tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сайтимз хакида фикрингиз
Барча жавоблар: 344


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 26. "Shuaro"
26. "Shuaro"
Mohigul77Дата: Душанба, 15.03.2010, 21:52 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
SHUARO SURASI
Ikki yuz yigirma yetti oyatdan iborat «Shuaro» surasi ham Makka suralaridandir. U Qur’onning Alloh tomonidan nozil qilingan (ochiq oyatlardan) iborat eslatma ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, payg‘ambar alayhis-salomga mushriklarning iymonsizliklaridan qayg‘urmaslik kerakligini uqtiradi va ular yaqinda — Qiyomat kunida Allohning azobiga duchor bo‘lishlari haqida xabar beradi. Bu surada ham avval o‘tgan ayrim payg‘ambarlar haqida hikoya qilinib, ularning barchalari bir narsaga — yakkayu yagona Allohga iymon keltirib, U zotning O’zigagina itoat etishga da’vat qilganlari aytiladi va ularni yolg‘onchi qilgan kimsalarning topgan oqibat-halokatlari tasvirlanadi. Sura nihoyasida so‘z yana Qur’onga qaytib, uning jinlar keltirgan cho‘pchak yo shoirlar bitgan she’r emas, balki Alloh tomonidan Jabroil farishta vositasida ochiq arab tilida nozil qilingan ilohiy Kitob ekanligi ta’kidlanadi. Bu suradan Tangri taoloning shoirlar haqidagi oyatlari ham o‘rin olgani sababli u «Shuaro» surasi deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. To, Sin, Mim.

2. Ushbu (oyatlar) ochiq-ravshan Kitob oyatlaridir.

3. (Ey Muhammad), ehtimol siz (Makka mushriklari) mo‘min bo‘lmaganlari uchun o‘zingizni halok qilguvchidirsiz. (Undoq qilmang, chunki)

4. Agar Biz (ularning mo‘min bo‘lishlarini) xoxlasak, ularga osmondan oyatmo‘‘ jiza nozil qilib, shu bilan bo‘yinlari egilib qolardi. (Lekin Biz buni istamaymiz, zero iymon-ishonch nochor-noilojlikdan emas, balki qalb qanoati bilan ixtiyoriy bo‘lishi lozimdir).

5. Ularga Rahmon tomonidan biron yangi eslatma kelsa, albatta, ular undan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.

6. Bas, aniqki ular (payg‘ambarni) yolg‘onchi qildilar. Endi yaqinda ularga o‘zlari masxara qilgan narsaning axboroti (oqibati) kelur.

7. Axir ular yerni — unda, Biz barcha turli foydali (o‘simlik) navlaridan qanchasini undirib qo‘yganimizni ko‘rmadilarmi?!

8. Albatta bunda oyat — ibrat bordir. (Lekin Makka mushriklarining) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

9. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

10-11. (Ey Muhammad), eslang, Parvardigoringiz Musoga nido qilib: «U zolim qavmga — Fir’avn qavmiga borgin, ular (Mendan) qo‘rqmaydilarmi?!» (degan edi),

12. Muso aytdi: «Parvardigorim, (albatta amringga itoat eturman — u zolim qavm oldiga borurman, faqat) ular meni yolg‘onchi qilishlaridan qo‘rqurman;

13. Va (ular meni yolg‘onchi qilishlaridan) dilim siqilur, tilim burro emasdir, bas (Misrda Fir’avn zulmi ostida yashab turgan birodarim) Horunga ham (payg‘ambarlik) yuborsang, (u menga yordamchi bo‘lsa).

14. Yana ularning nazdida men gunohkorman (ya’ni ular meni bir misrlik – qibtiy yigitni qasddan o‘ldirishlikda ayblaydilar), bas meni, (Sening farmoningni ularga yetkazmasimdan) o‘ldirib qo‘yishlaridan qo‘rqurman».

15. (Alloh) dedi: «Yo‘q (ular seni o‘ldira olmaslar). Bas (birodaring Horun bilan) Bizning oyat-mo‘‘jizalarimizni olib boringlar! Albatta Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) eshitib turguvchidirmiz.

16. Endi Fir’avnga borib aytinglar: «Haqiqatan biz barcha olamlar Parvardigorining elchilaridirmiz.

17. (Qo‘l ostingdagi) Bani Isroil (qavmi)ni bizga qo‘shib (o‘z yurtlari — Falastinga) jo‘natgin».

