tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сайтимз хакида фикрингиз
Барча жавоблар: 344


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------






[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 11
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 24. "Nur"
24. "Nur"
Mohigul77Дата: Душанба, 15.03.2010, 18:56 | Сообщение # 1
Оила
Группа: Админ
Сообщений: 2292
Репутация: 15
Статус: Offline
NUR SURASI
Bu sura Madinada nozil bo‘lgan. U oltmish to‘rt oyatdir. Suraning asosiy mavzusi Islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda musulmonlarning bir-birlari bilan o‘rnatishlari lozim bo‘lgan munosabatlaridan tortib, islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur bo‘lgan toza iqlim va pokiza muhit yo‘lyo‘ riqlarigacha batafsil bayon qilinadi. Yana bu surada jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qo‘ygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obro‘sini to‘kish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi. Suraning «Nur» deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yeru-osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi go‘zal oyati karimalar o‘rin olgani bo‘lsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur bo‘lgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ushbu) Biz nozil qilgan va (undagi hukmlarni musulmonlar zimmasiga) farz qilgan bir suradir. Sizlar eslatma-ibrat olishingiz uchun Biz unda ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik.

2. Zinokor ayol va zinokor erkak — ulardan har (zirini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar Allohning (bu) hukmida (ya’ni zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahmshafqat (tuyg‘ulari) tutmasin! Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar!

I z o h. Bu hukm bo‘ydoq yoki tul va beva (ya’ni oilasiz) zinokorlarning jazosidir. Agar oilali erkak va xotinlar zinokorlik qilsalar, ularning jazolari toshbo‘ron qilib o‘ldirilmoqdir.

3. Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor ekak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir.

4. Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) ularni sakson darra uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar! Ular fosiq-itoatsiz kimsalardir.

I z o h . Ma’lumki jamiyat intizomini izdan chiqaradigan narsalardan biri turli mishmishlar tarqatishdir. Shuning uchun, Islom dinida birovlar ortidan mish-mish tarqatish, birovni buzuqlikda ayblab, tosh otish fosiqlik deb atalib, qattiq qoralanadi va bunday kimsalarga mazkur oyatdagi jazo beriladi hamda ularni guvohliklari o‘tmaydigan yolg‘onchilar deb e’lon qilinadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi tabiiy: Bir odam yolg‘iz o‘zi yoki to‘rtta emas, masalan uchta guvoh bilan birga birovning zino qilayotgani ustidan chiqib qolsa va bu voqea — jinoyatdan o‘zgalarni ogoh qilib qo‘ysa, buning nimasi yomon, nega u jazolanishi kerak? Mufassirlar bu savolga shunday javob beradilar: Birinchidan, u o‘zi guvoh bo‘lgan nopok manzarani ko‘tarib kelib bir toza majlisni ham iflos qilmasligi yaxshiroqdir. Ikkinchidan, agar o‘sha zinokor erkak yo ayol jinoyatlarini ochilmay qolgani sababli bandalar beradigan jazodan qutulib qolsalar ham, hech shakshubha yo‘qki, ular har yerda hoziru nozir bo‘lgan Yaratgan beradigan jazodan hech qayoqqa qochib qutula olmaydilar.

5. Magar shu (qilmishlaridan) so‘ng tavba qilib, (o‘zlarini) tuzatgan kishilargina (fosiq emasdirlar). Zero Alloh mag‘firatli, mehribondir.

6. O’zlaridan boshqa guvohlari bo‘lmagan holida o‘z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan kimsalar — ularning har biri o‘zini shak-shubhasiz rostgo‘ylardan deb, Alloh nomiga to‘rt marta guvohlik berishi (vojibdir).

7. (U erning) beshinchi (guvoxligi esa) agar yolg‘onchilardan bo‘lsa, ustiga Allohning la’nati (tushishini so‘ramoqligidir).

I z o h. Bironta guvohsiz o‘z xotinini buzuqqa chiqargan er bu da’vosining rost ekanligiga Alloh nomiga to‘rt marta qasam ichishi go‘yo uning uchun to‘rtta guvohning o‘rniga o‘tadi va beshinchisida, agar xotiniga tuhmat qilgan bo‘lsa, Allohning la’natiga duchor bo‘lishni aytadi. Mana shu qasamlari bilan u sakson darradan qutuladi va navbat badnom qilingan xotinga keladi. Endi u zino jazosiga duchor bo‘lmasligi uchun quyidagi ikki oyatda qilingan qasamni ichishi lozim, aks holda zinokor deb topilib jazolanadi.

