??????? » 2009 » Декабрь » 26 » “BIRINCHI LIGA KUBOGI” SOHIBI “MARVELL” JAMOASI
|
|
|
|
19 dekabr kuni "Zakovat” Intellektual klubida "Birinchi liga kubogi” bahslari bo’lib o’tdi. Ushbu bahslarda jami 32 ta jamoa ishtirok etdi. Garchand Oliy Ligaga yo’llanmani qo’lga kiritgan 4 ta jamoa ham ushbu o’yinlarda ishtirok etgan bo’lsada, ammo kubokdan tashqari o’ynashdi, ya’ni ularning to’plagan ochkolari inobatga olinmadi.
Birinchi marta tashkillashtirilgan ushbu kubok bahslari keskin kurashlarga boy bo’ldi. Har bir ochko uchun katta kurash va "jang” ketdi desak adashmagan bo’lamiz. Buni yakuniy hisobda birinchilikni egallagan jamoa eng yaqin ta’qibchisini bor yo’gi bir ochkoga ortda qoldirganidan ham ko’rishimiz mumkin. Turnir so’ngida Toshkent xalqaro Vestministr institutining "Marvell” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rini "Alfa” jamoasi egallagan bo’lsa, kuchli uchlikni "Arxitektor” jamoasi yakunlab berdi. G’oliblarga maxsus diplomlar berildi. "Marvell” jamoasi esa "Zakovat” Intellektual klubining ilk "Birinchi liga kubogi” sohibiga aylandi.
|
|
|
|
|
|
|
????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[
??????????? |
???? ]