18. (Ular kelib Fir’avnga shu so‘zlarni aytishgach, u Musoga qarab) dedi: «Biz seni bolalik chog‘ingda o‘z ichimizda (ya’ni saroyimizda) tarbiyalamaganmidik, umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku!

19. Keyin nonko‘rlardan bo‘lib qilgan qilmishingni — qilgan eding-ku (ya’ni bir Qibtiyni o‘ldirib qo‘yib qochib ketgan eding-ku)!»

20. (Muso) aytdi: «O’shanda men u ishni bilmagan holda qilgan edim.

21. So‘ng sizlardan qo‘rqib qochib ketdim. Keyin Parvardigorim, menga hikmat – ilm hadya etdi va meni payg‘ambarlardan qildi.

22. O’sha sen menga minnat qilayotgan ne’mat (aslida) sen Bani Isroilni qul qilib olishingdir».

I z o h. Bu oyatni shunday tushunmoq lozim: «Ey Fir’avn, sen meni bolaligimdan tarbiyalab o‘stirganingni menga minnat qilmoqdasan. Aslida nima sababdan men sening saroyingga kelib qoldim? Sen Bani Isroil qavmini qul qilib, ularning barcha o‘g‘il bolalarini o‘ldirayotganing uchun onam meni aniq o‘limdan qutulib qolarmikan, deb sandiqqa solib, daryoga oqizganida sening xotining meni daryodan tutib olgan edi-ku! Agar sen bani Isroil qavmiga bunday zulmu sitamlar qilmaganingda, meni ham o‘z otaonam tarbiyalagan bo‘lar edi-ku! Ana o‘sha qilmishingni ne’mat deb atashga uyalmaysanmi?!» Bu oyat o‘zga yurtlarni bosib, O’ziga qaram qilib olgan, so‘ngra «Biz senlarni tarbiyalab odam qilganmiz» deb da’vo qiladigan barcha mustamlakachilarga berilgan javobdir.

23. Fir’avn dedi: «Barcha olamlarning Parvardigori (deganing) nimasi yana?»

24. (Muso) aytdi: «U agar ishonadigan bo‘lsanglar, osmonlar va yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Parvardigori — hojasidir».

25. (Fir’avn) atrofidagi (a’yonlar)iga: «Quloq solmaysizlarmi?», deb (masxara qildi).

26. (Muso) aytdi: «U sizlarning ham, o‘tgan ota-bobolaringizning ham Parvardigoridir».

27. (Fir’avn) dedi: «Sizlarga elchi qilib yuborilgan bu payg‘ambaringiz shakshubhasiz jinnidir».

28. (Muso) aytdi: «Agar aql yurgizuvchi bo‘lsangizlar, U mashriq va mag‘ribni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir».

29. (Fir’avn) dedi: «Qasamki, agar sen mendan o‘zgani iloh qilib oladigan bo‘lsang, albatta men seni zindonband kimsalardan qilib qo‘yurman!»

30. (Muso) aytdi: «Agar men senga (o‘zimning haq payg‘ambar ekanligimni dalolat qiladigan) ochiq narsa — mo‘‘jiza keltirsam ham-a?»

31. (Fir’avn) dedi: «Bas, agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, o‘sha (mo‘‘jizangni) keltir-chi?!»

32. Shunda (Muso) asoini tashlagan edi, banogoh u rostakam ajdarga aylandi.

33. Keyin qo‘lini (cho‘ntagidan) chiqargan edi, banogoh u qarab turganlarga (kundan ham) oq bo‘lib ko‘rindi, (holbuki Muso o‘zi qoramag‘iz odam edi).

34. (Fir’avn) atrofidagi odamlarga: «Shubhasiz, bu (Muso) o‘tkir sehrgardir.

35. U o‘z sehri bilan sizlarni o‘z yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.

36-37. Ular aytishdi: «Uni va akasi (Horun)ni qo‘yib turgin-da, hamma shaharlarga (sehrgarlarni yig‘ib keladigan kishilarni jo‘natgin), ular senga jami o‘tkir sehrgarlarni keltirsinlar».

