1. To'liq Ismi-sharifi: Rayhon G`aniyeva;
2. Tug`ilgan yili: 16.09.1978 yil;
3. Oilasi: Onasi, singlisi va o`zi;
4. Onasi: Tamara Shokirova (aktrisa);
5. Otasi: Otabek G`aniyev (aktyor bo`lgan);
6. Singlisi: Nasiba, dizayner bo`lmoqchi;
7. Mutaxassisligi: psixolog;
8. Dugonasi: Eng yaqin dugonasi Shirin G`ofurova. "Vodiy sadosi” radiosi boshlovchisi;
9. Mashinasi: Kulrang "Neksiya”. Uni erkalab "qo`g`irchog`im” deydi.
10. Ammo: o`zini mohir haydovchi deya olmaydi;
11. Yoqtirgan taomi: o`zbek va xitoy taomlari. Shirin sous jon-u dili.
12. Eng xipchabel sohibasi: beli 55 sm.
13. Jalb etadigan tomonlari: Shahlo ko`zlari, sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi odmi, yangilikka o`ch.
14. Fe`l-atvori: o`zgaruvchan, muomalaga kirishuvchan, quvnoq, hazilkash.
15. Yoqtirgan qo`shiqchilari: Beyons Noulz, Jennefer Lopez, Maykl Jekson.
16. Shaxsiy sayti: http://www.rayhon.uz/;
17. Albomlari: "Sensiz”, "Baxtli bo`laman”, "Faqat muhabbat”, "Yodingdami”, "Sog`indim”;
18. Rayhon faoliyati bo`yicha direktor Azizxon Yo`ldoshxonov.
19. Yoqtirgan qo`shig`i: o`zining "Sen ketding”. Ruhiyatiga yaqin qo`shiq va saundtrek;
20. Ovoz yozish studiyasi "Panterra”;
21. Mashhur qo`shiqlari: "Sevgilim”, "Yodingdami”, "Asirimsan”, "Senga emas”, "Ber panoh”, "Hech ayrilma”, "Seni deb”, "Ketaman”, "Yolg`izim”, "Sen bo`lmasang”, "Yolvorma”;
22. Duetdoshlari: Abdulaziz Karim "Erkatoyim”, Davron Ergashev "Muhabbatim”;
23. Daromad manbai: To`ylar va konsertlar;
24. Kosmetik vositalari: "Cristian Dior”, "Loreal”, "Chanel” mahsulotlari;
25. Ertalab: nonushtasini onasi tayyorlab beradi. Qizi uchun ko`p yegulik xarid qilsa-da, Rayhon ko`p ovqat yemaydi.
26. Yoqtiradi: "Patrik`s” restoranida ovqatlanishni. Chunki u yerning sokin va tinch bo`lgani yoqadi.
27. Milliy san`atkorlardan tinglaydi: Munojot Yo`lchiyeva, Sherali Jo`rayev;
28. Ijodini boshlaganiga: 9 yil to`ldi. Undan oldin musiqachilar guruhida 11 yil o`qigan;
29. Bolaligida husnixati xunuk bo`lgan;
30. Yoqtirgan fasli: qish, bahor, yoz;
31. Sochlari: tabiiy jingalak bo`lganligi uchun silliqlatish maqsadida go`zallik saloniga boradi. Sochlarining uzun va chiroyli ko`rinishga ega bo`lishi uchun muntazam vitaminlar ichadi.
32. Sevadi: Allohni, haqiqatni, yaxshilikni, go`zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi qo`shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa, basseynda cho`milishni, quyoshni, dengiz sohilida o`tirishni, oilasini, do`stlarini, bezakli taqinchoqlarni;
33. Rayhon yomon ko`radi: barcha hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari sarobga aylanishini, qo`pollikni, yolg`onni;
34. Uyquga kech yotadi: undan oldin esa albatta onasiga bugungi kuni qanday o`tganini gapirib beradi;
35. Muxlislariga uch tilak: baxt, sevgi va sog`lik yor bo`lsin!