8. U (ayoldan) azob-jazoni «U (ya’ni eri) shak-shubhasiz yolg‘onchilardan», deb Alloh nomiga to‘rt marta guvohlik berishi daf’ qilur.

9. (U ayolning) beshinchi (guvohligi esa agar eri) rostgo‘ylardan bo‘lsa, o‘zining ustiga Allohning g‘azabi tushishini so‘ramoqligidir.

10. Agar sizlarga Allohning fazlu-marxamat bo‘lmasa va Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, hikmat sohibi bo‘lmasa edi (albatta yo er, yo xotin sharmanda qilingan bo‘lur edi).

11. Shak-shubhasiz bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (ya’ni bo‘htonchilardan) har bir kishi uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini ko‘targan kimsa uchun ulug‘ azob bordir.

I z o h . Ushbu oyatda mazkur bo‘lgan «bo‘hton»ning tarixi bundaydir: Payg‘ambar alayhis-salom sahobalari bilan birga bir g‘azotdan qaytar ekanlar, Madinaga yaqinlashib qolganlarida qorong‘u kechada askarlarga bir oz orom olish uchun ruxsat beradilar. Shunda payg‘ambar alayhis-salom bilan birga g‘azotga chiqqan jufti halollari Oisha - (Alloh undan rozi bo‘lsin) hojat uchun chiqib, askarlardan ancha uzoqqa ketib qoladi va qaytib kelganida karvon jilib ketganini ko‘radi. Shu payt odatda karvon ortidan qolgan narsalarni yig‘ib yurish uchun tayinlangan bir sahoba kelib qolib, Oishani ko‘rib taniydi va uni tuyaga mindirib, o‘zi yayov holda karvonning ortidan yetkazib boradi. Buni ko‘rgan ayrim munofiq kimsalar Oishani badnom qilishib turli mish-mishlar tarqatadilar. Bu mish-mishlarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom ham, Oisha ham, Abu Bakr Siddiq ham va boshqa musulmonlar ham nihoyatda iztirobda qoladilar. Oradan to‘la bir oy vaqt o‘tgandan so‘nggina payg‘ambar alayhis-salomga yuqorida mazkur bo‘lgan va quyida zikr qilinadigan oyatlar nozil bo‘lib, Oishaning pokligi aniqlanadi va bu mish-mish bo‘hton ekanligi oshkor bo‘ladi hamda bo‘htonchilarning har biri uchun qilgan gunohiga yarasha jazo berilishi, ularning kattasi bo‘lgan munofiq uchun esa oxiratda ulug‘ azob borligi haqida xabar beriladi. Alloh taolo bu mojaroni mo‘minlar uchun yomonlik emas, balki yaxshilik, Oishaning Kalomulloh guvohligida oqlanishi deb ataydi.

12. (Ey mo‘minlar), sizlar (bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda, mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylab: «Bu ochiq bo‘hton-ku!» desalar bo‘lmasmidi?!

13. Ular (ya’ni Oishani bandom qilmoqchi bo‘lganlar o‘z da’volariga) to‘rtta guvoh keltirsalar bo‘lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, u holda Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan narsa — bo‘htonlaringiz sababli ulug‘ azob ushlagan bo‘lur edi.

15. O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish deb uylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir).

16. Uni eshitgan paytingizda: «Bu (mish-mishni) so‘zlash biz uchun joiz emasdir. Ey pok Parvardigor, bu ulug‘ bo‘hton-ku!» desangizlar bo‘lmasmidi?!

17. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, hargiz unga o‘xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga pand-nasihat qilur.

18. Va Alloh sizlarga O’z oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.

19. Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.

20. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati va Allohning mehribon va rahmli ekani bo‘lmasa edi (albatta sizlarga bu qilmishlaringiz uchun azobni naqd qilgan bo‘lur edi).

21. Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzug‘lik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu-marhamati bilan) O’zi xoxlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

22. Sizlardan fazl va keng-katta mol-davlat egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh mag‘firatli, mehribondir.

