??????? » 2010 » Март » 18 » "Yangi filmlar tahlili"
|
|
|
|
Respublika Kinochilar uyida "O`zbekkino” milliy agentligi tomonidan 2009 yilda davlat buyurtmasi asosida suratga olingan filmlar tahliliga bag`ishlangan ijodiy konferensiya bo`lib o`tdi. Unda rejissorlar, aktyorlar, san`atshunoslar hamda tomoshabinlar ishtirok etdi.
"O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori vazifasini bajaruvchi A.Is`hoqov, san`atshunoslar SH.Rizayev, S.Hayitmatova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy kino sohasini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladilar. Bunda davlatimiz rahbarining 2004 yil 16 martda qabul qilingan «Kinematografiya sohasida boshqarishni takomillashtirish to`g`risida»gi farmoni muhim omil bo`layotir.
Milliy kinomizda umuminsoniy qadriyatlar, milliy an`analar, ijtimoiy hayot manzaralari aks ettirilgan filmlar sifati va salmog`i ortayotir. Xususan, 2009 yilda o`nta badiiy, oltmishga yaqin xujjatli film va o`nga yaqin multfilm suratga olindi. Bir qator badiiy va multiplikatsion filmlar nafaqat yurtimizda, balki xalqaro kino festivallarda ham sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritdi.
Anjumanda yoshlarni zararli oqim va g`oyalar ta`siridan asrashda kino san`atining o`rni va ahamiyatini yanada oshirish, yaratilayotgan kino asarlarda milliy qadriyat va an`analarni, insoniylik, mehr-oqibat singari fazilatlarni keng targ`ib etish, kinematografiyaning xalqimiz, ayniqsa navqiron avlod ma`naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini kengaytirishga doir ma`ruzalar tinglandi.
O`zA, Go`zal Sattorova
|
|
|
|
|
|
|
????????? ??????????? ????? ?????? ?????????????????? ????????????.
[
??????????? |
???? ]