38. Bas sehrgarlar ma’lum kunda belgilangan joyga to‘plandilar.

39-40. Va odamlarga: «Sizlar ham to‘planib bo‘ldinglarmi? Ehtimol bizlar agar sehrgarlar g‘olib bo‘lib chiqsalar, o‘shalarga ergashurmiz», deyildi.

41. Endi qachonki, sehrgarlar kelishgach, Fir’avnga: «Agar biz g‘olib bo‘lsak, albatta bizlar uchun (katta) mukofot bo‘lurmi?» — deyishdi.

42. U: «Ha, u holda albatta sizlar mening yaqinlarimdan bo‘lursizlar», dedi.

43. Muso ularga: «Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar», dedi.

44. Bas ular arqon va asolarni (erga) tashladilar va: «Fir’avnning qudratiga qasamki, albatta bizlargina g‘olib bo‘lguvchidirmiz», dedilar.

45. So‘ng Muso asoini tashlagan edi, banogoh u (aso) ularning «uydirma»larini yuta boshladi.

46-47. Bas u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib: «Barcha olamlarning Parvardigoriga — Muso va Horunning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar.

49. (Fir’avn) aytdi: «Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Endi yaqinda bilursizlar – albatta men oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (o‘ng qo‘l, chap oyoq yoki aksincha) kesurman va sizlarning barchangizni dorga osurman».

50. Ular dedilar: «Zarari yo‘q. Zero bizlar Parvardigorimizga qaytguvchidirmiz.

51. Albatta bizlar (Musoga) birinchi iymon keltirgan kishilar bo‘lganimiz sababli Parvardigorimiz bizlarning xato-gunohlarimizni mag‘firat etishini umid qilurmiz».

52. Biz Musoga: «Bandalarim (ya’ni Bani Isroil kavmi) bilan tunda yo‘lga chiqqin! Albatta sizlarning izingizga tushilur (ya’ni Fir’avn va uning qo‘shini ortingizdan quvib yetur» deb vahiy yubordik.

53. Bas (Muso va uning qavmi yo‘lga tushganlaridan xabar topgach), Fir’avn barcha shaharlarga (askar) yig‘uvchilarni jo‘natdi (va dedi):

54. «Aniqki ular bir hovuch yalangoyoqlardir.

55. Darhaqiqat ular (qo‘l ostimizdan chiqib ketishlari bilan) bizlarni g‘azablantirdilar.

56. Shubhasiz bizlar ehtiyot choralarini ko‘rib turguvchi qavmdirmiz».

57-58-59. Bas mana shunday qilib Biz ularni (ya’ni Fir’avn va unga ergashganlarni) bog‘lar va buloqlardan, xazinalar va ulug‘-go‘zal maskandan ayirdik va ularni(ng barchasiga) Bani Isroilni voris qildik.

60. Bas (Fir’avn) tong paytida ularni quvib yetdi.

61. Endi qachonki ikki jamoat bir-birlarini ko‘rishgach, Musoning hamrohlari: «Bizlar aniq tutildik, (chunki oldimizda hech qanday yo‘l yo‘q, faqat dengiz bor) dedilar.

62. (Muso) aytdi: «Yo‘q, aniqki men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta u meni (najot) yo‘liga boshlar».

63. Bas, Biz Musoga: (Asoing bilan) dengizni urgin», deb vahiy yubordik. Bas (dengiz) bo‘linib, har bir bo‘lak (suv) baland tog‘ kabi bo‘ldi. (So‘ng Muso va uning qavmi dengiz o‘rtasidan ochilgan yo‘lga tushdilar.)

64. Va keyingilarni (ya’ni Fir’avn va uning qo‘shinini ham) o‘sha (yo‘lga) yaqin qildik.

65. Va Muso hamda u bilan birga bo‘lgan kishilarning barchalariga najot berdik.

66. So‘ngra keyingilarni (dengizga) g‘arq qilib yubordik.

67. Albatta bunda (Fir’avn va uning qavmi halokatida) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

68. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

69. (Ey Muhammad), ularga Ibrohim xabarini tilovat qiling!

70. O’shanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» — deganida.

71. Ular: «But-sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Bas ularga sodiqligimizcha qolurmiz», dedilar.

72-73. (Ibrohim) aytdi: «Iltijo qilgan paytlaringizda (butlaringiz) sizlarni(ng iltijolaringizni) eshitdilarmi yoki sizlarga foyda yo ziyon yetkaza oladilarmi?!»