I z o h. Bu oyat Abu Bakr Siddiq (Alloh undan rozi bo‘lsin) haqidadir. U kishi qizi Oisha haqida mish-mish tarqatganlar orasida bo‘lgani uchun o‘zining qarindoshlaridan biriga yordam bermaslikka qasam ichgan edi. Yuqoridagi oyat nozil bo‘lganidan so‘ng darhol qasamini buzib unga infoq-ehson qilgan ekan hamda qasamni buzganlik kafforatto‘ lovini ham to‘lagan ekan.

23. Albatta (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ldilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir.

24. U kunda qiyomatda qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvoxlik berur.

25. O’sha kunda Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq-haq ekanini bilurlar.

26. Nopok ayollar nopok erlar uchundir (ya’ni loyiqdir), nopok erlar nopok ayollar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erlar uchundir, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Ana o‘sha (pokiza erlar va pokiza ayollar) ularning (ya’ni nopok erlar va nopok ayollarning) aytayotgan bo‘htonlaridan pokdirlar. Ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq (ya’ni jannat ne’matlari) bordir.

27. Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.

28. Endi agar u (uylarda) hech kimni topmasangizlar, u holda to sizlarga izn berilmaguncha, ularga kirmangiz! Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni kirishga izn berilmasa) qaytib ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan amallaringizni bilguvchidir.

29. (Birov uchun) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur.

30. (Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir.

31. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar! Ular zeb-ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o‘g‘illariga yo erlarining o‘g‘illariga yo o‘zlarining og‘a-inilariga yo og‘a-inilarining o‘g‘illariga yo opa-singillarining o‘g‘illariga yo o‘zlari (kabi) ayollarga yo qo‘l ostilaridagi cho‘rilarga yo (ayollardan) behojat bo‘lgan (ya’ni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor bo‘lmagan go‘daklargagina (ko‘rsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlar bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar.

32. O’z oralaringizdagi tul-bevalarni hamda qul va cho‘rilaringizni yaxshilarini uylantiringlar. Agar ular kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni O’z fazlu-karami bilan boy-behojat qilur. Alloh (fazlu-karami) keng, bilguvchidir.

33. Nikoh (uchun lozim bo‘lgan mol-davlatni) topa olmagan kishilar to Alloh ularni O’z fazlu-karami bilan boy-badavlat qilgunicha o‘zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar!! (Ey mo‘minlar) qo‘l ostingizdagi qullardan bitim tuzishni istaydigan kishilar bo‘lsa, u holda agar sizlar ularda yaxshilikni (ya’ni diyonat, iymonni) bilsangizlar, ular bilan bitim tuzinglar va ularga Allohning sizlarga ato etgan molidan ato etinglar!

I z o h . Ma’lumki, Islom dini kelgan vaqtida quldorlik davri edi. Binobarin musulmonlar orasida ham hojalar va qul cho‘rilar bo‘lishi tabiiy hol edi. Lekin Islom musulmonlarni ozod qilishning bir qancha yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatgan. Shulardan biri mukobata — bitim tuzishdir. Unda ozod bo‘lishni istagan qul o‘z hojasi bilan muayyan miqdordagi pulni topib berib, ozod bo‘lish haqida bitim tuzadi. Mana shu bitim tuzilgan soatidan boshlab u qulning bo‘yni qullikda bo‘lsa-da, ozod bo‘ladi, ya’ni kelishilgan miqdordagi pulni topish uchun hojasining uyidan tashqariga chiqib ishlab yuraverishi joiz bo‘ladi. Qolaversa, yuqorida zikr qilinganidek, Alloh taolo hojalarga O’zi ularga ato etgan mol-dunyodan berib, bitim tuzgan qullarining ozod bo‘lishlariga yordam qilishni buyuradi... Poklikni istagan cho‘rilaringizni hayoti dunyo narsalarini istab zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi kim ularni majbur etsa, bas, albatta Alloh majburlaganlaridan so‘ng (u cho‘rilarni) mag‘firat qilguvchi va (ularga) rahmshafqat qilguvchidir.

I z o h . Bu oyatning ikkinchi qismi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul degan munofiq haqida nozil bo‘lgandir. U pul-mol topish uchun o‘zining ikki cho‘risini zinokorlik qilishga majburlaydi. Ular payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga u munofiqning ustidan shikoyat qilib kelganlarida Alloh taolo O’z payg‘ambariga yuqoridagi oyatlarni nozil qiladi.

