tpl.if.ua
Sahifalar

Форум
MP3
Ислом
Фотоалбом
Шоу бизнес
Севги
Дунё хабарлари
Кизикарли хабарлар
Спорт янгиликлари
Кино олами
Жахон юлдузлари
Машхурлар хаёти
Пазандачилик
Авто олам
Табриклар
Фанатлар
Танишамиз
СмС Шерлар
Компютерингиз учун
Телефонингиз учун
Online тв ва fm pадио
Технологиялар
Web мастер
Сайт жуфтликлари
Смс юбориш
Сайт Конун - Коидалари
Шоир ва Шоираларимиз


Mini chat

 


Ob havo
??????.??????
??????.??????

Ovoz Bering!

Сиз бу йерда мезбон ! Узингизни кандай билябсиз ?
Барча жавоблар: 243


So'ngi Foydalanuvchilar

Aldipova

16.01.2017


Asmucova

15.01.2017


Abjetova

14.01.2017


RichardHIX

01.11.2016


Joshuaer

18.03.2016


Hisoblagich


-----------------------

Барча Онлайн : 1
Мехмонлар : 1
Фойдаланувчилар : 0


-----------------------

[ Bugun saytga kirgan foydalanuvchilar ]
-----------------------








??????? » 2009 » Декабрь » 25 » Nyu-Yorkda o'zbek madaniy kechasi


 
 

                                                                                       Yaqinda Nyu-Yorkda Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag'ishlangan madaniy kecha bo'lib o'tdi.
Uni AQShda ikki yildan beri norasmiy tarzda faoliyat yuritayotgan va endigina nodavlat tashkilot sifatida ro'yxatdan o'tgan "O'zbek Tashabbusi" guruhi uyushtirdi.
Tashkilot Amerikada o'zbek madaniyatini targ'ib qilish, muhojirlarga o'zbek tilini saqlashga yordam berish, xayriya va ta'lim dasturlarini amalga oshirishni o'ziga maqsad qilib olgan.
Har yili Amerikaga minglab o'zbekistonlik muhojir keladi. O'tgan yilgi "Green card" lotereyasi natijalariga ko'ra, 4 mingdan ziyod o'zbekistonlik AQShda qonuniy ravishda yashash va ishlash huquqini qo'lga kiritdi. Oilalari bilan kelganda Amerikada o'zbeklar soni qo'shimcha 10 mingga ko'payadi. Ularning soni oshgan sari til va madaniyatini saqlab qolishga ehtiyoj ham kuchayadi.
Kecha tashkilotchilariga ko'ra, Toshkent shahrining 2200 yilligi mavzusi Amerikadagi o'zbeklarni birlashtirishga bir bahona bo'ldi. Tadbirda qatnashgan O'zbekiston elchisi Abdulaziz Komilovning aytishicha, Amerikada o'zbek tashkilotiga asos solingani ijobiy hol. Bu AQsh-O'zbekiston o'rtasidagi do'stona aloqalarning kuchayishiga olib keladi, deydi Komilov.

Shu paytgacha Amerikada o'zbeklarni jamlovchi atigi bir tashkilot bo'lgan - Amerika-Turkiston uyushmasi. Uning a'zolari 1917 yil rus inqilobi ketidan Turkistonni tark etgan o'zbeklar avlodlari. Nyu-Jersi shtatidagi jamoada mingga yaqin kishi yashaydi.
Uyushma raisi Abdulla Xo'janing madaniy kechada aytishicha, o'zbeklar qayerda bo'lishidan qat'iy nazar o'z tarixi, tili va madaniyatini hamisha barchaga tanitib borishi lozim.
Ba'zi o'zbek muhojirlarga ko'ra, Amerikada tug'ilib, katta bo'lgan yoshlar bu mamlakatdagi turmush tarzi ta'siri ostida o'zbek tilini esdan chiqarib bormoqda. AQShga yaqinda kelgan o'zbekistonliklar ham farzandlari shu jarayonni boshidan o'tkazayotganidan noliydi.
"O'zbek Tashabbusi" asoschilaridan biri Farhod Murodovning aytishicha, tashkilot bu muammoga yechim topish harakatida.
"Nyu-Yorkda til markazi ochyapmiz. Unda malakali mutaxassislar o'zbek tilidan dars beradi. Nafaqat muhojirlar farzandlariga, balki o'zbek tiliga qiziqayotgan amerikaliklarga ham. Markazda o'zbek raqslaridan ham sabor beriladi," deydi u.

"O'zbek Tashabbusi" jamoat tashkiloti bo'lib, unga ko'plab iqtidorli yoshlar va O'zbekistonga mehr qo'ygan amerikaliklar a'zo.



 
 
O'qiganlar: 1528 | Qo'shdi: Мехмон | Sana: 20.04.2024
 


????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[ ??????????? | ???? ]

Saytga kirish
Salom: Мехмон




Sherlar

Faol izohchilar

Mohigul77

Izohlar: 2292


uzbstar

Izohlar: 1110


AnDiJoNLiK_BeZoRi

Izohlar: 700


Yagona-Birdona

Izohlar: 680


_Yagona_

Izohlar: 545


Sms yuborish






Reklama
Sizning shahsiy:
Portalingiz,
OFFICE
MAGAZIN
MAHSULOT
BIZNES
ISH REJASI
Unda ushbu joy siz uchun !!!
Sifatli va arzon narhlarda REKLAMA o'rnating!
Malumot uchun:
E-Mail: Infomehmon@mail.ru
TeL.: +998 93 256-37-00


Portal ma'muriyati
PortaL Administratori:
Egamberdi Botirov
?????@mail.ru - Infomehmon@maiL.ru
TeL.: +998 93 256-37-00






Barcha huquqlar himoyalangan © 2010