74. Ular dedilar: «Yo‘q, bizlar ota-bobolarimizning mana shunday (butlarga ibodat) qilishlarini ko‘rganmiz (shuning uchun bizlar ham butlarga ibodat qilamiz).

75-76. (Ibrohim) aytdi: «Sizlar o‘zingiz ham, qadim-qadim ota-bobolaringiz ham ibodat qilguvchi bo‘lgan butlaringiz xaqida hech o‘ylab ko‘rdinglarmi?

77. Shak-shubhasiz ular men uchun dushmandir (bas men ularga ibodat qilmayman), magar barcha olamlar Parvardigorigagina (ibodat qilurman).

78. U meni yaratgandir, bas O’zi meni hidoyat qilur.

79. Uning O’zigina meni to‘ydirur va qondirur.

80. Kasal bo‘lgan vaqtimda Uning O’zi menga shifo berur.

81. U meni o‘ldirur, so‘ngra (qiyomat kunida qayta) tiriltirur.

82. U jazo (qiyomat) kunida mening xato-gunoxlarimni mag‘firat etishini umid qilurman.

83. Parvardigorim, menga hikmat-ilm hadya etgin va meni solih (bandalaring) qatoriga qo‘shgin.

84. Yana men uchun keyin kelguvchi kishilar o‘rtasida rost maqtovlar qilgin.

85. Yana meni noz-ne’matlar bog‘ining vorislaridan qilgin.

86. Otamni ham mag‘firat qilgin. U shubhasiz adashganlardan bo‘ldi.

87. Va (barcha jonzot) qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin».

88. U kunda na molu-davlat va na bola-chaqa foyda bermas;

89. Magar Alloh huzuriga toza dil bilan kelgan kishilargagina (foyda berur).

90. (U kunda) jannat taqvodor bo‘lgan zotlarga yaqin qilindi.

91. Do‘zax yo‘ldan ozgan kimsalarga ko‘rsatib qo‘yildi.

92-93. Va ularga: «Sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilib o‘tgan butlaringiz qani?! Ular sizlarga yordam bera olurmi yoki o‘zlari yordam ola bilurmi?!» — deyildi.

94-95. Bas u (butlar) yo‘ldan ozdirgan kimsalar va Iblis lashkarlari (ya’ni kishilarni Haq yo‘lidan ozdirgan dohiylar) barchalari (do‘zaxga) uloqtirildi.

96. Ular (do‘zaxda) talashib-tortishar ekanlar, dedilar:

97-98. «Alloh nomiga qasamki, albatta bizlar sizlarni (ey but va sanamlar!) barcha olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda ochiq zalolatda bo‘lgan ekanmiz.

99. Bizlarni faqat jinoyatchi («dohiy»)lar yo‘ldan ozdirdilar.

100-101. Endi bizlar uchun na oqlovchilar va na biron qadrdon do‘st bordir.

102. Bas qaniydi yana bir marta (yashashning iloji) bo‘lsa-yu, bizlar ham mo‘minlardan bo‘lsak».

103. Albatta bunda (ya’ni Ibrohim va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

104. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

105. Nuh qavmi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi (ya’ni Nuhni ham, boshqa payg‘ambarlarni ham inkor qildilar).

106. O’shanda ularga birodarlari Nuh aytgan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!

107. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.

108. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

109. Men sizlardan bu (da’vatim) uchun ajr-mukofot so‘ramayman. Mening ajrmukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori Allohning zimmasidadir.

110. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!»

111. Ular dedilar: «Senga pastkash (yalangoyoq) kimsalar ergashgan bo‘lsa, (bizlar senga (qanday qilib iymon keltirurmiz?»

112. (Nuh) aytdi: «Men ularning ish-amal qilguvchi ekanliklarini bilmasman.

113. Agar payqay olsangizlar ularning hisob-kitobi yolg‘iz Parvardigorimning zimmasidadir.

114. Va men (sizning so‘zingizga kirib) mo‘min bo‘lgan kishilarni (huzurimdan) quvmayman ham.

115. Men faqat ochiq ogoxlantirguvchidirman».

116. Ular dedilar: «Qasamki, agar (bu da’vatingdan) to‘xtamasang ey Nuh, albatta toshbo‘ron qilinguvchilardan bo‘lursan!»