34. (Ey mo‘minlar), darhaqiqat, Biz sizlarga ochiq-ravshan oyatlarni, sizlardan ilgari o‘tgan zotlar to‘g‘risidagi misollarni va taqvodor kishilar uchun pandnisahatni nozil qildik.

35. Alloh osmonlar va yerning nuridir (ya’ni ularning barchasini yoritib, ko‘zga ko‘rsatib — yo‘qdan bor qilib turguvchidir). U zot nurining (mo‘min banda qalbidagi) misoli xuddi bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir dur yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan (balki zaminning qoq markazidagi) muborak zaytun daraxtining (moyidan) yoqilur. Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudek. (Olov tekkach esa) nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh O’zining (bu nuriga) O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollar keltirur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.

36-37. (U chiroq) bir uylarda (ya’ni masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib (bino) qilinishiga va ularda O’zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni amr qilgan) edi. U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar.

38. Ular Alloh o‘zlarini qilgan amallarining eng go‘zallari sababli mukofotlashi va yana ularga O’z fazlu-karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ertayu kech Allohni poklab ibodat qilurlar). Alloh O’zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur.

39. Kofir bo‘lgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o‘xshaydi. Tashna odam uni suv deb o‘ylar, toki qachon uning (ya’ni, qilgan amalining) oldida topur. Bas U zot uning hisob-kitobini komil qilur. Alloh juda tez hisobQur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi kitob qilguvchidir.

40. Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ham ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o‘z qo‘lini chiqarib (qarasa) ko‘rishga yaqin bo‘lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas uning (uchun) hech qanday nur bo‘lmas.

41. (Ey Muhammad), Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham tasbeh aytib — poklashini ko‘rmadingizmi? Aniqki, (Alloh) barchaning duoyu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan (barcha) ishlarini bilguvchidir.

42. Osmonlar va yerning podshohligi Allohnikidir. Yolg‘iz Allohga qaytish bordir.

43. Alloh bulutlarni haydashni, so‘ngra ularni birlashtirishni, so‘ngra ularni ustma-ust qilishini ko‘rmadingizmi? So‘ng (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rursiz. (Alloh) osmondan — undagi (bulutlar) tog‘idan do‘l yog‘dirib, uning (ziyonini) O’zi xohlagan kishilarga yetkazur va O’zi xohlagan kishilardan nari ketkazur. Uning chaqmog‘ining yorug‘ligi (qaragan) ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur.

44. Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta bunda dil egalari uchun ibrat bordir.

45. Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham bor, ikki oyoqda yuradiganlari ham bor, to‘rt (oyokda) yuradiganlari ham bordir. Alloh O’zi xohlagan narsani yaratur. Albatta Alloh barcha narsaga qodirdir.

46. Darhaqiqat Biz ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik. Alloh O’zi xohlagan kishilarni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur.

47. Ular (ya’ni munofiqlar): «Allohga va payg‘ambarga iymon keltirdik va bo‘yinsundik», deydilaru, shundan keyin ulardan bo‘lgan bir guruh yuz o‘girib ketur. Ular mo‘min emasdirlar.

48. Qachon ular Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlansalar, banogoh ulardan bir guruhi (payg‘ambar huzuriga kelishdan) yuz o‘girguvchidir.

49. Agar haqiqat ular (taraf)da bo‘lsa, (payg‘ambar oldilariga) bo‘yin egib kelurlar.

50. Ularning dillarida maraz bormi yoki Muhammadning haq payg‘ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning payg‘ambari o‘zlariga zulm qilishidan qo‘rqarlarmi?! Yo‘q! Ularning o‘zlari zolimlardir.

51. Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo‘minlarning so‘zi «eshitdik bo‘yinsundik», (demoqdir). Ana o‘shalargina najot topguvchilardir.

52. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga bo‘yinsunsa va Allohdan qo‘rqib, taqvo qilsa, bas ana o‘shalargina (baxt-saodatga) erishguvchilardir.

53. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta (jihodga) chiqishlari haqida jonjahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: «Qasam ichmanglar! (Jihod) ma’lum ibodatdir (ya’ni bu haqda qasam ichishga hojat yo‘qdir). Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».

