tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сиз бу йерда мезбон ! Узингизни кандай билябсиз ?
Барча жавоблар: 243


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------

Барча Онлайн : 1
Мехмонлар : 1
Фойдаланувчилар : 0


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------








??????? » 2010 » Март » 19 » "Nigora: «Oybek bilan hozircha turmush qurmaymiz»... (Eksklyuziv intervyu)"


 
 

2005 yildan buyon birgalikda Oybek va Nigora bo'lib ijod qilib kelmoqdasiz. Duet guruh sifatida yaratgan ilk qo'shig'ingiz radiolarda jarang sochkanida sizning qalbingizda bo'lgan hayajonni haliyam his qila olasizmi?
Oybek: O'ta kuchli hayajon bo'lgan. Nafaqat FM to'lqinlarida, balki TV kanallarida hozir klip namoyishi bo'lishi kerak,-deb intizorlik bilan kutardik. Ba'zi paytlarda ma'lum sabablarga ko'ra aytilgan vaqtda efirga uzatilmay ham qolgan.
Nigora: Nimaga vaqtida qo'yishmaydi? Nimaga endi ular bizga bunday munosabatda bo'lishadi,-degan savollar qalbimizda tug'ilaverardi.
–Inson borki, xohlasin xohlamasin kimgadir taqlid qilishi mumkin. Sizlarda ham shunday holatlar bo'lganmi?
N: Men hech kimga taqlid qilmaganman. Har doim o'zimga yoqqan, qulay va asosiysi yarashgan kiyimlarni harid qilib, kiyishni yaxshi ko'raman.
O: Menda ham kimgadir taqlid qilish bo'lmagan. O'zimga qulay va sharoitim ko'targan kiyimlarni harid qilganman.



–Sizningcha uy, bayram kiyimlari farqlimi?
O: Albatta farqli bo'lishi kerak. Lekin shunday bir sharoitlar bo'ladiki, xalq xizmatlari to'satdan chiqib qoladi. Ba'zida uydan uzoqroq bo'lgan joyga xizmatga borishga to'g'ri kelib qoladi. Mana shunday hollarda majbur bo'lib, xizmatda bo'lishingiz kerak.
N: Lekin agar imkoniyat va vaqt yetarli bo'lganida, bu narsani qilmagan yaxshi. Chunki baribir siz san'atkorsiz. Odamlar sizning yurishingiz va kiyinishingizga qarab andoza oladi.
–Sochingizni turmaklamasdan yura olasizlarmi?
N: Men aslida go'zallik saloniga kamdan-kam boraman. O'zim sochimni yuvib, turmaklashni yaxshi ko'raman. Chunki buning uchun sochimning imkoniyatlari yetarli. Ba'zilarning esa sochlari jingalak bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ular go'zallik saloniga ko'proq borishga majburlar. Lekin har doim chiroyli ko'rinishga harakat qilaman.
O: Menda ham har doim sochimni turmaklab yurish uchun vaqtim yo'q. O'zimga yoqadigan yoshlarbop soch turmagim bor. Ko'p hollarda shunday yurishni yaxshi ko'raman. Ahamiyat bersangiz, so'nggi klipda ham shu soch turmagimni qilib chiqqanman.



–Ko'chada yurganingizda sizni qo'shig'ingizga baho berayotganlarini eshitsangiz, o'zingizni qanday tutasiz?
O: Bir kuni taksiga chiqdim. Taksini boshqarayotgan katta yoshdagi kishi edi. Meni tanidimi yo'qmi aniq bilmadim. Shu payt radio orqali qo'shiqlarimizdan biri jarang sochib qoldi. Shu payt amaki, shu ashula ja zo'r chiqibdi a?,-deb qoldilar. Men g'alati bo'lib, ha deb yo'limizda davom etaverganmiz.
N: Kuni kecha jiyanlarimni aylantirish maqsadida ko'chaga olib chiqdim. Shunda yo'ldan o'tib ketayotgan talaba qizlar meni ko'rib tanib, yonimga kelib qo'shiqlaringiz bizga juda yoqadi,-deb maqtashdi. Bundan albatta hursand bo'lib ketdim.
–Hayotingizda uchragan siz bilan bog'liq bo'lgan eng salbiy mish-mish…
N: Menga eng ta'sir qilgan mish-mishlardan biri, meni odamlar 70 yoshli qariyaning xotini ekan,-deganlari bo'lgan. Xattoki bu gap adamlarga ham yetib borgan. Tabiiyki bu mish-mish ularga salbiy ta'sir ko'rsatgan. Tasavvur qiling, yosh qiz 70 yoshli qariyaning xotini bo'lish. Men buni umuman tasavvur ham qila olmayman.
O: O'ylashimcha, menda bunday holat kuzatilmagan.