117. (Shunda Nuh) aytdi: «Parvardigorim, qavmim meni yolg‘onchi qildilar.

118. Endi Sen O’zing men bilan ularning orasini ochib qo‘ygin va menga hamda men bilan birga bo‘lgan mo‘min kishilarga najot bergin».

119. Bas Biz unga va u bilan birga bo‘lgan kishilarga (odamlar, hayvonlar va parrandalar bilan) liq to‘la bo‘lgan kemada najot berdik.

120. So‘ngra, (ularga najot berganimizdan keyin) qolganlarni g‘arq qildik.

121. Albatta bunda (ya’ni Nuh va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

122. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

123. Od (qabilasi) payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi.

124. O’shanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: (Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!

125. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.

126. Bas Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

127. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening ajrmukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

128. Sizlar har bir tepalikka o‘yin-kulgi uchun bir belgi — baland bino quraverasizlarmi?!

I z o h. Naql qilishlaricha, Od qabilasi hoyu-havasga juda berilgan bo‘lib, o‘z shaharlaridan tashqaridagi yo‘l yoqalariga ham o‘yin-kulgi qiladigan baland-qimmatbaho imoratlar qurishar va o‘zlari yashaydigan uy-joylarni ham go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek haddan ortiq mustahkam va naqshu-nigorli qilib qurib, butun umrlarini mana shunday behuda ishlarga sarflashar va bu bilan faxrlanib, maqtanib yurar edilar. Yuqoridagi va quyidagi oyatlarda Hud alayhis-salom ularni bunday behuda ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishdan qaytarib, dunyo va oxirat uchun foydali yumushlar bilan band bo‘lishga da’vat qilganlari haqida xabar beriladi.

129. Va go‘yo mangu yashab qoladigandek qasr-saroylar solasiz-lar?!

130. Qachon (biron kishini jazolash uchun) ushlasangizlar, berahmlarcha ushlaysizlar?!

131. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

132. Va sizlarni o‘zlaringiz biladigan ne’matlar bilan qo‘llagan-siylagan zotdan (Allohdan) qo‘rqingiz!

133-134. U sizlarni chorva hayvonlari va o‘g‘illar bilan, bog‘lar va buloqlar bilan qo‘lladi-ku!

135. Albatta men sizlarning ustingizga ulug‘ kunning — Qiyomatning azobi tushishidan qo‘rqurman».

136. Ular dedilar: «Sening va’z-nasihat qilishing yoki qilguvchilardan bo‘lmasliging bizlar uchun barobardir (ya’ni bizlarga pand-nasihat qilib ovora bo‘lma).

137. Albatta bu (aysh-ishratga berilib umr o‘tkazish) avvalgilardan qolgan odatdir.

138. Bizlar azoblanguvchi emasmiz».

139. Bas ular (Hudni) yolg‘onchi qilishgach, Biz ularni halok etdik. Albatta bunda (ya’ni Hud va uning qavmi bo‘lmish Od qabilasi haqidagi qissada) oyatibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

140. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

141. Samud (qabilasi) payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi.

142. O’shanda ularga birodarlari Solih aytgan edi: (Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!

143. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.

144. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

145. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening ajrmuofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

146-147-148. Sizlar bu yerdagi narsalarda - bog‘laru buloqlarda, ekinlar va novdalari muloyim xurmo daraxtlari ichida qo‘yib qo‘yilurmisiz (ya’ni shunday nozu ne’matlardan foydalanib mangu yashayveramiz deb o‘ylaysizlarmi)?!

149. Yana mohirlik bilan tog‘lardan uylar ham yo‘nmoqdasizlar (yasamoqdasizlar)?!

150. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

151-152. Va yer yuzida buzg‘unchilik qiladigan va (hech narsani) o‘nglay olmaydigan haddan oshuvchi kimsalarning amriga itoat etmanglar!»

153. Ular dedilar: «Hech shak-shubhasiz sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardandirsan.

154. Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Bas, agar (payg‘ambarman degan da’voyingda) rostgo‘ylardan bo‘lsang biron oyatmo‘‘ jiza keltir!»

155. U aytdi: «(Mening mo‘‘jizam) mana shu tuyadir. (Ma’lum bir kun suv) ichish navbati unikidir. Ma’lum bir kun esa sizlarning ichish navbatingizdir.