54. Ayting: «Allohga bo‘yinsuningiz va payg‘ambarga bo‘yinsuningiz! Endi agar yuz o‘girsangizlar bas, (payg‘ambar) zimmasida o‘ziga yuklangan narsa (ya’ni odamlarga Allohning dinini yetkazish) bordir, sizlarning zimmangizda esa o‘zlaringizga yuklangan narsa (payg‘ambarga bo‘yinsunish) bordir. Agar unga bo‘yinsunsangiz, hidoyat topursizlar. Payg‘ambar zimmasida (sizlarni zo‘rlab dinga kirgizish emas, balki) faqat (sizlarga Haq dinni) yetkazish bordir.

55. Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini Makkada ko‘rgan) xavfu-xatarlaridan so‘ng (Madinada) tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir.

56. (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado etinglar, zakotni ato etinglar va payg‘ambarga bo‘yinsuninglar. Shoyad rahmatga erishsangizlar.

57. (Ey Muhammad), siz hargiz kofir bo‘lgan kimsalarni yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi deb o‘ylamang! Ularning borar joylari do‘zaxdir. Naqadar yomon oqibatdir u!

58. Ey mo‘minlar, qo‘l ostingizdagi (qul va cho‘rilaringiz) hamda o‘zlaringizning balog‘atga yetmagan (bolalaringiz) uch vaqtda (huzuringizga kirish uchun) sizlardan izn so‘rasinlar — bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida (issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu uch vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqtlardir). Ular o‘sha (vaqtlardan) so‘ng (izn so‘ramay kirishlarida) sizlarga ham, ularga ham gunoh yo‘qdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib turguvchidirsizlar. Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

59. Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas ular ham xuddi ulardan ilgari (balog‘atga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh O’z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

60. Xotinlardan (o‘tirib) keksayib qolgan, erga tegishni o‘ylamaydiganlari biron zeb-ziynat bilan yasanmagan hollarida kiyimlarini (ya’ni ro‘mol, yopinchiqlarini) olib qo‘yishlarida ularga gunoh yo‘qdir. O’zlarini pok (ya’ni, ro‘mol, yopinchiqda) tutishlari o‘zlari uchun yaxshiroqdir. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

61. (Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir, cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmas). (Ey mo‘minlar), sizlar o‘z uylaringizdan yo otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo og‘a-inilaringizning uylaridan yo opasingillaringizning yo amakilaringizning uylaridan yo ammalaringizning uylaridan yo tog‘alaringizning uylaridan yo xolalaringizning uylaridan yo sizlar kalitlariga ega bo‘lgan uylardan yo do‘stingizning uyidan (izn so‘ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo‘qdir). To‘plangan yo bo‘lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Bas qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh O’z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur.

62. Albatta mo‘minlar faqat Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirgan zotlardir. Ular (payg‘ambar) bilan biron muhim ish ustida bo‘lgan vaqtlarida, to undan izn so‘ramagunlaricha ketmaslar. Faqat sizdan izn so‘raydigan zotlar – ana o‘shalargina – Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltiradigan zotlardir. Endi qachon ular sizdan ba’zi bir ishlari uchun izn so‘rasalar, bas, ulardan o‘zingiz xohlagan kishilarga izn bering va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rang. Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.

63. (Ey mo‘minlar), payg‘ambarni chaqirishni o‘rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar (ya’ni u zotni hurmat-ehtirom bilan «Ey Allohning payg‘ambari», deb chaqiringlar). Sizlardan berkingan hollarda (payg‘ambar huzuridan) sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitnakulfat yetib qolishdan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!

64. Ogoh bo‘lingizkim, osmonlar va yerdagi bor narsalar shak-shubhasiz Allohnikidir. U zot sizlar ustida turgan narsani (ya’ni mo‘min yo munofiqligingizni) ham, (barcha bandalar) O’ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur, bas ularga (o‘sha kunda) qilib o‘tgan amallarining xabarini berur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.


Gul bo'lsayu hid bo'lmasa chaman hayf,
Rabbisiga ishq bo'lmasa tana hayf.
Peshonasi Sajda ko'rmay o'lib ketsa,
U bandaga janozayu kafan hayf!
 
Форум » Дилимизда Ислом » Куръон тафсири узбек тилида » 24. "Nur"
Страница 1 из 11
Поиск:

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010