–Agar sizga mish-mish tarqatib yuksaklarga ko'taramiz deyishsa, rozi bo'larmidingiz?
N: Menimcha, biz mish-mishlar orqasidan hozirgi mavqe'imizga erishmaganmiz. Shu paytgacha yetib kelishimizga asosiy sabab bu samarali ijod qilishimizning natijasidir.
–Nigora, siz Oybek bilan birgalikda turmush qurishingiz mumkinmi?
N: Hozircha yo'q. Men Oybekni yaxshi do'st sifatida hurmat qilaman.
–"Do'st” so'ziga qanday ta'rif bergan bo'lardingiz?
N: Og'irimni qo'ldan kelganicha yengil qiladigan, birovlar tushunmaydigan narsani, o'sha inson tushunib, oz bo'lsada dalda beradigan inson bo'lishi kerak. Bunday insonlarni orasiga hamkasbim Oybekni, onamlarni opamlarni kiritishim mumkin.
–Siz Oybekni ishonchli odam deb ayta olasizmi?
N: Albatta. Oybekni 100 % ishonchli odam deb ayta olaman. Oybekka nima etishimdan qat'iy nazar hech kimga aytmaydi.
–Duet kuylash oddiy qo'shiq kuylashdan ko'ra mushkulroq. Duet aytayotganingizda kelishmovchiliklar bo'lib turadimi?
N: Bunday holatlar ko'p bo'ladi. Ayniqsa bunday holat sahnada bo'ladi. Oybekning hayolparastligi kuchayib ketib, menga umuman qaramaydi. Oybekka qarab ashula aytaveraman, Oybek esa hayolida malikasi bilan qo'shiq kuylaydi. Sahnada bir o'zim qolib ketaman.
O: Ijod bo'lganidan keyin, o'z-o'zidan tortishuvlar bo'lishi tabiiy xol.
–Oybek, ismingizni ma'nosini bilasizmi?
O: O'zbekcha ism (Oybek qancha urunmasin, ismining ma'nosini eslay olmadi.) Sho'x va yaxshi bola!
N: Bilardingiz, bu haqida aytgan edingiz ham. Lekin hozir esingizda yo'q.
–Imijni o'zgartirishga qanday qaraysiz?
N: Men juda yaxshi ko'raman. O'zimni imijimni o'zgartirishni emasku, lekin boshqalarnikini o'zgartirish jonu dilim. Lekin inson bir xillikdan charchaydi,-deb aytishadi. Ammo inson bir xil narsani ko'rib ham quvnashi mumkin.
–Sizningcha odamning qiyofasi birinchi o'rinda turadimi yoki qalbi…
O: Qalbi!
N: Ikkalasi ham birda bo'lsa, a'lo bo'lgan bo'lardi. Lekin insonning birinchi galda qalbi go'zal bo'lishi kerak. Endi odamning agar qalbi hunuk bo'la turib, uning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lishi mumkin emas.
–Plastik operatsiya qilib, qiyofangizni o'zgartiramiz deyishsa, sizning javobingiz qanday bo'lardi?
N: Bo'y beringlar derdim (Kuladi). Xazil. Bilmadim. Allohning o'zi biladi. Bandasiga nimadir kerak bo'lsa, o'shani bandasiga o'zi beradi. To'rt mucham sog' qilib dunyoga keltirganiga shukur qilaman. Undan boshqa hech narsa kerak emas.
–Nimadan qo'rqasiz?
N: Yolg'izlikdan. Shu bilan birga chuvalchanglardan.
O: Yolg'on gapiradigan insonlardan qo'rqaman.
–O'zingiz ham yolg'on gapirib turasizmi?
O: Yo'q. Ochig'i yolg'on gapirishni bilmayman.
–Ichimlik va taomlardan qay birini yaxshi ko'rasizlar?
N: Ichimliklardan ananasli sok, taomlardan esa norinni yaxshi ko'raman.
O: Ovqatlarni odatda tanlamayman. Oddiy vodoprovod suvi ko'proq yoqadi. Har qanday soklardan yoki choydan ko'ra, suv yaxshiroq men uchun.


–Internet sohasiga qanchalik qiziqasiz?
N: Internet orqali o'zim uchun kerakli va zarur bo'lgan ma'lumotlarni olaman. Shuningdek, mail agent dasturi orqali muxlislarim bilan muloqotda bo'lib turishni yoqtiraman. Shu o'rinda o'z e-mail manzilimni aytib o'tishni joiz deb topdim: nigosh_1988@mail.ru. Bemalol muxlislarim xat yozishlari mumkin.
–Hozirgi kunda qaysi ijodkorlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqdasiz?
O: Shoirlardan Shahnoz, bastakorlardan esa Botir Alievlar bilan birgalikda ishlamoqdamiz.
–Bugungi mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.


P.S.: Oybek va Nigora bilan suhbatimiz ularning Andijon viloyatiga jo'nab ketayotgan kunlariga to'g'ri keldi. Lekin shunga qaramasdan bizga o'z vaqtlarini ayamasdan ajratganliklari uchun ularga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Suhbatdan to'liq yoki qisman foydalanish faqatgina mualliflarning yozma ravishdagi ruhsatlari bilan amalga oshiriladi. Agarda suhbatdan biror-bir matbuot nashrlari qisman yoki to'liq foydalanganliklari aniqlansa, javobgarlikka tortiladi.




 
 
O'qiganlar: 2047 | Qo'shdi: Мехмон | Sana: 19.04.2024
 


????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[ ??????????? | ???? ]

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010