156. Yana unga biron yomonlik yetkazmanglarki, u holda sizlarni ulug‘ Kunning — Qiyomatning azobi ushlar».

157. Bas ular (tuyani) so‘ydilaru, nadomat qilguvchilarga aylandilar.

158. Ularni azob ushladi. Albatta bunda (ya’ni Solih va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

159. Shak-shubhasiz Parvardigoringning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

160. Lut qavmi payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildi.

161. O’shanda Ularga birodarlari Lut aytgan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?

162. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman. Bas, Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

164. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening mukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

165. Sizlar butun olamlardan (ajrab) hech bir jon-zot qilmagan ishni qilib erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisiz?! Yo‘q, sizlar haddan oshuvchi qavmdirsizlar».

167. Ular dedilar: «Qasamki, agar to‘xtamasang, Lut, albatta surgun qilinguvchilardan bo‘lursan».

168. U «Albatta men sizlarning (bu) ishlaringizni yomon ko‘rguvchilardanman.

169. Parvardigorim, menga va ahlimga (ya’ni menga iymon keltirgan kishilarga) ular (kofirlarning) qilayotgan amallari (oqibati) dan najot bergin)».

170. Bas Biz unga va uning barcha ahli tobe’lariga najot berdik.

171. Magar (azob ostida) qolguvchilardan bo‘lgan bir kampirga (ya’ni Lutning iymonsiz bo‘lgan xotiniga najot bermadik).

172. So‘ngra boshqalarni ham halok qildik.

173. Va ularning ustiga (tosh) yomg‘ir yog‘dirdik. Bas (azob haqida) ogohlantirilgan (lekin o‘zlarining yaramas qilmishlaridan qaytmagan) kimsalaring yomg‘iri naqadar yomon bo‘ldi.

174. Albatta bunda (Lut va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

175. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

176. Daraxtzor egalari (ya’ni Shu’ayb payg‘ambar qavmi) payg‘ambarlarni yolg‘onchi qildilar.

177. O’shanda ularga Shu’ayb aytgan edi: (Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!

178. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.

179. Bas Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!

180. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening ajrmukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.

181. O’lchovni to‘la o‘lchanglar va kamaytirib (tortguvchilardan) bo‘lmanglar!

182. Va to‘g‘ri tarozi bilan tortinglar!

183. Odamlarga narsalarini kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg‘unchilik qilib sanqib yurmanglar!

184. Hamda sizlarni ham (sizlardan) avval yaralgan ummatlarni ham yaratgan zot — Allohdan qo‘rqinglar!»

185. Ular dedilar: «Hech shak-shubhasiz sen sehrlangan — aqldan ozgan kimsalardandirsan.

186. Sen ham xuddi bizlarga o‘xshagan odamdirsan. Albatta bizlar seni yolg‘onchi kimsalardan deb gumon qilurmiz.

187. Bas agar rostgo‘ylardan bo‘lsang, ustimizga osmondan bir bo‘lagini tashlab yubor!»

188. U aytdi: «Parvardigorim O’zi sizlarning qilayotgan amallaringizni juda yaxshi bilguvchidir (ya’ni sizlar qanday azobga mustahiq bo‘lsangiz, Alloh o‘zi bilib jazoingizni berguvchidir)».

189. Bas ular (Shu’aybni) yolg‘onchi qilishgach, ularni «soyabon» kunining azobi ushladi. Darhaqiqat u ulug‘-dahshatli kunning azobi edi.

I z o h. Ulamolar aytishlaricha, Tangri taolo Shu’ayb alayhis-salomning qavmini Shu’aybga iymon keltirishdan bosh tortishgach, avvalo qattiq issiq bilan ushlagan ekan, ular nafaslari qaytib uylaridan tashqariga sahroga chiqqanlarida, Alloh taolo ularning ustiga soyabon qilib bir bulut yuborgan va ular o‘sha «soyabon» ostida to‘planib turganlarida osmondan olov yog‘ilib barchalari tiriklay yonib ketgan ekanlar.

190. Albatta, bunda (ya’ni Shu’ayb va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.

191. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib, (mo‘minlarga) mehribondir.

