??????? » 2010 » Март » 20 » "Mening hotiram va sevgim yomg'ir"
|
|
|
|
Bugun ertalabdan yomg'ir sharos quyib berdi. Shu yomg'irni biram yoqtirmayman-ne.... Yurakni ezib yuboradi Shatir-shutir.... taqur-tuqur.... uff! Derazaga kelib urilayotgan tomchillar huddi ko'z yoshlarga o'xshaydi. Bir maromdagi tiqirlaga tovush badimga urib ketdi. Tinaqolsachi... Shu choq bu tovushlar orasiga mutloqo begona bir tovush kelib qo'shildi, shoshib derazaga qaradim, oynaga pastdan otilayorgan mayda-mayda toshlar kelib "chirs-chirs" urilar edi. Yuragim orzuqib ketdi! U! Faqat u, o'zimizgagina tanish bo'lgan "signal" -Derazamga mayda toshlarni otib chaqirar edi, qushdek uchib borib oynalarni lang ochib yubordim. Yuzlarimga urilgan muzdek tomchilardan etim junjikib ketdi. Buncha sovuq? Mo'ltirab turushinichi, axmoq! Uch kun oldin alla qaysi qarindoshinikiga ketgan edi. Kelibdi-da! Menga qarab jilmayib qo'l silkib qo'ydi. -Nigor men keldim! -ko'rib turibman, nima deysan? -qovoq -tumshuq qilib arazlaganimni unga namoish qildim. Menga bir kunda kelaman degandi-da. -Pastga tush! -tushmayman, -tusha qolgin! U ko'zlarimga shunday iltijo bilan termuldiki.... o'zim xam sog'inchdan o'lay deganmanu, baribir nozimni qo'ymayman... Yomg'irda suvga tushgan mushukdak ivib ketibdi bechoraginam... -bo'pti, xozir! ataylab paysalga solib, shoshilmay chiqib bordim. Yugurib yonimga keldi. -Sog'inib ketdimku Nigor... Qo'larimdan tutgani zamon boyagina ichimda qaytarib-qaytarib chiqayotgan, unga atalgan zaxargina gaplarim alla qayoqa gum bo'ldi.... -men ham... tillimdan be ixtiyor shu so'zlar uchdi. Tavba... Xozirgina kechikani uchun xumordan chiqguncha uzib olmoqchi edim... Sharos quyayotgan yomg'i ostida uzoq, uzoq turib qolamiz... Avvaliga muzdak tuyilgan yomg'ir tomchillari endi illib qolganday bo'ldi. Kim bilsin balki yuragim qizib ketayotgani uchun shunday tuyulayotgandir... -Nigora! Shirin-shirin xayollar "Pir - r" pir etib uchib ketdi. Shoshib tepaga derazamizga qaradim. Oyim! -Xayr, men chiqa qolay... Jinnivoy qo'larimni qo'yib yubormay ko'zlarimga qattiq tikkildi: -Nigor, ertaga chiq, xuv anavu o'zimizni joyda kutaman... Tezroq qutulish uchun "Xo'p" dedimu yugurib ichkariga kirib ketdim. Oyim axvolimni ko'rib xunobi oshdi: -voybo' ivvib ketibsanku! tez kiyimingni almashtir! axmoq qiz, shu paytda ko'chada nima bor a? Muzlab qolgandirsan?! qayoqda!? Qaytaga borgan sarim ichim qizib ketayotganday... Xonamga kirib derazalarni lang ochib, yog'ayotgan yomg'ir tomchilariga qarab jilmaydim. Bir maromda tomlarga oynalarga urrilib chiqarayotgan tovushni shunaqayam yoqimlikki... Yomg'ir! Qanday yaxshiya, yurakka shirin-shirn xislar soladi. Yog'aversa yog'aversa xech tinmasa...
|
|
|
|
|
|
|
????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[
??????????? |
???? ]