‘sha qizlarni nikohlaringizga olaveringlar)».

72-73. (Ey Muhammad), hayotingizga qasamki, ular o‘z mastliklarida tentirab yurgan hollarida, (to‘satdan) tong paytida ularni dahshatli qichqiriq tutdi.

74. Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan bo‘lgan tosh yog‘dirdik.

75. Albatta, bu (hodisa)da farosatli kishilar uchun oyat-ibratlar bordir.

76. Darvoqe, u (shahar) doimiy yo‘l ustidadir (ya’ni, uning nima sababdan Tangrining g‘azabiga duchor bo‘lib vayron qilingani haqida tafakkur kilmaydilarmi?!)

77. Albatta, bunda mo‘minlar uchun oyat-ibrat bordir.

78. Shubhasiz, daraxtzor egalari (ya’ni, Shu’ayb payg‘ambarning qavmi zolim (kofir) bo‘lganlari aniqdir.

79. Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Darvoqe, ularning (ya’ni, Lut qavmining shahri va Shu’ayb qavmining shahri) ikkisi ham ochiq yo‘l ustidadir. (Ya’ni, ularni ko‘rib ibrat olmaysizlarmi?)

80. Aniqki, Hijr (vodiy) egalari (Samud oilasi) ham payg‘ambarlarni (ya’ni, Solih alayhis-salomni) yolg‘onchi qilgandirlar.

81. Biz ularga O’z oyat-mo‘‘jizalarimizni ato etgan edik, ular bu oyatlardan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.

82-83. (Shundan so‘ng) ular tinch-omonlikda (go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek) tog‘laridan uylar yo‘nib yurganlarida, ularni tong chog‘ida dahshatli qichqiriq tutdi.

84. So‘ngra ularga qilgan narsalari (ya’ni, tosh qal’alari) biron foyda bermadi.

85. Biz osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq qonun-qoida bilan yaratdik. Soat — qiyomat ham, shak-shubhasiz, kelguvchidir. Bas (shunday ekan, ey Muhammad, siz johil — kimsalarning yetkazayotgan ozor-aziyatlariga sabr-toqat qiling va ulardan) chiroyli yuz o‘girish bilan yuz o‘giring!

I z o h. Bu oyatni shunday tushunmoq lozimdir. Bu olamdagi biron narsa tasodifiy emas, balki yeru osmondagi har bir zarra yetuk hikmat va aniq o‘lchov bilan yaratilgandir va hamma mavjudot bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Qilinadigan yaxshi-yomon amallar ham aniq qonun-qoida asosida O’z mukofot va jazosini olur. Bu dunyo hayoti avvalidan oxirigacha birgina soatdir. Shu soat bitgach, qiyomat boshlanur va o‘sha soatning har bir daqiqa, soniyasida qilingan ish — amallar hisobkitob qilinur. Bas, shunday bo‘lgach, johillardai yuz o‘girib, bu qisqa umrning har bir soniyasini dunyoda ham, oxiratda ham foyda beradigan amallarni qilishga sarflamoq lozimdir.

86. Albatta, Parvardigoringizning O’zigina yaratguvchi, bilguvchidir.

87. Darhaqiqat, Biz sizga yetti takrorlanuvchini (ya’ni, yetti oyatdan iborat bo‘lgan, har bir rakaat namozda takrorlanadigan «Fotiha» surasini) va Ulug‘ Qur’onni ato etdik.

88. Siz ko‘zlaringizni Biz u (kofirlardan ayrim) toifalarni bahramand qilgan narsalarga (ya’ni, ularning molu davlat, sha’nu shavkatlariga) tikmang! Ularning (iymonsizliklari) ustida g‘amgin ham bo‘lmang! Mo‘minlar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni mudom kamtar-tavozu’li bo‘ling!)

89. Va (iymonsiz kimsalarga ayting: «Albatta men (sizlarga Allohning azobi tushishidan) ochiq-oshkor ogohlantirguvchiman».

90-91. Xuddi Qur’onni bo‘lak-bo‘lak qilib olgan kimsalarga (ya’ni, Qur’onning ayrim oyatlari o‘zlarining istak-xohishlariga to‘g‘ri kelib qolsa, unga iymon keltirib, ayrim oyatlarini esa havoi xohishlariga to‘g‘ri kelmagani uchun inkor etadigan yahudiy va nasroniylarga ilgari Tavrot va Injil kitoblarini) nozil qilganimiz kabi (sizga ham ushbu Qur’onni nozil qildik).

92-93. Parvardigoringiz nomiga qasamki, albatta ularning barchasidan qilib o‘tgan ish amallari haqida so‘raymiz.

94. Bas, siz o‘zingizga buyurilgan ishni (ya’ni, Hak dinga da’vat qilishni) yuzaga chiqaring va mushriklardan yuz o‘giring!

95. Albatta, Biz O’zimiz — sizni masxara qilguvchilarni (halok etish uchun) kifoya qilurmiz.

96. Ular Allohga yana boshqa «iloh»larni (sherik) qilurlar. Bas, yaqinda (qiyomat kunida bu qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.

97. Shak-shubhasiz, Biz ular (sizni masxara qilib) aytayotgan so‘zlardan dilingiz siqilishini bilurmiz.

98. Bas, siz Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni «sherik»lardan) poklang va sajda qilguvchilardan bo‘ling (shunda Alloh dilingizdagi g‘amalamni ketkazur!)

99. (Shuningdek), to sizga aniq-narsa (ya’ni, o‘lim soati) kelgunicha Parvardigoringizga ibodat qiling!


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 15. "Hijr"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010