I z o h. Ushbu surada o‘tgan payg‘ambarlar va ularning qavmlari haqidagi yetti qissa mazkur bo‘ldi. Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhis-salomga Makka mushriklarining iymonsizliklaridan behad ozor chekib turgan paytlarida avvalgi payg‘ambarlarning qissalarini so‘ylash bilan u kishiga taskin-tasalli berib, bunday iymonsiz kimsalar ilgari ham bo‘lganini va bundan keyin ham albatta bo‘lishini bildiradi. «Albatta bunda oyat-ibrat bordir».

192. Albatta (bu Qur’on) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilingandir.

193-194-195. (Ey Muhammad), siz (oxirat azobidan) ogoxlantirguvchilardan bo‘lishingiz uchun qalbingizga uni (ya’ni Qur’onni) Ruhul-Amin – Jabroil ochiqravshan arabiy til bilan nozil qildi.

196. Albatta (Qur’on haqidagi xabarlar) o‘tganlarning kitoblarida ham bordir.

197. Axir (Qur’on haqida) Bani Isroil olimlari ham bilishlari (Makka mushriklari) uchun (Qur’on haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo‘lganiga) oyatdalil emasmi?!

198-199. Agar Biz (Qur’onni) ajamlardan (ya’ni arab bo‘lmagan kishilardan) biriga nozil qilsak, bas u (Qur’onni) ularga o‘qib bersa, unga ham iymon keltirguvchi bo‘lmas edilar.

200. (Payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilishni) jinoyatchi kimsalarning dillariga mana shunday yo‘llab-kiritib qo‘yganmiz.

201. Ular to alamli azobni ko‘rmagunlaricha, (Qur’onga) iymon keltirmaydilar.

202. Bas u (azob) ularga o‘zlari sezmagan hollarida to‘satdan kelur,

203. So‘ng ular: «Bizlarga (bir oz) muxlat berilarmikan, (albatta iymon keltirgan bo‘lur edik)», deb qolurlar.

204. Bas ular Bizning azobimizn shoshtirurlarmi?!

205-206-207. (Ey Muhammad), xabar bering-chi, agar Biz ularni (uzoq) yillar (sihat-salomatlik, mol-davlat bilan) foydalantirsak-da, so‘ngra ularga va’da qilingan narsalar (ya’ni azob) kelsa, (o‘sha payt) ularga (hayoti dunyoda) foydalangan narsalari asqoturmi?!

208-209. Biz biron qishloq-shaharni halok qilmadik, magar uning uchun (azobhalokatdan) ogoxlantirguvchi (payg‘ambarlar) bo‘lgan holida (u qishloq ahli o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilganlaridan keyingina kelajak avlod uchun) eslatma-ibrat bo‘lsin, deb (halok qildik). Ba Biz zolim bo‘lmadik.

210. (Qur’onni osmondan) jinlar olib tushganlari yo‘q.

211. Ular uchun buning imkoni yo‘q va ular bunga qodir shaxslar emaslar.

212. Chunki ular (vahiyni o‘g‘rincha) eshitib olishdan chetlatilganlari aniqdir.

I z o h. Makka mushriklari avval «Qur’onni Muhammadning o‘zi yozib olgan», deb ko‘rdilar, lekin bu ig‘volari foyda bermadi, chunki payg‘ambar alayhis-salomning Qur’ondek benazir Kitobni yozish emas, balki uni o‘qib berishga ham qodir bo‘lmagan savodsiz kishi ekanliklari makkaliklarga ma’lum edi. Shundan keyin, ular «Muhammadning ham boshqa kohin-folbinlarga o‘xshab o‘z jinlari bor. Qur’onni unga o‘shalar o‘rgatadilar», degan yangi yolg‘onni o‘ylab topdilar. Mazkur oyatlarda Alloh taolo bu ish jinlarning qo‘lidan kelmasligini, ular osmon xabarlarini eshitishdan chetlatilganlarini aytib (bu haqda Hijr surasining 17-18-oyatlarida ham zikr qilingan edi) Qur’oni Karim U zotning O’zi nozil qilgan kitob ekanini ta’kidlaydi. Suraning 221-223- oyatlarida yana shu mavzuga qaytilib, jinlar kimlarning oldiga tushishi aniq aytiladi.

213. Bas (Ey Muhammad), siz Alloh bilan birga boshqa biron «iloh»ga iltijo qilmang! Aks holda azoblanguvchi kimsalardan bo‘lib qolursiz.

