tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Енг фаол админ ёрдамчи ким ?
Барча жавоблар: 112


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------

Барча Онлайн : 1
Мехмонлар : 1
Фойдаланувчилар : 0


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------








??????? » 2009 » Декабрь » 26 » Ishonch yorliqlari topshirildi


 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga 23 dekabr kuni Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Jazoir Xalq-Demokratik Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Volfgang Noyen, Muhammad Vohid al-Hasan, Ramdan Mekdud, Vladimir Tyurdenev ishonch yorliqlarini topshirdi.

Davlatimiz rahbari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, elchilarni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyalarida muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik samarali rivojlanmoqda. Tashqi siyosat mahkamalarining o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish borasidagi siyosiy muloqotlari faollashmoqda. Parlamentlar o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy sohada eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda. O‘zbekistonda germaniyalik ishbilarmonlar ishtirokida tuzilgan yuzdan ziyod qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Germaniyaning 60 yetakchi firma va kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan.

– O‘z missiyam davrida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqchiman, – dedi Volfgang Noyen. – Qo‘shma korxonalar ko‘payib borayotgani bu sohadagi aloqalar istiqbolli ekanidan dalolat beradi.

O‘zbekiston va Pokiston xalqlari tarixiy, ma’naviy-madaniy rishtalar bilan bog‘langan. Mamlakatlarimizning bugungi hamkorligi zamon ruhiga mos ravishda rivojlanmoqda.

Pokiston O‘zbekistonga Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish borasidagi muhim sherik sifatida qaraydi, mamlakatimiz bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.

– Mamlakatlarimiz ham jug‘rofiy, ham ma’naviy jihatdan bir-biriga yaqin, – dedi Pokiston elchisi. – O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng ishonchli sherik, deb hisoblaymiz. Oliy darajadagi tashriflar asnosida imzolangan hujjatlar o‘z samarasini bermoqda.

O‘zbekiston bilan Jazoir o‘rtasidagi munosabatlar hamfikrlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslanadi. Mamlakatlarimiz BMT, Islom konferensiyasi tashkiloti doirasida ko‘p tomonlama hamkorlik qilmoqda.

Mamlakatlarimiz parlamentlari, muayyan vazirlik va idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Jazoir ahli O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini yuksak qadrlaydi, Buxoriy, Termiziy kabi buyuk muhaddislar vatani sifatida katta hurmat bilan qaraydi.

Ushbu mamlakat elchisi O‘zbekiston-Jazoir iqtisodiy hamkorligi katta salohiyatga ega ekanini, xususan, tog‘-kon, metallurgiya va yengil sanoatda, neft va gazni qayta ishlashda samarali hamkorlik qilish mumkinligini ta’kidladi. O‘z missiyasi davomida ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratishini qayd etdi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil va muttasil rivojlanib bormoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlik o‘rnatilgan.

– O‘zbekiston bilan munosabatlar Rossiya uchun alohida ahamiyat kasb etadi, – dedi Vladimir Tyurdenev. – O‘zbekistondagi jarayonlarni doim diqqat bilan kuzatib kelganman. Xususan, global inqiroz sharoitida ham O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish kuzatilayotgani tahsinga sazovordir.



 
 
O'qiganlar: 1671 | Qo'shdi: Мехмон | Sana: 26.04.2024
 


????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[ ??????????? | ???? ]

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010