tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сиз бу йерда мезбон ! Узингизни кандай билябсиз ?
Барча жавоблар: 242


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » Мавзулар » ФаНаТлАр » YULDUZ USMONOVANING FANATLARI UCHUN!
YULDUZ USMONOVANING FANATLARI UCHUN!
asalkaДата: Жума, 05.03.2010, 02:11 | Сообщение # 1
admin yordamchisi
Группа: Дустлар
Сообщений: 334
Репутация: 4
Статус: Offline
BU MAVZUDA YULDUZ USMONOVANING FOTOLARINI YOKI QO'SHIQLARI MATNLARINI QO'SHISHINGIZ MUMKIN!

MARHAMAT! happy


Yaratganga shukur!
 
Yagona-BirdonaДата: Жума, 12.03.2010, 19:40 | Сообщение # 2
Оила
Группа: Фойдаланувчи
Сообщений: 680
Репутация: 10
Статус: Offline
Men XIX asrda Nodirai Davron bilan yelkama-yelka yashab-ijod qilgan Jahonotin Uvaysiy, o’tgan asrimizda zalvorli san’atlari bilan tarix zarvaraqlaridan o’rin olgan buyuk san’at arboblari Usta Olim Komilov, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ma’murjon Uzoqov, Jo’raxon Sultonov, Muhiddin qori Yoqubov, Mukarramaxonim Turg’unboeva, Gavharxonim Rahimova, Saodatxonim Qobulova, Tamaraxonimlar tug’ilib-o’sgan Marg’ilon zaminida tavallud topganimdan, ular ichgan zilol suvlardan ichib, ular tuygan xushbo’y iforlardan to’yib-to’yib tuyib, ularning shakar guftorlarini – shirin shevalarini o’zimniki bilib ulg’ayganimdan ulkan bir faxr va mas’uliyat tuyg’usini his qilib yuraman va ushbu tarjimai holni tartib qilishdan avval u zotlardan o’tganlarining oxiratlarini obod qilishini, hayotlarining umrlariga umr, iymonlariga iymon qo’shishini Ollohdan tilab qolaman.

Xullas, menkim, Yulduzxon O’rayimoxun qizi 1963 yilning 12-dekabrida Marg’ilonlik ipakchilar O’rayimoxun usta va Rahimaxon chevarlarning oilasida oltinchi farzand bo’lib dunyoga keldim. Ota-onamning bolajon insonlar ekanligini ularning mendan keyin yana ikki farzandni dunyoga keltirganlaridan ham bilsangiz bo’ladi.

Raxmatlik dadam O’rayimoxun Usmonov 1926 yilda Marg’ilonda tavallud topib, Marg’ilon ipakchilik korxonasida 52 yil davomida mehnat qilganlar. Dadam oddiy ishchi bo’lishlariga qaramasdan qo’ni-qo’shni, tanish bilishlar meni bolalik va o’smirlik chog’larimda «boy qizi» ham deyishardi. Gap shundaki, dadam, ipakchilik korxonasida ishlashlaridan tashqari qo’li gul duradgor-usta ham bo’lib, ishdan bo’sh vaqtlarida hovlimizdagi ustaxonalarida o’ta shinam va haridorgir so’rilar yasar, bozor kunlari esa puli borga ko’targaniga, puli yo’qqa esa arzongarovga pullab kelardilar. Dadam rahmatlikning odamlardan olgan duolarining ijobati sabab bo’lsa kerak, Yaratganga shukrki, shu paytgacha sakkiz farzanddan birontamizning nasibamiz yerda qolgani yo’q.

Onam Rahimaxon Akbarova 1932 yilda Marg’ilonda tavallud topib, otam bilan bir yostiqqa bosh qo’yganlaridan so’ng, u kishi bilan birgalikda 41 yil davomida ipakchilik korxonasida mehnat qilish bilan birga, to’rt o’g’il va to’rt qizni dunyoga keltirib tarbiya qilganlar.

Mening ismimni Yulduz deb atashlariga ham akam sabab bo’lganlar. Yangi tug’ilgan chaqaloqqa qanday ism qo’yish haqida bosh qotirib o’tirishganda, akam onamga: «Ayajon, men kecha osmonda yorug’ Yulduzni ko’rdim, Yulduz qo’yaylik singilchamning ismini», deb aytgan, shu-shu, men Yulduz bo’lib qolgan ekanman.

Bolaligimdan non yopishni, hamir ovqatlar va osh pishirishni yaxshi ko’rib o’rgangan ekanman. Shunday bo’lsa-da soz va so’z sehri meni ipakchilar madaniyat uyiga va pedagogika bilim yurtining musiqa bo’limiga yetakladi. Ipakchilar madaniyat uyida dutorchi qizlar ansamblini tuzdim, pedagogika bilim yurtida ham musiqa va qo’shiqdan ta’lim oldim.

Bilim yurtini bitirayotgan yilim taqdir meni Gavharxonim Rahimova bilan uchrashtirdi. O’shanda men «Nurxon» xalq teatrida bo’lib o’tgan 8-mart bayramiga bag’ishlangan tadbirda qo’shiq kuylashim kerak edi. Qo’shiq kuylayotganimda, xuddi shu bayram tadbiriga tashrif buyurgan Gavharxonim ham tinglab, tomosha qilib o’tirgan ekanlar, tadbir tugashigayoq meni chaqirtirib, o’zlari Marg’ilonda tuzgan «Marg’ilon handasi» ansambliga taklif qildilar. O’zimning ilk qo’shig’imni men xuddi shu ansambl xonandasi sifatida ijro etganman.

Keyinchalik Gavharxonim meni Toshkentga chaqirtirib, o’z uylariga olib ketib qo’shiq o’rgata boshladilar. Keyin esa, o’sha paytda O’zbek Davlat Konservatoriyasida ishlayotgan mohir qo’shiqchi va professor Saodatxonim Qobulova bilan tanishtirib: «Shu qizni xofiz qilib berasiz» deb aytdilar va u kishiga men bilan jiddiy shug’ullanishni tavsiya qildilar. Saodatxonim ham mening qo’shiqchilik borasidagi yaxshi tomonlarimga urg’u berib, kamchiliklarimni o’zlarining qimmatli maslahatlari bilan tuzatishga kirishdilar. Shunday qilib men, yaxshi ustozlarning tavsiya va tarbiyalari bilan ulkan ilm va san’at dargohi - O’zbek Davlat Konservatoriyasining talabasiga aylandim. Konservatoriyaning kirish imtihonida Zebuniso she’ri bilan «Samarqand ushshog’i»ni ijro etgandim. Konservatoriyaning avval vokal, so’ngra esa maqom bo’limlarida tahsil oldim.

Ushbu u qadar to’liq bo’lmagan tarjimai hol bahona mening san’at yo’lida qilgan sa’y-harakatlarimga e’tiborlarini qaratgan, mening san’atimni o’zim bilan birgalikda qo’shilishib ardoqlagan xalqimga qo’yi ta’zimlar qilaman. Shundayin san’atsever, shundayin tanti insonlarlar bilan to’liq O’ZBEKLAR ZAMINIDA tavallud topib, shu xalqning xizmatiga kamarbasta ekanligim bilan fahrlanaman.

Ehtirom ila,
Usmonova Yulduzxon O’rayimoxun qizi.


 
Форум » Мавзулар » ФаНаТлАр » YULDUZ USMONOVANING FANATLARI UCHUN!
Страница 1 из 11
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010