214. Va yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogoxlantiring!

I z o h. Ushbu ikki oyatda Tangri taolo O’z payg‘ambariga yolg‘iz Allohdan o‘zga biron kimsa yo narsaga sig‘inmaslikni va boshlab bu Haq dinga o‘z qarindosh-urug‘larini chorlashni buyurdi. Shu oyatlar nozil bo‘lishi bilan payg‘ambar alayhis-salom qarindoshlarini yig‘ib, ularni oxirat azobidan faqat o‘z iymon-amallari bilangina xalos bo‘lishlari mumkin ekanligi haqida ogohlantiradilar va jumladan o‘z qizlariga qarab shunday deydilar: «Ey Fotima, qancha so‘rab-yolvormagin, oxirat kunida men senga asqotmayman (ya’ni oxirat azobidan payg‘ambar qizi ekaning uchun emas, balki o‘z amaling bilangina qutula olursan, deydilar. Bu Muhammad alayhis-salomning barcha ummatlariga saboqdir.

215. O’zingizga ergashgan mo‘min bo‘lgan kishilar uchun qanotingizni past tuting (ya’ni ularga xush xulq bilan kamtarona muomalada bo‘ling)!

216. Bas agar ular itoatsizlik qilsalar, u holda ayting: «Albatta men sizlarning amalingizdan pokdirman».

217. G’olib va mehribon (Alloh) ga tavakkul qiling!

218-219. U sizni o‘zingiz (namoz uchun) turayotgan vaqtingizda ham, sajda qilguvchilar (namoz o‘quvchilar) orasida (imom bo‘lgan holingizda namoz ruknlarining biridan ikkinchisiga) ko‘chayotgan (vaqtingizda ham) ko‘rib turar.

220. Shak-shubhasiz U eshitguvchi, bilguvchi zotdir.

221. (Ey Muhammad,) ayting: «men sizlarga jinlar kimlarga tushishi haqida xabar beraymi?

222. Ular barcha gunohga botgan tovlamachilarga tushib,

223. Eshitib olganlarini ularga tashlarlar. Ularning (jinlarning) ko‘plari yolg‘onchilardir»

224. Shoirlarga yo‘ldan ozganlar ergashur.

225-226. Ularning (So‘z vodiylaridan) har vodiyda daydishlarini (ya’ni o‘zlariga yoqib qolgan eng tuban kimsa yo narsalarni ham ko‘kka ko‘tarib, yoqtirmaganlarini tuproqqa qorishlarini) va o‘zlari qilmaydigan narsalarni aytishlarini ko‘rmadingizmi?!

I z o h. Bu oyatlar barcha zamonlardagi Allohdan qo‘rqmaydigan, ustlaridagi hokimiyat — siyosat o‘zgarishi bilan yozayotgan mavzulari, qahramonlari ham o‘zgarib ketaveradigan, o‘zgalarga to‘g‘rilik, ezgulik haqida lof urib, o‘zlari nopok yo‘llardan yuradigan maddoh qalamkashlar va o‘zlarining bor ilhom-iste’dodlarini ma’shuqalarining ta’rif-tavsiflariga sarf qiladigan nazmbozlar haqidadir. Lekin iymonli, ezgu amallar qiladigan va doim Allohni yodda tutadigan shoirlar bundan mustasno ekanligi to‘g‘risida quyidagi oyati karimada aytib o‘tiladi, Yana bu xususda payg‘ambar alayhis-salomdan ham ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Shulardan biri mana bu hadisdir. Sahobalardan bo‘lgan bir shoir kelib payg‘ambar alayhis-salomga, Alloh taolo shoirlar haqida aytgan bu so‘zlardan keyin bizlarning holimiz ne kechadi, deganlarida hazrat shunday javob berganlar: «Mo‘min kishi ham tig‘i bilan, ham tili (ya’ni qalami) bilan Alloh yo‘lida jihod qilur. Yaratgan Egamning nomiga qasamki, sizlar otadigan o‘qning tig‘i o‘tkirroqdir».

227. Magar iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda doim Allohni yodda tutgan va (ilgari) mazlum bo‘lganlaridan keyin (Islom zafar topgach) g‘olib bo‘lgan kishilar (ya’ni shoirlar yo‘ldan ozdirguvchi emaslar). Zolim kimsalar esa yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar.


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 26. "Shuaro"
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010