Har-bir yigit-qiz bir kun kelib turmush quradi. Hamma ham xotirjam hayot kechirishni orzu qiladi. Baxtli hayotdan bahramand bo'lishni istayotgan kishilarga maslahatim, yuqorida sanab o'tilgan ko'rsatmalarni o'zlari uchun dasturul-amal qilib olsinlar. Vaqti-vaqti bilan murojaat qilib, zimmalaridagi ba'zi burchlarini unutib qo'ygan paytlarida bir-birlariga eslatib turishlari uchun bu ahd-paymonni oq qog'ozga tushirib, har-birlari undan nusxa ko'chirib olsinlar. Kelishuv qog'ozda qolib ketmasin...
Allohga hamdu sanolar, anbiyolar xotami bo'lmish zotga salotu salomlar bo'lsin! O'zining soddaligi, isrof va g'ayridinlarning munkar urf-odatlaridan xoliligi bilan ajralib turadigan islomiy nikoh marosimi tugagach, kelin-kuyov o'zlariga ajratilgan xonaga kirib ketadi. Kuyov qo'lini kelinning boshiga qo'yib, quyidagi ma'sur duoni o'qiydi: «Ey Allohim, men Sendan uning va unga (tug'ma) tabiat qilib bergan narsangning yaxshiligini so'rayman. Uning va unga (tug'ma) tabiat qilib bergan narsangning yomonligidan panoh berishingni so'rayman». Buxoriy rivoyati.
Keyin tahorat qilib, kelin bilan ikki rakat namoz o'qiydi va hayotlari davomida mana shu yosh oilalarini har-xil yomonliklardan asrashini hamda birga ahil-inoq umr kechirishni so'rab Alloh ta'ologa iltijo qiladilar. Yosh oilalarining musaffo havosi kirlanmasligi va shirin turmushlarining bardavom bo'lishi uchun ular quyidagi asoslarga amal qilishga kelishib oladilar.
1. Niyatni xolis qilish
Niyat har bir ishning asosi hisoblanadi. Amallarning bir-biridan afzal bo'lishidagi asosiy omil ham niyatdir. Agar niyat xolis bo'lsa, odatiy amallar ham ibodat darajasiga ko'tariladi. Alloh ta'olo bandalarini –niyatlari xolis bo'lsa - kundalik amallarini ham ulkan ajrlar bilan mukofotlaydi. Shuning uchun kelin-kuyov turmush qurishdan nima maqsad ekanini anglab olishlari lozim. Musulmon va muslimaning turmush qurishdan maqsadi johil kimsalarning maqsadlaridan farq qilib, faqat jinsiy g'arizani qondirishdan oliyroq turishi kerak.
Islomiy oilani vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo'ladi:
a) Payg'ambar alayhis-salom yoshlarni uylanishga buyurib dedilar: «Ey yigitlar jamoasi, qay biringiz uylanishga qodir bo'lsa, uylansin! Chunki (uylanish) ko'zni nomahramga tikishdan, avratni haromdan (zinodan) saqlaydi...». Muslim rivoyati.
b) Avratni, ko'zni hamda iffatni haromdan saqlash niyatida qurilgan oila Alloh va'da qilgan yordami va tavfiqiga noyil bo'lur.
Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Uch toifa kishiga yordam berish Alloh ta'olo zimmasidagi haqdir: (ular) Alloh yo'lidagi mujohid, o'zini ozod qilish uchun hojasi bilan kelishgan qul va (zinodan) pokiza bo'lish maqsadida uylangan yigit». Ahmad, Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari,
v) Alloh ta'olo manhajiga muvofiq oila qurib Alloh ta'olodan ajr umid qilish.
g) Yolg'iz Allohga ibodat qiladigan va Payg'ambar (s.a.v) Qiyomat kuni boshqa payg'ambarlar oldida ko'pligi bilan faxrlanadigan Islom ummati safini ko'paytiradigan solih farzandlar dunyoga keltirish.
d) Ularni islomiy ruhda tarbiyalash. Shoyad, Alloh ta'olo ular orasidan din g'amini eydigan, musulmonlarni nusrat va g'alaba sari etaklaydigan yo'lboshchilarni chiqarsa! Ehtimol ular etuk olimlar, pahlavon mujohidlar safiga qo'shilar!
e) Ayoli va farzandlariga qiladigan g'amxo'rligi evaziga Allohdan ajr umid qilish.
Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Kim Allohdan ajr umidida ahli oilasiga nafaqa qilsa, bu nafaqasi uning uchun sadaqa o'rniga o'tadi». Muttafaqun alayh.
Agar er-xotin mana shu maqsadlarni astoydil ko'ngliga tugsa, hayotlari ibodatga aylanib, har-bir olgan nafaslari uchun ajrga ega bo'ladilar.
2. Alloh ta'olo toat-ibodatida hamkorlik
Rasululloh (s.a.v) dedilar: «Kechasi turib, namoz o'qigan, ayolini ham namoz o'qishga uyg'otgan, agar bosh tortsa, yuziga suv sepgan kishiga Allohning rahmati bo'lsin. Kechasi turib, namoz o'qigan, erini ham namoz o'qish uchun uyg'otgan, agar turmasa, yuziga suv sepgan ayolga (ham) Allohning rahmati bo'lsin!». Abu Dovud rivoyati.
Agar er-xotin o'rtasida bir-birini ibodatga undash sifati bo'lmasa, loaqal bu yo'ldan bir-birlarini to'smasinlar. Qancha ayollar erlarining ibodat, ilm olish, jihod yoki da'vat ishlariga to'g'onoq bo'lib, eri zimmasidagi o'zining ayrim haq-huquqlarini uning ibodati, jihod qilishi yo'lida qurbon qila olmaydilar.
«Ey mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya'ni, Allohga ibodat qilishdan) yuz o'girtirib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'rguvchi kimsalardir». «Munofiqun»-9.
Ayollarimizga har sohada Payg'ambarimiz jufti halollari-Onalarimiz va sahobiy ayollar munosib namuna bo'la oladilar. Ular erlarini ko'chaga kuzata turib bunday der edilar:
«Ey falonchi, biz xususimizda Allohdan qo'rqqin! Biz ochlikka chidashimiz mumkin, lekin haromga sabr qila olmaymiz».
8. Oiladagi gap ko'chaga chiqarilmaydi
Oilada bo'ladigan kamchilik, kelishmovchilik va har xil muammolar er-xotin o'rtasida qolishi, ota-ona va boshqa qarindosh-urug'lar qulog'iga etib bormasligi lozim. Agar o'rtadagi kelishmovchilik kuchayib, nizo birga yashab ketishlariga ko'zlari etmaydigan darajada keskin tus olsa, qarindoshlari orasidan dinda mustahkam va fahm-farosatli bir kishini muammoni xal qilishda hakam qilishlari mumkin.9. O'zaro maslahat
Kelin-kuyov yaqin kunlarda yoki kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishlari va bu ishlarga qanday erishmoqchi ekanliklari haqida bir-birlariga oshkor aytishlari kerak. Shoyad, ularning maqsadlari bir-biriga muvofiq kelib, barcha muammolarini bahamjihat xal qilsalar. Ehtimol kelinning o'ziga xos (hech kimga ayta olmayotgan) biron rejasi bordir. Ayoliga ko'maklashishi hamda uning maqsadlariga to'sqinlik qilmasligi uchun er o'z xotinining sirlaridan ham voqif bo'lishida hech qanday haraj yo'q. Zero, ayol erining ruxsatisiz biron ish qilishi mumkin emas.