??????? » 2010 » Март » 17 » "Mozordagi sevgim!"
|
|
|
|
Xar kuni seni, sen bilan o`tgan kunlarimni eslab yuragim eziladi. Ko`cha yurganimda sevishganlarni ko`rsam xavas bilan qarayman, sen bilan o`tkazgan go`zal kunlarni eslayman. O`sha kunlar xayotimning eng go`zal va maroqli kunlari edi chunki sen yonimda eding. Endi o`tgan kunlar xech qachon qaytmaydi, agar qaytarishni iloji bo`lganda seni bir bora ko`rib ovozingni eshitishni uchun butun xayotimdan xam voz kechishga roziman. Doim yig`lasam onam seni gaplaringni eslatadilar: sen yig`lasang meni yuragim og`riydi der edinku. Onamni gapiga qaraganda sen doimo meni ko`rib kuzatib turar ekansan. Men yig`laganimda esa sen mendan xafa bo`lar ekansan. Doim endi yig`lamayman deymanu lekin ko`z yoshlarimni to`xtata olmayman. Seni juda qattiq sog`indim jonim.... Qani endi yoninga borolsam, xar doimgiday tizzangga o`tirib olib kun davomida qilgan sho`xliklarimni gapirib berar edim. Afsus bularning xammasi shiringina xayolim, xayoldagi narsalar esa xech qachon amalga oshmaydi. Meni yuragimda faqatgina sen bilan o`tkazgan baxtli laxzalar , seni sevging va sen uchun atalgan muxabbatim qolgan. Yonimda yoqsan lekin tushlarimga kirib tur jonim. SENI DOIMGIDAY JUDA QATTIQ SEVAMAN. Ilohim yotgan joying jannatda bo`lsin, qiyomat kunida diydorlashguncha.
|
|
|
|
|
|
|
????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[
??????????? |
???? ]